193
quti penal turdagi qopqoq bilan berkitiladi. Metall quti esa yog‘och-
dan yasalgan yashiklarga joylanadi.
Metall qutilarning, karton g‘ilof-
larning qopqoqlariga va yashiklar devorlariga GOST da ko‘rsatilgan
ma’lumotlarni yozib yoki etiketka yopishtirib qo‘yiladi.
Kapsul-detonatorlar 50 000 donagacha partiyalarda ishlab chiqa-
riladi. Kapsul detonatorlar uchun kafolatlangan foydalanish muddati
2 yil deb belgilangan.
Bir zumda ishga tushadigan elektr detonatorlar ularning elektr
zanjiriga ulanadigan simlarining uzunligi
va ularning izolatsiyasiga
bog‘liq ravishda har bir karton qutichaga 40–70 donadan joylashtirila-
di, ular o‘z navbatida metall qutilarga taxlanadi. Metall qutilar esa
yog‘och yashiklarga joylanadi. Bir zumda
portlaydigan elektr detona-
torlarning kafolatlangan saqlash muddati 2 yil.
Qisqa muddatga sekinlatib va sekinlatib portlatiladigan elek-
tr detonatorlar karton qutichalarga 30–80 donadan joylashtirila-
di. Metall qutilar qopqog‘iga etiketka yopishtiriladi,
unda ish-
lab chiqarilgan zavodning indeksi, elektr detonatorlarning turi,
qarshiligi, markasi, simlarining uzunligi, sekinlashish vaqtlari
oraliqlari, qutidagi elektr detonatorlar soni, ishlab chiqargan parti-
ya nomeri, ishlab chiqargan vaqti, GOST yoki ТУ nomeri, qo‘lla
-
nish shartlari (quruq
yoki suvli kavjoylarda, qanaqa elektr detona-
torlar bilan birga qo‘llanilishi) ko‘rsatiladi. Qutichalar ruxlangan
(osenkovanniy) metall qutilarga zich joylashtiriladi, ular esa o‘z
navbatida yog‘och yashiklarga joylashtiriladi. Bitta yashikka 1080
tadan 1200 tagacha elektr detonator joylashtiriladi.
Qisqa sekin-
latuvchi elektr detonatorlardan foydalanishning kafolatlangan
muddati 2 yil.
Detonatsiyalanuvchi pilik 50 yoki 100 m dan qilib o‘ramlar-
ga o‘raladi. Detonatsiyalanuvchi pilikning ДША turi 10 yoki 20
o‘ramdan qilib yog‘och yashiklarga joylanadi, ДШВ turidagi pilik
o‘ramlari esa zich yopiladigan metall bankalarga, ular esa yog‘och
yashiklarga joylanadi. Ishlatishga kafolatlangan muddati me’yoriy
ombor sharoitida saqlanganida ДША turi uchun 2 yil, ДШВ turi
uchun 10 yil, ДШ turi uchun zich yopilmaydigan yashiklarda
saqlanganida 3 yil.
O‘t o‘tkazuvchi pilik 10 m bo‘laklari doira shaklida har xil dia-
metrdagi o‘lchamlarga o‘raladi. Tayyorlangan o‘ramlar 25 donadan,
194
birini ustiga ikkinchisini qo‘yib dastalab bog‘lab,
ikki qator qilib
yog‘och yashiklarga joylanadi. O‘t o‘tkazuvi pilik omborda odat-
dagi sharoitda saqlansa, kafolatlangan
saqlash va ishlatish mudda-
ti ОШР turi uchun 5 yil, ОША turi uchun bir yil. Har bir yashik
-
ka o‘t o‘tkazuvchi pilikni saqlash va uni ishlatish haqida yo‘riqnoma
solinadi.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalari solingan yashiklar
plombalab qo‘yilishi kerak. Har bir yashikka o‘chmaydigan rangda
GOST va ТУ da belgilangan ko‘rsatmalar yozib qo‘yiladi yoki etiketa
yopishtiriladi. Masalan, portlovchi moddalar
solingan yashikda ish-
lab chiqargan zavodning indeksi, portlovchi moddaning shartli nomi,
Do'stlaringiz bilan baham: