V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PORTLATISHNING O‘T O‘TKAZISH



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

6.1-§. PORTLATISHNING O‘T O‘TKAZISH  
VA ELEKTR O‘T O‘TKAZISH USULLARI
O‘t o‘tkazib portlatish usuli ma’lum kamchiliklarini hisobga ol-
gan holda chang va gaz portlash xavfi bo‘lmagan ko‘mir shaxtalari
-
da, ruda konlarida va karyerlarda keyingi vaqtda kamroq qo‘llanila 
boshladi.
O‘t o‘tkazib portlatish usuli qo‘llanilganda portlatuvchi vosita si-
fatida kapsul-detonator, o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) va uni yondirish 
vositalari qo‘llaniladi.
O‘t o‘tkazib portlatish usulining o‘ziga xos ba’zi afzalliklari 
ham bor: bu usul ishlatishda oddiy, murakkab hisoblar talab etil-
maydi, zaryadlarni istalgan ketma-ketlikda yakka-yakka portlatish 
mumkin.


165
O‘t o‘tkazib portlatish usulining asosiy kamchiliklari: ish baja-
ruvchi (portlatuvchi) uchun katta xavf mavjud, ya’ni portlatuvchi pi-
likni (shnurni) o‘t oldirishda bevosita zaryadlar oldida bo‘ladi, port-
latishga tayyorlangan zaryadlarning sifatini tekshirib ko‘rish imkoni 
yo‘q, kerak bo‘lganida bir necha zaryadni bir zumda bir vaqtning o‘zi-
da portlatish imkoni yo‘q, yondiruvchi (o‘t oldiruvchi) patronsiz, bir 
vaqtda yondiriladigan shnurlarning miqdori cheklan-gan, o‘t o‘tka-
zuvchi pilik (shnur)dagi porox va uning qobig‘i yonishida ancha ko‘p 
miqdorda zaharli gaz-uglerod oksidi hosil bo‘ladi, suvli kavjoylarda 
qo‘llanishi cheklangan va boshqalar.
O‘t o‘tkazib portlatish usulini qo‘llash uchun yondiruvchi va 
nazorat trubkalarni tayyorlash lozim bo‘ladi. Yondiruvchi trubka bir 
bo‘lak o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) bilan birlashtirilgan kapsul deto-
natordan iborat (6.l-rasm). Yondiruvchi trubkani tayyorlashda o‘t 
o‘tkazuvchi pilikning (shnurning) o‘lchamini belgilash uchun port-
latiladigan shpurlarning chuqurligini, miqdorini, jangovar patron-
ning zaryadi qaysi joyda joylashtirilishini, portlatish uchun ruxsat 
etilgan shpurlar miqdorini va yondiruvchi trubka yonib bo‘lgunga 
qadar usta-portlatuvchining xavfsiz joyga yetib bora olishini hisob-
ga olish zarur.
O‘t o‘tkazuvchi pilikni (shnurni) yondirish oson bo‘lishi uchun u 
shpur og‘zidan kamida 25 sm chiqib turishi kerak.
Portlatish ishlari yer ostida olib borilayotganda yondiruvchi trub-
kaning uzunligi bitta kavjoydagi hamma shpurlar uchun kamida 1 m 
bo‘lishi shart.
Yondiruvchi pilikni (shnurni) bo‘laklarga bo‘lib kesishda o‘tkir 
pichoq yoki maxsus moslama qo‘llaniladi. Har bir o‘ram o‘t o‘tkazuv-
chi pilikning oxirlaridan 5 sm dan kesib olish kerak, chunki pilik 
uchlaridagi qora porox namlanib qolishi yoki qisman to‘kilib qolgan 
bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanishdan avval o‘t o‘tkazuvchi pilikni sinchiklab tekshirib, 
uning ingichkalashgan yoki yo‘g‘onlashgan joylarini va qobig‘ining 
butunligini, uzluksizligini, namlanganligini aniqlash, agar shunday 
qismlari mavjud bo‘lsa, kesib tashlash lozim (shunday nuqsonlar mav-
jud bo‘lsa, belgilangan tartibda ishlab chiqaruvchi zavodga dalolatno-
ma tuzib, reklamatsiya bilan murojaat qilish shart).
O‘t o‘tkazgich pilikning (shnurning) kapsul-detonatorga kiri tila-
digan uchini pilik o‘qiga nisbatan perpendikular (tik) ravishda ke sib, 


166
ikkinchi uchining poroxli o‘zagini 
qiya burchak bilan kesiladi. Bunday 
kesish o‘t o‘tkazishga qulaylik yarata-
di. Bu ishni bevosita kavjoyning o‘zi-
da ijro etish kerak, chunki yangi 
kesilgan pilikni o‘t oldirish ishonch-
liroqdir. 
Yondiruvchi trubka yer yuzasi-
da maxsus alohida xonada yoki yer 
ostida portlovchi modda omborining 
maxsus kamerasida tayyorlanadi. Bu 
ishni portlovchi moddalar saqlanadigan yoki  tarqatishga xizmat qila-
digan kamera va xonalarda hamda bevosita portlatish ishlari olib bo-
riladigan joyda tayyorlash qat’iy man etiladi.
Yondiruvchi trubkani yonlarida borti bor, kigiz yoki qalinligi 3 
mm dan kam bo‘lmagan rezina yopishtirilgan maxsus stolda tayyor-
lanadi. Bu ishni bajarayotganda stolda 100 donadan ortiq kapsul 
bo‘lmasligi kerak. Agar bundan ko‘proq miqdorda o‘t o‘tkazuvchi 
trubka tayyorlash zarur bo‘lsa, avval oldin tayyorlangan o‘t o‘tkazuv-
chi trubkalar shu kameradan yoki xonadan boshqa joyga olinganidan 
so‘ng, yangi kapsul-detonatorlar qutisi keltiriladi
Kapsul-detonatorning ichki yuzasi o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) 
kiritilmasdan avval sinchiklab tekshirilishi zarur, agar kapsul-de-
tonatorda biror narsa bo‘lsa, uni dulsasidan yengil silkitish bi-
lan tozalash kerak. Tozalash sekin-sekin barmoq bilan chertib 
amalga oshiriladi. Gilza ichidagi begona zarrachani birorta nar-
sa  bilan  tozalash  va  puflab  tozalash  mumkin  emas.  O‘t  o‘tkazuv
-
chi pilik (shnur) kapsulning dulsasiga tik kesilgan uchi bilan yengil 
harakat qilib kapsulning ichki kosachasiga tekkuniga qadar aylan-
tirmay kiritiladi, bunday holatda kapsulning o‘zini ham aylantirish 
mumkin emas, agar aksi bo‘lsa, kapsulning portlab ketishiga sabab 
bo‘ladi. Kapsul-detonatorga kiritilgan o‘t o‘tkazuvchi pilik (shnur) 
u bilan mahkamlanadi. Bu ish o‘t o‘tkazuvchi pilikning kapsulga 
kiritiladigan qismiga ip o‘rab amalga oshiriladi. Agar kapsul-deto-
nator metall gilzali bo‘lsa, unda o‘t o‘tkazgich pilik (shnur) kap-
sul-detonatorga kiritilganidan so‘ng o‘t o‘tkazgich pilik bilan kap-
sulning birlashgan uchini aylanasiga maxsus moslama bilan sekin, 
yengil siqib, mahkamlanadi (6.2-rasm).
6.1-rasm. 

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish