Polietilentereftalat (PETF) – yarimefirlar sinfiga ta’luqli bo‘lib, tereftalat kislotasi va etilenglikol yoki etilenglikol va dietilenglikol aralashmasini sintez qilish yo‘li bilan ishlab chiqariladi.
U kimyoviy inert bo‘lib, undan tayyorlangan qadoq idishini kimyoviy guruxli tovarlarni qadoqlash imkoniyatini yaratadi. Polietilentereftalatdan tayyorlangan plyonka juda mustaxkam, shaffof, yaltiroq, katta tebranishli haroratlarga chidamliligi sababli muzlatiladigan yoki sterilizatsiyalanigan mahsulotlarni ham qadoqlash imkoniyatini yaratadi.
Polietilentereftalatning ya’na bir fazilatlaridan biri SO2 gazini o‘tkazmasligidir, natijada ushbu materialdan tayyorlangan butilkalar gazlangan ichimliklarni qadoqlash va saqlashda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |