V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil


TERINING ASOSIY FUNKSIYALARI


bet13/267
Sana09.03.2023
Hajmi
#917437
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   267
Bog'liq
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.

TERINING ASOSIY FUNKSIYALARI
Teri organizmning tashqi qoplami hisoblanib, bir qator m urakkab 
fiziologik vazifalarni bajaradi. Teri moddalar almashinuvida faol ishtirok 
e ta d i, a s o sa n , suv, m in e ra l, y o g ‘, uglevod, v ita m in va energiya 
almashuvlarida. Teri organizmning hayotiy jarayonida ishtirok etib, bir 
qator zarur vazifalarni bajaradi: immun, himoya, sekretor, nafas olish- 
chiqarish, rezorbsion, termoregulyator, retseptor, almashinuv va boshqa.
Himoya funksiyasi. Terining himoya xususiyati turli mexanik, nur, 
mikroorganizmlar t a ’siridan terini va butun organizmni himoya qiladi. 
Terini qurib qolishdan uning zich muguz qavati saqlab turadi. Muguz 
q a v a t kuchsiz jism oniy va kimyoviy t a ’sirlarga chidam lidir. Turli 
mikroblardan himoya qilish muguzlanib, k o ‘chib turuvchi epiteliy, ter 
va yog‘ bezlari sekretlari ajralishi hisobiga amalga oshiriladi. Teridagi 
k islo tali c h u c h u k s u v - y o g ‘ p a rd a s i evaziga sterillash va b e g o n a
moddalaming so‘rilishini to'xtatish mumkin. Bu suv-lipid mantiyasi bir 
vaqtning o ‘zida mikroorganizmlarning kirishiga t o ‘sqinlik qilib, quyi 
molekulyar yog‘ kislotalari - patogen floraning o ‘sishiga yo‘l qo'ymaydi.
Ultrabinafsha nurlarni yutish xususiyatiga ega bo'lgan melaninning 
terida bo'lishi hisobiga teri organizmni quyosh nurining jarohatlovchi 
t a ’siridan saqlaydi.
Nafas olish-chiqarish va rezorbsion funksiyasi. Terining rezorbsion 
xususiyati yog'-soch follikulalari funksional faolligiga, suv-yog' mantiyasi 
holatiga, muguz qavatining pishiqligiga bog'liq. Kaft-tovon terilarida 
fiziologik giperkeratoz mavjudligi va yog'-ter bezlari yo'qligi hisobiga 
rezorbsion xususiyati kuchsizdir.
Ter-yog' bezlari k o 'p bo‘lgan muguz qavat kam rivojlangan sohalarda 
terining rezorbsion xususiyati yaxshi kechadi: dorilar suriladi (yog'larda 
eruvchan dori moddalari - yod, dimedrol, rezorsin, salitsil kislotasi va 
boshqalar). Teri orqali kislorod so'rilishi va karbonat angidrid ajralishi 
juda oz miqdorda kuzatiladi.
Termoregulyator funksiyasi. Tana harorati doimiyligini t a ’minlash, 
adaptatsion mexanizmlari turli-tumandir. Epidermis muguz qavatining 
issiqlik uzatish xususiyati pastligidan tashqari, derma va gipodermaning 
tolali substansiyalari ham sezilarli ahamiyatga ega. Muhim ahamiyatga 
ega b o 'lg a n qon-lim fa aylanish va ter-yog' bezlarida ham ajratuv 
xususiyatlari mavjud.
Terining sekretor funksiyasi. Bu funksiya keratinotsitlarning sekretor 
faoliyati, immunoregulyator hujayralar hamda ter-yog‘ bezlari faoliyati 
hisobiga amalga oshadi. Yog' bezlari teri yog'ini ishlab chiqaradi: uning 
tarkibida yog4 kislotalari, xolesterin efirlari, alifatik alkogollar, kam
26


miqdordagi uglevodorod, ozod xolesterin, glitserin va kam m iqdorda 
azot va fosfat birikmalari kuzatiladi. Yog4 bezi sekreti, asosan, suyuq, 
yarim suyuq modda holida bo'ladi. Teri sathiga ajrab, ter bilan aralashib, 
teri yog‘i yupqa parda - suv -
lipid m antiyasim
hosil qiladi, bu esa 
bakteriotsid va fungistatik t a ’sirga egaligi bilan terini himoya qiladi. Y og4 
bezlari sekretor vazifadan tashqari, 
ekskretor funksiyani
ham bajaradi. 
Teri yog4i bilan birga turli toksik moddalar, o 4rtamolekulyar peptidlar, 
turli dorilar - yod, brom, antipirin, salitsil kislotasi va boshqalar ajraladi. 
Turli odamlarda, terining har xil sohalarida ajralayotgan teri yog4i turli 
miqdorda kuzatiladi. Eng k o 4p yog4 ajraladigan sohalar - boshning sochli 
qismi, peshona, y a n o q , b u ru n (1 kv sm da 1000 ta y o g 4 bezlari), 
k o ‘krakning markaziy qismi, kuraklararo soha, yelka kamari, oraliq 
sohadir.
Ter bezlari ter ishlab chiqarib, terini sovutadi, tana haroratini nisbiy 
doimiyligini t a ’minlaydi. Ekkrin ter bezlari sekreti suyuq holdagi nim 
s h o 4r reaksiyali suvdan tashqari, turli erigan noorganik va organik 
moddalar saqlaydi. Ter orqali organizmdan dori moddalari - yod, brom, 
simob, xinin, antibiotiklar chiqib ketadi. O 'rta hisobda 1 sutkada 750- 
1000 ml ter ajraladi, yuqori harorat kuzatilganda esa bir necha litrgacha 
ter ajralishi mumkin.
Terining ekskretor funksiyasi sekretor funksiyasi bilan birga kuzatiladi. 
Ter-yog4 sekretlari bilan birga, organik, noorganik moddalar, minerallar 
almashinuvi bilan bir q ato rd a, organizmdan uglevodlar, vitaminlar, 
gormonlar, fermentlar, mikroelementlar va k o 4p miqdorda suv ajraladi. 
Ter ajralishi doimiy, uzluksiz ha ra k a td a b o 4lib, 
ko'zga ko'rinm as ter
ajralishi
va 
mo

ter ajralishi
farqlanadi.
Almashinuv funksiyasi. Terining d e p o la sh xususiyati m o d d a la r
almashinuvida katta ahamiyatga ega. Biriktiruvchi to'qima hujayralari, 
elastik, kollagen va argirofil tolalar, teri osti yog4 qavatining gidrofillik 
xususiyati hisobiga hujayralar ichida va hujayralararo sohalarda suyuqlik, 
mineral moddalar, vitaminlar, mikroelementlar saqlanib qoladi, terida 
uglevodlar, xolesterin, yod, brom , am inokislotalar va turli shlaklar 
depolanadi. Shu sababli umumiy moddalar almashinuvi buzilishigacha 
terida turli xil patologik jarayonlar kuzatiladi. Jigar faoliyati buzilishida 
tinimsiz teri qichishi, yashirin diabetda piogen toshmalar toshishi kuzatiladi.
Vitaminlar teri holatiga katta t a ’sir ko'rsatadi. B vitamin guruhi 
oksidlanish-tiklanish jarayonining kechishini m e ’yorida saqlaydi. P P
vitamini metobolitlar ajralishini va detoksikatsiyani t a ’minlaydi. A, Ye, 
D vitaminlari esa antiinfeksion omil hisoblanib, oqsillar almashuvini 
faollashtiradi, keratoplastika jarayonini m e’yorlashtiradi, yallig'lanish 
jarayonlarida epiteliy regeneratsiyasini t a ’minlaydi.
27


Retseptor funksiyasi. Teri nafaqat organizmni turli t a ’sirlardan himoya 
qiladi, balki multifaktor-analizator bo'lib, katta retseptor maydoni ham 
hisoblanadi. Terining retseptor funksiyasi turli xil sezuvchi nerv oxirlari 
va tanachalari hisobiga amalga oshadi, ular esa terida tarqoq joylashgan. 
Teri og'riq, harorat va bosim t a ’sirini sezish xususiyatiga ega. Taktil 
t a ’sirni his etish barm oq uchlari, yirik burm alar sohasida, til shilliq 
pardasida kuchli rivojlangan. Teri retseptor m aydonining funksional 
holati markaziy va vegetativ nerv tizimi bilan uzviy bog'liq. Teri tashqi 
muhit, markaziy asab tizimi va ichki a ’zolardan keluvchi turli t a ’sirotlarga 
chalinadi va zarur javob reaksiyasini qaytaradi.
Teri kasalliklari sabablari 
(Etiologiyasi va patogenezi)
Teri to'qim alari doimiy o'suvchi, differensiyalanib, regeneratsiya- 
la n u v c h i a ’z o d ir. Bu j a r a y o n l a r d a g i b u z ilish te r i n in g tu rli 
funksiyalarining o'zgarishiga, oqibatda esa turli dermatozlarga sabab 
bo'ladi. Adaptatsiya-kompensatsiya mexanizmlari izdan chiqadi, teri 
o'z funksiyasini m e’yorda bajara olishni t a ’minlayolmay qoladi. Bunda 
shartsiz t a ’sir oqibatida yuzaga keluvchi teri o'zgarishlari mustasnodir. 
Bu xil t a ’sirlar terida m a ’lum reaksiya chaqiradi. O d a td a , bunday 
t a ’s ir la r g a y u q o r i k o n s e n t r a t s i y a l i k i s l o t a l a r , i s h q o r l a r , n u r 
energiyasining katta miqdori, shu jum ladan, rentgen nuri, yuqori va 
quyi haroratlar misol b o'la oladi.
Teri tashqi muhitning doimiy tashqari (ekzogen) yoki (ichki endogen) 
om illarining p a to lo g ik t a ’siriga uchraydi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish