Qattiq parafin
(Paraffinum solidum) – oq rangli kristall massa bo„lib,
yuqori molekulali uglevodorodlardan tashkil topgan. 50-57
0
S haroratda
suyuqlanadi. Suvda va spirtda erimaydi, efir, xloroform, yog„lar va efir moylarida
oson eriydi. Asoslarga, ularni konsistensiyasini mustahkamlash va suyuqlanish
haroratini ko„tarish uchun 10% gacha qo„shiladi.
Serezin
(Ceresinum) – rafinirlangan ozokerit bo„lib, amorf, rangsiz, mo„rt
massa. 68-72
0
S haroratda suyuqlanadi. Tarkibida yuqori molekulali uglevodorodlar
yoki ikki, uch siklik naftenlar saqlaydi. Parafinga nisbatan mustahkamlash xossasi
yuqori, biroq kristall bo„lmagan qotishmalar hosil qiladi.
Vazelin moyi yoki suyuq parafin
(Oleum Vaselini Paraffinum liquidum) –
neftning qayta ishlangan fraksiyasi bo„lib, kerosinni haydash orqali olinadi. Bu
rangsiz, moysimon suyuqlik hidsiz va ta‟msiz. Suvda erimaydi, spirtda ham deyarli
erimaydi. Efir, xloroform va o„simlik moylari (kanakunjut moyidan tashqari) bilan
114
hoxlagan nisbatda aralasha oladi. Suvda va moyda erimaydigan moddalardan
surtmalar tayyorlashda ularni suspenziyalashda ishlatiladi.
Sun‟iy vazelin
(Vaselinum artificiale) – bu qattiq yoki suyuq parafin,
serezin yoki mumsizlantirilgan ozokerit va petrolatdan tashkil topgan har xil
murakkab qotishmalardan iborat. Bu qotishmaning eng oddiysi 1 qism parafin va 4
qism vazelin moyidan tashkil topgan. Bu qotishmalarning rangi saqlanish
davomida bug„doyrangga o„tadi. Faqat tarkibida serezin (ozokerit) yoki petrolat
saqlagan qotishmalar bunday kamchiliklardan holi.
Naftalan nefti
(Naphthalanum Liquidum raffinatum. Naphtha naphthalani)
– birinchi marta Ozarbayjonda, neft bilan to„lgan hovuzlarda, ayrim kasalliklar
bilan kasallangan bemorlar davolangalar. Endilikda sanatoriyalarda, maxsus naft
bilan to„ldirilgan vannalar tashkil qilingan bo„lib, naftalan neftidan davo
maqsadida keng qo„llanilib kelinmoqda. Naftalan nefti quyuq, asalsimon massa
bo„lib, qora rangli, yashil flyuoressensiyalanuvchi o„ziga xos hidli. Suv bilan
aralashmaydi, spirtda kam eriydi. Glitserin, yog„ va moylar bilan hoxlagan
nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfeksiyalovchi va og„riq qoldiruvchi
ta‟sirga ega. 1 va 2 darajali kuyishlarda samarali ta‟sir ko„rsatadi. Surtma asosi
sifatida ishlatilganda parafin yoki vazelin bilan mustahkamlanadi. Ekzema, teri
yallig„lanish kasalliklari, artrit, mialgiya, radikulit va boshqa kasalliklarni
davolashda ishlatiladigan surtmalar tarkibiga kiritiladi.
Silikonli polimerlar.
Bu polimerlar silikonli yoki yarimsilikonli birikmalar -
yuqori molekulali kremniy saqlovchi organik brikmalardir. Bu brikmalar kremniy
va kislorod atomlaridan shuningdek, kremniyni erkin valentliklariga metil, etil va
fenil radikallari birikkan zanjirdan iborat bo„lib, ularning ya‟ni silikonlarning
(siloksanlar) molekulasi chiziqli yoki tarmoqlangan tuzilishga ega. Silikonli
polimerlar rangsiz, moysimon suyuqlik bo„lib, xalq xo„jaligining turli jabhalarida
keng ko„lamda ishlatiladi. Farmatsiyaga esa ularning bir qanchasi fiziologik
zararsizligi, kimyoviy indifferentligi, kam yuza taranglikka ega ekanligi,
gidrofobligi, qovushqoqligining haroratga kam bog„liqligi kabi bir qator ijobiy
xossalari bilan kirib keldi. Silikonli suyuqliklar teriga surtilganda hech qanday
qitiqlovchi, zararlovchi, sensibillovchi, allergiya chaqiruvchi kabi ta‟sirlarni
namoyon etmaydi. Ular ham xuddi moylar kabi teridagi gaz va issiqlik almashinuv
jarayonlariga ta‟sir qilishi mumkin. Bu jihatdan hatto vazelin va uglevodorodli
asoslardan ham ustunlikka ega. Faqatgina ko„z kon‟yunktivasiga qitiqlovchi ta‟sir
qilganligi sababli, ko„z surmalarini tayyorlashda ulardan foydalanish mumkin
emas. Polidietilsiloksanlar boshqa silikonli polimerlarga nisbatan dori moddalari
va surtma tarkibiga kirgan boshqa yordamchi moddalar bilan yaxshi kelisha oladi.
Kondensatsiya darajasi 5 ga teng bo„lgan polimer - “Esilon - 4” nomini olgan
bo„lib, u 4-raqamli polidietilsiloksanli suyuqlik ham deyiladi. Kondensatsiya
darajasi 15 ga teng bo„lgan polimer “Esilon-5” deyiladi. “Esilon-4” va “Esilon-5”
surtma asosining komponenti sifatida ishlatiladi. Ular vazelin va o„simlik moylari
(kanakunjut moyidan tashqari) bilan yaxshi aralashadi, vazelin, parafin, serezin,
xayvon va o„simlik moylari, lanolin (suvsiz), spermatset, mum va boshqalar bilan
115
bir jinsli qotishma hosil qiladi. Faqat bir qator moddalar bilan aralashtirishda (baliq
moyi, olein kislotasi, skipidar, metilsalitsilat) belgilangan tartib-qoidalarga rioya
qilish lozim, ya‟ni maxsus aralashtirgichlardan foydalanish maqsadga muvofiq
bo„ladi. Polidietilslikonlarda mentol, kamfora, fenol, fenilsalitsilat, qoramoy va
boshqa qutubsiz va semipolyar dori moddalari yaxshi eriydi. Oddiy emulgatorlar
yordamida ular suv, spirt va glitserin bilan emulgirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |