soch x a lta s i
bilan o'ralgan. Soch follikulasi o'z
navbatida ichki va tashqi epiteliy qinlarga bo'linadi. Soch ildizining ichki
epitelial qini soch piyozchasining hosilasi bo'lib, yuqorida yog' bezlarining
21
chiqaruvchi naylari sohasida y o 'qolib ketadi. Soch ildizining tashqi
epitelial qini e piderm is m alp ig iy q a v a tin in g d a v o m i h iso b la n ib ,
piyozchasiga tomon davom etadi.
Soch piyozchasiga yaqinlashgan sari ichki va tashqi qinlar yupqala
shib b o radi va fa q a t bazal q a v a tid a n ib o ra t b o 'la d i. Soch xaltasi
biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, undan 2-3 aylanma va tashqi uzu-
nasiga yo'nalgan kollagen tolalar qavatini ajratish mumkin. Yuqorida
bayon etilganidek, soch ildizi teri yuzasiga nisbatan qiyshiq yo'nalgan.
Sochlar o'zining xususiy mushagi - sochni ko'taruvchi mushakka ega. U
soqolda, qattiq va mayin sochlarda, qo'ltiq ostidagi sochlarda bo'lmaydi
yoki yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq
mushak hujayralaridan iborat bo'lib, uning bir uchi terining so'rg'ich
qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo'shilgan. Bu
mushakning qisqarishi sochni harakatga keltiradi. Soch ildizi teri yuzasiga
nisbatan perpendikulyar bo'lib qoladi. Buning natijasida tuklar tikkayib,
soch o 'q i teri sathidan biroz k o 'ta r ila d i va teri ko 'rin ish in i oladi.
Ko'pincha tashqi haroratning sovishi natijasida yuzaga keladigan g'oz
terisi tusini beruvchi bu holat organizmning himoya faoliyati bo'lib,
mushaklar qisqarishi tomirlarining ham torayishiga olib keladi, natijada,
issiqlik tanada saqlanadi. Mushakning shu faoliyati natijasida yog' bezlari
ham siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi.
Sochlarning almashinuvi. Sochlar o'z o'rnida bir necha oydan bir necha
yilgacha o'sadi va 3 rivojlanish bosqichini o'tib, tushib ketadi, shuning
uchun ham inson hayoti davomida sochlar vaqti-vaqti bilan almashinib
turadi. Birinchi bosqich - 3-10-yildan iborat bo'lgan aktiv o'sish davri;
2-bosqich - 3-4 oydan iborat, nisbatan tinch davr; oxirgi 3-bosqich - 1-
6 oy cho'ziladigan sochning to'kilish davri. Shunday qilib, har kuni inson
normada bir necha yuztagacha soch yo'qotishi mumkin. Bu jarayon soch
so'rg'ichining atrofiyaga uchrashidan va soch piyozchasi hujayralari qon
bilan t a ’m in l a n i s h in i n g b u z ilish id a n b o s h la n a d i. N a t ij a d a soch
piyozchasining hujayralari ko'payish qobiliyatini yo'qotadi va ularning
asosiy qismi muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi,
sochning o'sishi to'xtaydi. Soch kolbasi o'z so'rg'ichidan ajralib, tashqi
epitelial qin hosil qilgan g'ilof bo'ylab, to sochning ko'taruvchi mushak
birikkan joyigacha ko'tariladi. Epitelial g'ilofning pastki. bo'shab qolgan
joyi puchayib, hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana
soch so'rg'ichi tiklanib, saqlanib qolgan kambial hujayralar bilan qopla-
nadi, natijada yangi soch piyozchasi paydo bo'ladi. Bu piyozchada yangi
soch o'sa boshlaydi. Yangi soch epitelial tasma bo'ylab o'sadi, tasma esa
uning tashqi epitelial qiniga aylanadi. Keyingi o'sish natijasida yangi soch
eski sochning tagidan turtib chiqadi. Bu jarayon eski sochning tushishi
22
va teri yuzasida yangi sochning paydo b o ‘lishi bilan tugaydi. Agarda soch
xaltasining qon bilan t a ’minlanishi to‘xtasa, uning o ‘rnida yangidan soch
o ‘sib chiqmaydi.
Tirnoq epidermis hosilasi b o iib , qattiq, muguzlangan plastinkalardan
ib o ra t. T irn o q n in g rivojlanishi h o m ilaning 3-oyidan b o s h la n a d i.
Dastavval, tirnoq o‘rni hosil bo iad i. Oyoq va q o i barmoq uchlarining
tashqi yuzasini qoplagan epiteliy qalinlashib, o ‘zining ostida yotgan
biriktiruvchi to‘qimaga botib kiradi va tirnoq shakllana boshlaydi. Tirnoq
juda sekin o ‘sadi va vibrion hayotining oxiridagina t o i a shakllanadi.
Tirnoqda
tana, ildiz, ikkita yon va erkin qismlar
tafovut qilinadi. Tirnoq
tanasi tirnoq o ‘rnida joylashsa, yon qirg‘oqlari teri burmalari tagiga kirib
turadi. Tirnoqning erkin qirrasi tirnoq egatidan chiqib turadi. Tirnoqning
ildizi tirnoq yorig‘iga kirib turgan asosi hisoblanadi. Ildizning bir
qismigina tirnoq yorig‘idan xira va oqish yarim oy shaklida (ayniqsa,
katta barmoqlar tirnogida) k o ‘rinib turadi. Tirnoq ildizining tirnoqning
o ‘sishini t a ’minlovchi differinsiallanmagan hujayralari
tirnoq matritsasim
tashkil etadi. Matritsa hujayralari muntazam boiinib, muguzlanib turadi.
Muguzlangan epiteliy tangachalari tirnoq plastinkasiga siljib kiradi va
natijada tirnoq o‘sadi. Tirnoq kuniga o ‘rtacha 0,12 mm gacha o ‘sadi.
Tirn oq o ‘rni epiteliy va derm adan iborat. Epiteliy epidermisning
o ‘suvchi qavatida tashkil topgan. Epiteliy ustida joylashgan yassi tirnoq
plastinkasi bir-biriga zich cherepitsasimon joylashgan yassi poligonal
shakldagi
muguz tangachalardan
tuzilgan. Epiteliy hisobiga tirnoq
plastinkasi qalinlashsa, matritsa hisobiga tirnoqning uzunasiga o ‘sishi
t a ’minlangan.
Tirnoq o ‘rnining dermasi barmoq suyaklari bilan yopishib ketadi.
Derma sohasida so‘rg‘ichlar bo im ayd i. Dermaning tirnoq sohasi qon
tomirlari va nerv oxirlariga boy. Bu yerda dermaning perpendikulyar
joylashgan tolalari t o ‘g4ridan-to‘g ‘ri suyak pardasining tolalari bilan
q o ‘shilib, suyakka a loqador b o ‘lib qoladi. Bunday tuzilish amaliy
tib b iy o td a m uhim rol o ‘ynaydi (tirn o qd a boshlangan y a llig ia n is h
jarayoni suyak jarohatlanishiga sabab boiishi bunga misol b o ‘la oladi).
23
O G ‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI VA LAB ANATOMIYASI,
GISTOLOGIYASI VA HZIOLOGIYASI
O g‘iz shilliq qavati ham teriga o ‘xshab 3 qavatga bo ‘linadi: epiteliy,
shilliq qavat va shilliq osti qavati.
Epiteliy qavatning teridan farqi shuki, og‘iz b o ‘shligi shilliq qavatida
hamda yuzasida muguz, yaltiroq va donador qavati b o im a y , faqatgina
ikki qavat - bazal va tikanaksimon qavatdan iborat.
Epitelial hujayralari qattiq tanglayda, tilda, milkda muguzlanishi
mumkin. Lekin, shuni aytib o ‘tish joizki, b a ’zi bir surunkali kasalliklar
m u g u z va d o n a d o r q a v a tl a r y a ll i g i a n i s h i s a b ab li p a y d o b o ‘ladi.
M uguzlanish natijasida
Download Do'stlaringiz bilan baham: |