Endogen omillar
b u tun
organizmning kasalligi yoki ayrim a ’zo va tizimlar o'zgarishi oqibatida
vujudga keladi. Shuni ham aytish joizki, kasalliklar ko'pincha tashqi va
ichki omillarning birgalikdagi t a ’siridan yuzaga keladi, ayrim hollarda
esa bir necha ekzogen omillar t a ’siridan hosil bo'ladi, ulardan biri kasallik
kelib chiqishiga tayyorlovchi, yana biri esa bevosita kasallik chaqiruvchi
bo'lib xizmat qilishi mumkin (misol uchun piodermiyaning rivojlanishi).
Ekzogen-etiologik omillarga
mexanik, termik, nur, kimyoviy m odda
lar va turli infek sion a g e n tla r kiradi. E n d o g e n -etio lo g ik om illar
o'zlarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bular orasida ichki a ’zolar
kasalliklari, ayniqsa, jigar, oshqozon-ichak kasalliklari, m o d d a la r
almashinuvining buzilishi, endokrin, asab tizimi, gemopoez, tomir tizimi,
genetik omillar va boshqalar alohida ahamiyatga ega.
M oddalar almashinuvi, xususan, uglevodlar, yog'lar, mineral-suv
a lm a s h in u v i b u z ilis h la ri shu xil m o d d a l a m i n g terid ag i d o im iy
almashinuvining izdan chiqishiga olib keladi, bu o'zgarishlar esa terida
28
turli xil patologik holatlarga sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun,
giperglikemiya furunkulyozga, teri qichishiga, yog4 almashinuvining
buzilishi esa ksantomalar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Ko'plab ksanto-
malar patogenezida gipo va avitaminozlar yotadi, asosan, A, C, PP, P va
B vitaminlar yetishmovchiligi sababli ko'plab dermatozlar kuzatiladi.
Misol uchun A vitamini yetishmovchiligi natijasida frinoderma, nikotin
kislotasi yetishmasligidan esa pellagra va boshqa kasalliklar yuzaga keladi.
Dermatozlarning yuzaga kelishida psixogen va markaziy asab tizimi
(MAT)dagi hamda vegetativ asab tizimidagi o'zgarishlar sabab bo'lishi
mumkin. Ekzema, eshakemi, teri qichishishining vujudga kelishida
M A T n in g b irla m c h i o 'z g a r i s h la r i y o tis h i a v v a ld a n m a ’lum: b u
o'zgarishlar psixik omillar oqibatida yuzaga keladi. Vegetativ asab
tizimining o'zgarishlari oqibatida turli dermatozlar yuzaga kelishi ham
fanga m a ’lum.
D erm atozlarning yuzaga kelishiga endokrin bezlar faoliyatining
o'zgarishlari ham sabab bo'lishi mumkin. Misol uchun, teri miksedemasi
qalqonsimon bez kasalligi bilan og'rigan bemorlarda uchrashi, Addison
kasalligida terining bronza rangiga kirishi, oddiy husnbuzarning jinsiy
bezlar faoliyati bilan bog'liqligi.
Qator kasalliklar etiologiyasi va patogenezi immun o'zgarishlar bilan
bog'liqligi kuzatiladi. Birinchi navbatda bu xil o'zgarishlar allergik va
autoimmun jarayonlarga bog'liq.
Ayrim kasalliklar patogenezida o'choqli infeksiyaning roli sezilarlidir:
masalan, surunkali tonzillit, gaymorit, otit, kariozli tishlar va boshqalar.
O'choqli infeksiya organizmni sensebilizatsiyaga uchrashiga sabab bo'lishi,
ikkinchi tom ondan esa gumoral immunitetni pasaytirishi va immun
tanqislikka sabab bo'lishi mumkin. O'choqli infeksiyalarning eshakemi,
ko'p xilli ekssudativ eritema, psoriaz, qizil yugirik va boshqa dermatozlar
patogenezida ahamiyati tasdiqlangan.
Bir q a t o r k a s a llik la r yu zaga k e lish id a m a ’lum d a ra ja d a irsiy
omillarning ahamiyati katta. Xususan, ixtioz, pigmentli kseroderma, bullez
epidermoliz, keratodermiya, atopik dermatit, psoriaz va boshqa kasalliklar
shular jumlasidandir.
Ayrim kasalliklar o 'sm a va infeksion kasalliklar metastazlanishi
oqibatida yoki teri osti to'qimalari kasalliklarining teriga o'tishi natijasida
v u ju d g a kelishi m u m k in (misol u c h u n , teri silining bir turi -
skrofuloderma).
Shuni ham qayd etish kerakki, ayrim dermatozlarning etiologiyasi va
patogenezi oxirigacha o'rganilmagan.
Shunday qilib, teri kasalliklari ko'pincha bir emas, bir necha sabablar
bir necha nojo'ya t a ’sirlarning uzoq muddat organizmga ta ’sir etib turishi
29
oqibatida teri kasalligining paydo bo'lishi uchun «sharoit» tayyorlasa,
arzimas biror bir omil t a ’siridan kasallik yuzaga chiqishi mumkin.
Yuqorida aytib o ‘tilgan teri kasalliklarining etiologik omillarini 3
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh - asosiy sababchi omillar, ya’ni
ichki a ’zolar o'zgarishlari, asab tizimi o'zgarishlari dermatozlarning
yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Misol uchun, moddalar almashinuvining
buzilishi oqibatida kalsinoz yoki ksantomatoz, qon ishlab chiqaruvchi
a ’zolar patologiyasi bilan leykemik toshmalar, teri limfomasi va boshqalar,
irsiy o'zgarishlarning tug'ma kasalliklami vujudga keltirishi (misol uchun,
ixtioz, qalqonsimon bez o'zgarishlari - teri miksedemasiga olib keladi).
Ikkinchi guruhga xatarli omillar (faktor riska), y a’ni ichki a ’zolar,
asab tizimi, modda almashinuvini o'zgartiruvchi hamda irsiy omillar kirib,
ular kasallikning vujudga kelishiga tayyorlovchi holatlar bo'lib xizmat
qiladi.
Uchinchi guruh hal qiluvchi omillar guruhi yig'indisidan iborat bo'lib,
ular ichida stress birinchi navbatda turadi.
Stress va boshqa etiologik holatlar xatarli yoki hal qiluvchi omil bo'lishi
mumkin. Bu esa u yoki bu omil ta ’sir etgan vaqtda organizm qay holatda
bo'lishiga bog'liq. Dermatologik bemorlar o'z kasalliklarining boshlanishi
yoki ularning avjlanishini k o'p hollarda stress bilan bog'laydilar, xususan,
psixogen omillarni kasallikning asosiy sababchisi deb biladilar. Shunga
asoslanib aytish m um kinki, emotsional omil birlamchi b o 'lib , teri
o'zgarishlari esa uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
U yoki bu kasalliklarga, xususan, teri kasalliklariga irsiy moyillik
deganda ota-onadan bolalarga b a ’zi xususiyatlar o'tadi, ya’ni moddalar
almashinuvi, gomeostaz, a ’zolar faoliyati, organizm tizimlari, hujayralar
ichida kechuvchi biokimyoviy reaksiyalar va boshqa belgilar holati -
bularning hammasi ularning tashqi hamda ichki ko'rinishlarini birdek
ko'rsatadi, hatto t a ’sirga javob reaksiyasi ham o'xshash bo'ladi. Bu
o'xshashliklar u yoki bu xil kasallikka bir xil moyillikka olib keladi. Ammo
bu moyillik doimo bir kasallikka chalinishga sabab bo'lmasligi ham
m um kin, buning uchun moyillikni y anada oshiruvchi, q o 's h im c h a
t a ’sirlar zarur. Shundan m a ’lumki, ota-ona va bolalar har doim ham bir
xil kasallikka chalinavermaydi.
Teri kasalliklarining patogenezi turli-tuman hamda murakkabki, asab,
irsiy moyillikdan tashqari, ko'pgina kasalliklar patogenezida, asosan,
organizmning tabiiy rezistentligiga va immun tizimidagi o'zgarishlarga
ham bog'liq. Ayrim kasalliklar patogenezida allergik omil asosiy rol tutsa,
qizil yugirik, p o 'rsild o q yarada au to im m u n jara y o n , yana b oshq a
dermatozlarda esa ikkilamchi hujayra immunodefitsiti ahamiyat kasb
etadi.
30
Allergik genezli dermatozlarning ayrimlarida kasallik allergenlarning
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga kontakt yo‘li bilan yoki organizmga turli yo‘llar
bilan tushib, t a ’sir etishi oqibatida kuzatilsa, yana bir guruhida esa
allergiyani infeksion omillar chaqiradi (infeksion, bakterial allergiya).
Bunda ikkilamchi infeksiya o ‘choqlari yuqumli kasalliklarga s a b a b
bo‘ladi. Yana boshqa bir holatlarda organizmda allergizatsiyaga sabab
b o ‘luvchi omillar autoallergik jara y o n la rd ir, bu holat ichki a ’z o la r
patologiyasi, moddalar almashinuvining buzilishi va hokazolar tufayli
vujudga keladi. Bu xil o ‘zgarishlar birga uchrab, immun tanqislik holati
va autoimmun reaksiyalar bilan kechishi mumkin.
Shunday qilib, m a ’lum bir sabab, m a ’lum bir etiologik omil teriga
turli t a ’sir etish mexanizmiga qarab, har xil teri kasalliklarini keltirib
chiqarishi mumkin.
Teri kasalliklarining tashxis asoslari
Teri, og‘iz shilliq pardasi va lab qizil hoshiyasi kasalliklarining tashxisi
birinchi navbatda ularni diqqat bilan k o ‘zdan kechirish va tekshirish
natijalariga asoslanadi. Shifokorning bem or bilan m uloqoti bem or
shikoyatini tinglash va uni chuqur mulohaza qilish bilan boshlanadi.
D erm atozning turiga q a ra b bem orlar turli xil shikoyat bildirishlari
mumkin: jumladan, teri qichishishlari, achishishi, og‘rishi, sanchishi,
tortishishi kabilar. Bir xil kasallik boMishiga qaramasdan, ayrim kishilarda
bu hissiyotlar turli darajada rivojlangan b o ‘lishi mumkin.
Ayrim kasalliklar esa subyektiv hissiyotlarsiz kechishi m um kin.
Bemor shikoyati a n iq la n g an id a n so‘ng, kasallik va bemor hayotiy
anam nezini y ig ‘ishga o ‘tiladi. U n d a n s o ‘ng esa bemorni k o ‘z d an
kechirishga kirishiladi. Teri va k o ‘zga k o ‘rinadigan shilliq pardalar
kuzatilgach, bu m a ’lumotlar klinik-laborator tekshiruv m a ’lumotlari
bilan t o ‘ldiriladi.
Teri kasalligi tarixini aniqlash jarayonida kasallik muddati, sabablari,
uning kelib chiqishi va zo‘rayishi qay sabablarga bog‘liqligini aniqlash
zarur. Undan s o ‘ng kasallik kechishi xarakteri o 4rganiladi: jumladan,
qaytalashga moyilligi, mavsumga b ogiiqligi, remissiyalar kuzatilishi,
ularning davomiyligi aniqlanadi. Agar bemor a w a l davolangan b o isa ,
uning xarakteri va samarasi aniqlanadi. Kasallanish jarayoniga suv,
sovun, oziq-ovqatlar, dori-darm onlar, kasbdagi zararli ta'sirlarning
ahamiyati o ‘rganiladi.
Bemor hayotiy anamnezini yig‘ishda tashqi omillarning kasallik
patogenezidagi ahamiyatini aniqlash maqsadida uy, mehnat sharoitlari,
boshidan kechirgan kasalliklari, oilaviy yoki nasliy kasalliklari haqida,
31
zararli odatlari to ‘g‘risidagi m a ’lumotlarga e’tibor berish zarur. Bemor
bilan suhbatlasha turib, uning asab tizimi holatini, turli stresslarga javob
reaksiyasini, o ‘z kasalligiga b o i g a n munosabatini aniqlashga harakat
qilish kerak.
Bemorni issiq, tabiiy yoritilgan xonada ko‘zdan kechirish maqsadga
m uvofiq. O g ‘iz shilliq p a rd a sin i k o ‘rish uchun yoriq elektr nuri
y o ‘naltirilib, y o g ‘och s h p a te ld a n fo y dalaniladi: y o g ‘och shpatel
kuzatiluvchi sohani soiaklardan yaxshi tozalaydi. Terining butun yuzasini
ko'zdan kechirish zarur, aks holda, subyektiv bezovta etmagan, lekin
toshmalar toshgan sohalarni bemor sezmasligi mumkin, bu xil toshmalar
- chandiqlar, surilib ketgan toshmalar o ‘rnida qolgan pigmentatsiyalar
ayrim hollarda diagnostik ahamiyatga egadir.
Teridagi morfologik toshmalar.
Birlamchi va ikkilamchi elementlar
Teri tanani qoplab turuvchi organ bo‘lib, bir qancha fiziologik vazifa
larni bajaradi. Lekin b a ’zi holatlarda terining normal holati buzilib, terida
har xil patologik o ‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar vujudga keladi. Masalan,
ichki va tashqi t a ’sirlar sababli teri yallig‘lanishi natijasida qizarish,
shishish, og‘rish, issiqlanish va vazifasi buzilishi sababli b o ig an o‘zgarish-
larni ko‘rish mumkin. Patologik o ‘zgarishlar asosida paydo boiadigan
teridagi morfologik toshmalar klinik belgilar sifatida ifodalanadi.
Teri va shilliq pardalarda paydo b o ig a n toshmalar turli xil boiishi
mumkin va ular birlamchi hamda ikkilamchi toshmalarga ajratiladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |