Poliamidlar (PA) – polyar polimerlar bo‘lib, yuqori mexanik mustaxkamlik, elastiklik, termo, moy va kimyoviy barqarorlik, past gaz o‘tkazuvchanlik, lekin yuqori gigroskoplik va bug‘ o‘tkazuvchanlik xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Poliamidlar oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun plyonkalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi, ayniqsa chorva va o‘simlik moylari uchun qadoqlar, kolbasa va sosiskalarga qobiqlar tayyorlanadi. Poliamidlarning yuqori to‘siqli xususiyatlarini inobatga olib ularni ko‘p qavatli plyonkalarda oraliqdagi qavat sifatida foydalaniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun GOST 51760-2001 «Iste’molga oid polmer idishlar. Umumiy texnik shartlar» mavjud bo‘lib unga ko‘ra oziq-ovqatga oid mahsulotlarni qadoqlash uchun past bosimli polietilen (PEND) dan tayyorlangan BN III-2-11, BN IV-2-16, BN IV-2-17, BT I-1-20, BT III-1-25, KN I-1-31 belgili idishlardan foydalaniladi.
Polimer idishlarning sig‘imi va o‘lchami.
Idishning belgisi
|
Sig‘imi, dm3
|
O‘lchamlari, mm.
|
Uzunligi, L
|
Eni, B
|
Diametri, D
|
Balandligi, H
|
BN III-2-11
|
0,250
|
-
|
-
|
124
|
39
|
BN IV-2-16
|
0,800
|
214
|
144
|
-
|
46
|
BN IV-2-17
|
0,450
|
190
|
103
|
-
|
45
|
BT I-1-20
|
1,000
|
-
|
-
|
120
|
255
|
BT III-1-25
|
0,500
|
-
|
-
|
66
|
230
|
KN I-1-31
|
2,500
|
170
|
90
|
-
|
240
|
3-amaliy mashg‘ulot: Qadoqlash materiallarining turlari va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash usullarini o‘rganish
Ishning maqsadi: Talabalarni qadoqlash materiallarining turlari va ularning mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash usullarini o‘rgatish.
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash materiallariga bir qancha, ko‘pincha qarama-qarshi talablar qo‘yiladi va material tanlashda qadoqlashning texnik-iqtisodiy asoslariga emas, balki boshqa dalillari bilan ham murosa qilishga to‘g‘ri keladi. SHu bilan birgalikda qadoqlash materialini tanlashda quyidagilarni hisobga olish lozimdir:
- qadoqlanayotgan mahsulotning xossalari;
- qadoqlash materialining atrof muxitga kutilayotgan ta’sirini;
- qadoqlash texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
- qadoqlashning iqtisodiy asoslanishini.
Qadoqlash materiallarining texnik ko‘rsatkichlari ularning kimyo-biologik va fizik xossalari va qayta ishlash imkoniyatlari mavjudligi negizida baholanadi.
Qadoqlash materiallarining asosiy kimyo-biologik xossalari sifatida oziq-ovqatlar bilan ta’sirlanganda inson organizmi uchun zarar etkazmasligidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘lanadigan qadoqlash materiallariga qattiq talablar qo‘yiladi. Birinchi o‘rinda zarur bo‘lgan darajadagi sanitar-gigienik tavsiflarni ta’minlash talab etiladi. Bunda qadoq idishining inson uchun fiziologik zararsizligini tasdiqlovchi gigienik xulosaga ega bo‘lish lozim.
Sanitar-gigienik talablar jamlamasigi quyidagilar kiradi:
-qadoqlash materiallari tarkibida organizmda to‘planish xususiyatiga va o‘ziga xos ta’sirga (konserogen (rak kasalini yuza keltiruvchi), mutatsiyalanuvchi, allergiya qo‘zg‘ovchi va h.k.) ega bo‘lgan zaxarlovchi moddalarning bo‘lmasligi;
-qadoqlash materiali qadoqlanayotgan mahsulotning organoleptik va fiziologik xossalarini o‘zgartirmasligi, hamda gigienik nuqtai nazardan belgilangandan ortiq miqdorda zararli moddalarni ajratmasligi lozim;
-qadoqlash materiali miqroorganizmlarni o‘zidan o‘tkazib yubormaydigan va ular uchun oziqa manbai bo‘lib xizmat qilmasligi lozim.
Sanitar-gigienik tekshirish jarayonida, qanday birikmalar, qancha miqdorda qadoqlash materialidan u bilan ta’sirlangan oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga o‘tishi aniqlanadi. O‘tkaziladigan sinovlarni soddalashtirish uchun, aniq bir mahsulot emas, balki oziq-ovqat mahsulotlari xossalariga o‘xshash bo‘lgan sun’iy muxit qo‘llaniladi. SHunday bir necha sun’iy muxitlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Qadoqlash materialini gigienik baholash kompleksiga organoleptik, sanitar-kimyoviy va toksikologik tekshirishlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |