V bob. Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli tayanch so’z va



Download 34,09 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi34,09 Kb.
#817592
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ьфмяг ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING PARTIYALI USULI


V BOB. ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISHNING PARTIYALI USULI

Tayanch so’z va iboralar.
Ilmiy texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, konstruktorlik tayyorlash, texnik vazifalarni ishlab chiqarish, texnik taklifni tuzish, eskiz loyihasini yaratish, texnik loyihalashtirish, ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish, texnologik tayyorlash, ishlab chiqarishni tayyorlash yo‘nalishlari, yangi mahsulot tannarxi.
5.1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli tavsifi va uning
xususiyatlari
Ishlab chiqarishni tashkil qilinishning partiyali usuli mahsulot partiyasini tayyorlash jarayonining tizimini ifodalaydi. Ushbu usul asosan seriyali ishlab chiqarish korxonalarda keng nomenklaturadagi mahsulotni kichik miqdorda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi va quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
1. Mahsulotni seriyalab tayyorlash detallarini ishlab chiqarishga partiyalab kiritish.
Seriya – barcha konstruktiv va texnologik jihatdan o‘xshash mahsulotlardir. Partiya – ishlab chiqarishga bir vaqtda kiritiladigan detallar miqdoridir.
Ushbu usulning yuqorida ifodalangan xususiyati ishlab chiqarishdan moslashuvchanlikni talab etadi.
2. Detallar partiyasi o‘lchami va ularning takrorlanish tezligiga bog‘liq holda jihozlarni davriy ravishda qayta sozlash .
3. Jihozlarni bir turdagi stanok va agregatlar bo‘yicha joylashtirish.
4. Operatsiyadan operatsiyaga detallarning partiyalab uzatilishi va operatsiyalarni bajarish vaqti reglamentlashtirilmaganligi sababli umumiy
transport vositalari (kran, telejka elektronora va hokazo) dan keng foydalanish.
5. Universal va maxsus jihozlarni qo‘llash.
Korxonada ularning aniq nisbati bir xil tipdagi detallar partiyasi miqdori, ularning takrorlanishi tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
6. Ishning bir maromiyligiga operatsiyalar davomiyligini taktga moslashtirish orqali emas, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi normativlarni ishlab chiqarish va ularga rioya qilish orqali erishiladi.
Bulardan eng muhimlari: detallar partiyasi kattaligi, ishlab chiqarish sikli davomiyligi, partiyalarga kitirishning takrorlanish davri, zadellar miqdori, detallar partiyasini kiritish - chiqarishning standart grafiklarini ishlab chiqish.
7. Ish o‘rinlariga bir nechta davriy takrorlanadigan detalli operatsiyalarni biriktirish. Jarayonning seriyaligi darajasi seriyalilik koffitsienti bilan xarakterlanadi.
8. Ishlab chiqarish uchastkalari, ish o‘rinlari orasida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining yuqori bo‘lishi.1
Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli ishlab chiqarish hajmi va mahsulot nomenklaturasining kengligiga bog‘liq holda turli ko‘rinishda bo‘ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usulining 3 xil turi ajratiladi.
Kichik seriyali – o‘z xususiyatiga ko‘ra yakka tartibli usulga yaqinlashgan,
a) o‘rta seriyali – partiyali usulning klassik shakli.
b) yirik seriyali – oqim usuliga yaqin bo‘lgan usul.
Korxona, sexni u yoki bu usulga tegishli ekanligi mahsulot hajmi va nomenklaturasining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Download 34,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish