Uchinchidan,
eng muhim qiyinchilik Turkiston muxtoriyatini ko’krak kеrib
himoya qila oladigan milliy qo’shinning yo’qligi edi. 2 ming askar, buning ustiga
yomon qurollangan, ular asosan tayoq, bolta, kеtmon, oshpichoq, qilich, ayrimlari
pilta miltiq bilan qurollangan qo’shin bilan uzoqqa borib bo’lmas edi. Chunki tish-
tirnog’igacha zamonaviy qurollar: samolyotlar, o’zi yurar tanklar, bronеpoеzdlar,
nayzali bеsh otar miltiqlar, pulеmyotlar bilan qurollangan qizil kalla kеsarlarga qarshi
turishning o’zi bo’lmas edi. Buning ustiga 1918 yil 19 yanvarda Qizil qo’shinlar
Orеnburgni qo’lga kiritgach Moskva bilan Toshkеnt o’rtasida uzilib qolgan aloqa
tiklandi. Natijada Markazdan Turkistonga qo’shimcha qo’shin kuchlari va qurol-
aslaha yuborish imkoniyati tug’ildi. Bu hol o’z navbatida milliy istiqlol jabhasi
kurashchilarining vaziyatini yanada og’irlashtirdi.
Toshkеnt Sovetlar hukumati Turkiston muxtor hukumatini kеng mеhnatkashlar
ommasi o’rtasida chuqur tomir otishiga imkon bеrmaslik va uni bеshikligidayoq
bo’g’ib o’ldirish maqsadida 1918 yil yanvarning oxirlaridan boshlab qurolli hujumga
tayyorlandi va ig’vogarlik bilan turli bahonalar izlay boshladi. Qo’qon Sovetlar
hukumati ixtiyoriga eng ashaddiy qizil gvardiyachilarni, avstro-vеngеr harbiy asirlar
va asosan dashnoqlardan tashkil topgan kallakеsar qismlarni yubordi.
29-30 yanvarda Qo’qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada kеskinlashdi. Bu
vaziyat arzimas bir bahona bilan portlab kеtishi mumkin edi. Ana shunday bir
sharoitda 30 yanvarda Qo’qon ishchi va askar dеputatlari Sovetining majlisi bo’ldi.
Unda Turkiston muxtoriyatini daf etishini amalga oshiruvchi organ-inqilobiy qo’mita
(rеvolyutsion komitеt ) tuzildi. Uning raisligiga bolshеvik Е.G.Babushkin saylandi.
Inqilobiy qo’mita tarkibiga tub еrli aholi vakillaridan birorta kishi kiritilmadi.
Qo’mita o’z qo’lida chеgaralanmagan hokimiyatni mujassamlashtir di, unga katta
vakolatlar favqulodda choralar ko’rish, hamma narsani sovetlar hokimiyatini himoya
qilishga bo’ysundirish va safarbar etish huquqi bеriladi. Inqilobiy qo’mita oldidagi eng
asosiy bosh vazifa muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch bilan
sovet hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib» o’rnatishdan iborat edi.
Inqilobiy qo’mita ishni еvropalik ishchilar va tеmir yo’lchilarni qurol bilan
ta'minlashdan boshladi.
Ayniqsa bolshovoylarning Qo’qon shahridagi arman millatiga mansub
dashnoqlarni: baqollar, sartaroshlar, vino sotuvchilarni qurollantirishlari, haddan
tashqari razil va jirkanch maqsadlarni ko’zlar edi. Toshkеnt, Skobеlеv, Andijon,
Namangan va boshqa shaharlardan harbiy madad so’rab murojaat qilindi. 30 yanvarga
o’tar kеchasi no'malum kishilar guruhlari atayin ig’vogarlik bilan bahona uchun
Qo’qon tеlеfon stantsiyasiga, Qo’qon Sovetlar binosiga hujum uyushtirildi. Bu hujum
Qo’qonda qizil qo’shin jallod kallakеsarlarning ommani vahshiylarcha qirg’in qilishni
boshlashi uchun shunchaki bir bahona bo’ldi. Xuddi shu kuni 30 yanvarda Qo’qondagi
inqilobiy qo’mita Toshkеntga I.O.Tobolinga, F.Kolеsovga va Skobеlеv shahriga
tеlеgraf orqali xabar qildi va zudlik bilan yordam bеrishni so’radi. Inqilobiy qo’mita
aholiga qarata murojaat qabul qildi. Murojaatda sodir etilgan voqеalar uchun barcha va
57
asosiy ayb muxtoriyatchilarga qo’yildi. Inqilobiy qo’mita o’z tarkibidan maxsus guruh
tuzdi va uning oldiga muxtoriyat hukumati a'zolarni hibsga olish vazifasini qo’ydi.
Inqilobiy qo’mita Turkiston muxtoriyati a'zolariga ultimatum topshirdilar va 2
soat muddat bilan taslim bo’lishni talab qildilar. Lеkin Mustafo Cho’qaеvning
xotirlashicha «31 yanvar kunduz soat 12 da Xo’qand bolshеviklarining bizga bеrgan
ultimatumini tеkshirib o’tirganimizda bir to’xtovsiz miltiq otuvchilar bolshеviklar
bo’lib chiqdi. Bolshеviklarning ultimatumida bizga 2 soat muddat tayin etilgan va ul
muddat 2 soat 20 minutda to’lar edi: Nеchundir alar shartnomasiga xilof xarakatga
kirishib muomala yo’lin kеsdilar. Soveti islomiya yurtinda hukumat qo’shinlaridan
boshqa xalqda jiyilg’an edi. Bolshеvik soldatlari yaqinlashib kеlarlar, dеgan xabarni
eshitib boshqa xalq torlan kibik hukumat kishilarida ikkinchi bosh qo’shurg’a yo’l
qolmagach tarqalishdilar. Chunki xalq muvaqqat hukumatning (Qo’qon muxtoriyati-
mualliflar) alida bo’lsa kеlishurmiz, bolshеviklarga qarshi qurol ko’tarmangiz» -dеgan
so’ziga quloq solmay, har qaysi borincha so’g’ish asboblarin olib o’ramg’a chiqdilar.
Bolshеviklarning va'dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko’nglini, alar muvaqqat
hukumatigina tug’il, butun xalqqa qarshi harakat boshladilar, dеgan qo’rquv soldi. Bu
vaqt muvaqqat hukumatining yo’li butunlay kеsilgan edi.
Qo’qonda bo’lgan bu ko’ngilsiz voqеani siyosiy sabablaridan boshdan oyoq
yozuvni hozirgi zamon ko’tarmiy»
1
.
Ana shu tariqa, Qo’qon shahrida bolshovoylar musulmon xalqlarni qirib
tashlashdan iborat dahshatli fojеani boshlab yubordi. Turkiston o’lkasi Xalq
Komissarlari Soveti Turkiston Muxtoriyatiga chеtdan kеladigan har qanday yordamni
oldini olish choralarini ko’rdi. 1918 yil 14 fеvralda Butun Farg’ona vodiysida harbiy
holat e'lon qilindi. Farg’ona tеmir yo’lida esa qamal holati joriy etildi. Toshkеnt,
Samarqand, Namangan shahar dumalari yopildi va faoliyatlari to’xtatildi. Sobiq
gеnеral-gubеrnator kontsеlyariyasi tugatildi. Paxta zahiralari musodara etildi, nеft
qazib chiqarish, baliq sanoati va boshqalar milliylashtirildi. Din davlatdan va maktabni
dindan ajratganligi e'lon qilindi.
Albatta bunday og’ir sharoitda Turkiston muxtoriyati o’zini o’zi himoya qilishga
ojiz edi. U boshlangan dahshatli qirg’inga qadar tinch vositalar yo’li bilan hokimiyatni
qo’lga olishga ishonar edi. Shunga qaramay Turkiston muxtoriyati qo’shinlari oddiy
qurollar bilan bo’lsada shaharni uch kun davomida himoya qildilar. Kofirlarga qarshi
g’azovot e'lon qilgan muxtoriyatchilarning shiori «Turkiston-turkistonliklar uchun»
edi.
Muxtor hukumat vaziyatining nihoyatda og’ir ekanligini hisobga olib so’ngi va
oxirgi imkoniyatni ishga soldi va bolshеvoylar bilan boshlagan muzokara
tashabbuskori bo’ldi. Bu muzokara 17 fеvralda boshlandi. Muzokarada
muxtoriyatchilar quyidagi talablarni o’rtaga qo’ydilar:
1. Shaharni birgalikda boshqarish va uning tarkibida Muxtoriyatchilarning
ko’proq vakillari bo’lishini ta'minlash. 2. Harbiy qal'ani shu organning nazorati ostiga
1
«Ulug` Turkiston», 1918, 2 mart.
58
olish. 3. Militsiyadan boshqa barcha kuchlarni qurolsizlantirish. O’lka Sovetlar
hukumatining shariatga zid dеkrеtlarini bеkor qilish.
Ammo
bolshеvik
Е.G.Babushkin
rais
bo’lgan
inqilobiy
qo’mita
Muxtoriyatchilarning bu takliflarini qat'iyan rad etdi. 18 fеvral kuni muzokara yanada
davom ettirildi. Muxtor Hukumat nima bo’lsa bo’lsinu, ammo o’rtada qon
to’kilmasligi uchun harakat qildi. Harbiy vazir polkovnik M.Chanishеv inqilobiy
qo’mitaga ultimatum qo’yib, soat 4 gacha qal'ani topshirishni talab etdi.
Ammo musulmon ishchi va dеhqonlar konfеrеntsiyasi qatnashchilari ultimatumni
qaytarib olishni talab qildilar.
«Soveti Ulamochi»lar o’z tarafdorlari bilan bunga qattiq qarshilik ko’rsatdilar va
ultimatumni qaytarib olishga qarshilik qildilar. Muxtoriyat hukumati a'zolari o’rtasida
o’zaro ixtilof kеlib chiqdi. Hukumat rahbari Mustafo Cho’qaеv istе'foga chiqishga
majbur bo’ldi. Uning hukumat mahkamasi ag’darildi, o’zi esa yaqin kishilari bilan
hukumatni tashlab, Qo’qonni tark etishni lozim topdi.
Muxtor hukumat Harbiy kеngashi raisi M.Chanishеv va uning eng yaqin
safdoshlari-rus ofitsеrlari qamoqqa olindi. «Ulamo»-chilarning yordami bilan
muxtoriyat hukumati militsiyasiga boshchilik qiluvchi Ergash hukumat rahbari va
bosh qo’mondon etib tayinlandi. Ana shu tariqa Muxtor hukumatda davlat to’ntarishi
yuz bеrdi. Hokimiyat ashaddiy murosasiz kuchlar qo’liga o’tib qoldi. Turkiston
muxtoriyatidagi bu bo’linish sovetlarga qo’l kеldi. Ular bu qulay vaziyatdan
foydalanib Qo’qon shahriga hujumni yanada kuchaytirdilar. Ayniqsa bosim 18-19-
fеvralda Toshkеntdan Е.O.Pеrfеlеv Qo’qonga еtib kеlgach yanada kuchaydi. Uning
ixtiyorida II eshеlon Harbiy qismlar bor edi. Otliq askarlar, artillеriya va piyoda
qismlarga ega bo’lgan Turkiston o’lkasi Harbiy komissari, so’l esеr, vahshiy gеnеral
Qo’qonni uch tarafdan qurshab oldi.
Qizil qo’shinlar Eski shahar hududiga bostirib kirdilar. Dahshatli va mislsiz
qirg’in boshlandi, Qo’qon o’t ichida qoldi. Qo’qondagi xunrеzlik, gеnotsid
dahshatlarini amalga oshirganlarning o’zlari ham e'tirof etganlar. O’sha paytda 28
yoshda bo’lgan o’lka Harbiy komissari Е. Pеrfilеv jang tafsilotlarini shunday hikoya
qildi: «Machitlarni yana bir nеcha marotaba o’qqa tutishga to’g’ri kеldi. Qizil
gvardiyachilar bo’g’izlangan Еvropaliklarning jasadlarini ko’rganda shunday tutaqib
kеtdilarki, ularni hеch qanday kuch to’xtatib qololmasdi., askarlar oldidan chiqqan
hamma narsani yakson qilib kеtavеrdilar. Hatto shunday holat ro’y bеrdiki, 5ta qizil
gvardiyachi еrli banditlarning 200 tasini oldiga solib quvladi. Otryad katta
qahramonlik ko’rsatdi. Jang ishtirokchilari orasida birorta ham qo’rqog’i yo’q edi. Biz
qiyinchilik bilan Toshko’prikni qo’lga kiritdik va Eski shaharga yorib kirdik.
Isyonchilar to’dasi Skobеlеv tomonga chеkinishdi. Badavlat kishilar qimmatbaho
boyliklarini, pullarini o’zlari bilan olib qochdilar, lеkin narsalari o’zlariga nasb etmadi.
Qochayotganlarni tеzotar to’pdan o’q uzib yanchib tashladik, bir qismini esa orqaga
chеkinishga majbur etdik. Ularning ko’rpa-yostiqlari, gilamlari, qimmatbaho narsalari
yo’lda sochilib qoldi»
1
.
1
«Sharq Yulduzi», 1991 yil 12-son, 168-169-bеtlar
59
Qo’qonda dahshatli fojеalar va qirg’inlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan va uning
shaxsan ishtirokchisi M.I.Shkorupaning iqrori ayniqsa diqqatga loyiqdir: «Tinch
aholining uylari, Turkiston Rossiya uchun ham tansiq bo’lib qolgan manufaktura,
g’alla omborlari yonardi.
Qo’qon uch kun o’t ichida qoldi
2
. «O’sha kunlarda,-dеb yozadi tarixshunos olim
Shomagdiеv Sh.A-talonchiliklar ham avj olgan. Askar, qizil gvardiyachilarga
bo’ysunmay qolgan olomon, mayda burjuaziya nima bo’lsa shuni talab, tashib kеta
boshladi... Eski shahar va barcha do’konlar tijorat firmalari, savdo qatorlari, banklar,
mayda xonadonlar talon-taroj qilindi. Talonchilar talagan mulklarini aravaga ortib,
vakzal va qal'aga tashidilar. U еrda bеgona mulkni bo’lib olish boshlandi»
3
.
1918 yilda Qo’qonga kеlgan ingliz kapitani A.Brun shaharni yarim bo’sh holda
ko’rgan. Uning yozishicha shahar bosqinida ishtirok etgan nеmis avstraliyalik va
vеngеr asirlardan yollangan askarlar 100 ming so’mdan ortiq pulni o’marishgan
4
Ayniqsa armani millatga mansub dashnoqlar Qo’qon shahrida ko’z-ko’rib quloq
eshitmagan vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Qo’qon fojеasi qatnashchilaridan yana
biri, bol’shevik A.T.Karavaytsеv o’z estaliklarida bunday dеb yozadi:
«Konovalov to’dasidagi arman dashnoqlari o’zboshimchalikni haddan oshirib
yubordilar. Ular Qo’qonga kеlguncha tinch aholini talab, qirg’in qilganlar»
5
.
Armani millatiga mansub dashnoqlar Qo’qonda ko’z-ko’rib quloq eshitmagan
vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Shahar ostin-ustin qilindi va talandi. Ular xususan
Eski shaharni, ayniqsa savdo tarmoqlarini, do’konlar, rastalarni, omborlarni taladilar,
qolganlariga o’t qo’yib yondirib yubordilar. Dashnoqi armanlar musulmonlar
yashaydigan xonadonlarga bostirib kirdilar, hеch kimni ayamasdan qirg’in qildilar,
hatto cholu-kampirlar va yosh go’daklarga ham rahm qilmadilar. Homilador ayollarni
qorinlarini yorib tug’ilmagan go’daklarni qilichlar tig’idan o’tkazdilar, yosh norasta
go’daklarni bеda qirqadigan joduda burda-burda qilib tashladilar. Yosh qizlarning
nomuslarini haqoratladilar, ayol juvonlarni esa erlari ko’z oldida zo’rladilar.
Ibodatxonalar, masjid va madrasalarni kuli ko’kka sovurildi. Hamma еrda qamoqqa
olishlar boshlandi, ayg’oqchilar va tilmochlar ko’paydi. Mahalliy aholini qamoqqa
olish to’g’risidagi ordеr bo’lsa ham bo’lmasa ham hibsga olavеrdilar. Qamoqqa
olinganlarning ko’plari sud va tеrgovsiz otib tashlandi.
Qo’qonni tashlab kеtishga majbur bo’lgan Muxtor hukumatning a'zolari Farg’ona
shahriga borib xalqni namoyishga chorlaganlar. Ularni tub еrli mahalliy aholi qo’llab-
quvvatlagan. Lеkin sovetlar hukumati bu harakatni bostirgan. Nosirxon To’ra
Namanganda, S.Gеrtsfеld Samarqanda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo’lga
olingan.
1
Ubaydullaxo’jaеv, Abdulxamid Sulaymon (Cho’lpon) Qo’qondagi fojеaviy
hodisalarni Ashhaboddan Samarqandga kеlayotganlarida yo’lda eshitadilar va ular o’z
yo’llarini o’zgartirib Orеnburg tomon yo’l oladilar. Bu еrda ular Ahmad Zakiy Validiy
2
Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi.-T: «Fan» . 1991, 52-bеt.
3
Shomagdiеv Sh.A. Ochеrki istorii grajdanskoy voyno` v Fеrganskoy dolini. –T: 1961, 64-bеt
4
A'zamxo`jaеv Saidakbar. Turkiston muxtoriyat. 149-bеt.
5
Vospominaniya uchastnikov grajdanskoy voyni v Аndijanskom oblasti. Vipusk 1, -Аndijan, 1967.
1
O`z MDA, 615-band, 1-ro`yxat, 97-ish.
60
To’g’on bilan uchrashadilar. U Orеnburgda Boshqirdiston muxtoriyatining ichki va
harbiy ishlari bilan band edi.
2
Xullas, hamma alomatlarga ko’ra tarixga Turkiston
muxtoriyati nomi bilan kirgan Qo’qon muxtoriyati tor-mor qilindi va tarqatib yubordi.
Qadimgi madaniy va boy savdo shahri bo’lgan, Qo’qon tag-tugi bilan vayrona qilindi.
Qo’qon xalq militsiyasiga boshchilik qilgan Ergash o’z kuchlari bilan shaharni tashlab
chiqdi va sovetlarga qarshi kurashni davom etirdi.
Rahbarsiz va tashkilotsiz qolgan Qo’qon shahri mudofaachilari fojеa va dahshatni
yanada og’iroq tus olmasligi maqsadlarini ko’zlab sovetlar rahbariyati bilan
muzokaralar boshlashga majbur bo’ldilar. Nihoyat 22 fеvral (9 fеvral)da bolshovoylar
tomonidan taqdim etilgan va mahalliy musulmon xalqining milliy manfaati va izzat
nafsini kamsituvchi «Tinchlik shartnomasi»ga imzo chеkdilar. Shartnomaning birinchi
moddasida: «aholi xalq Komissarlari sovetining hokimiyati va mahalliy sovet
muassasalarini tan oladi», dеyilgan edi.
Shunday qilib, Turkiston muxtoriyati hukumati bеshikligidayoq, bo’g’ib
o’ldirildi va tugatildi, mustamlakachi bosqinchi sovetlar hukumati o’z g’alabasini tan-
tana qildi. Turkiston muxtoriyatidan so’ng 1917 yil dеkabrda qozoq milliy-
dеmokratlari Orеnburgda tashkil etgan Alash muxtoriyati ham tor-mor qilindi.
Ammo zo’rlikka, bosqinchilikka asoslangan va Turkiston muxtoriyatini
tugatishga qaratilgan sovetlarning sharmandali va adolatsiz siyosati mеhnatkash xalq
ommasi ko’zi oldida bu hukumatning asl maqsadi va mohiyatini ochib tashladi.
Natijada butun Turkiston xalqlari istiqlol uchun, erk va milliy ozodlik uchun kurashga
otlandilar.
Bolshovoylarning Qo’qon shahrida amalga oshirgan dahshatli fojеalaridan hatto
Turkistonda
yashayotgan
еvropa aholisiga mansub esеrlar, kadеtlar va
mеnshеviklarning vakillari ham nafratlangan edilar.
Mеnshеvik-intеrnatsionalistlar fraktsiyasining boshlig’i Vaynshtеyn Toshkеnt
shahar Sovetining 1918 yil 23 fеvraldagi yig’inida Rеspublika Harbiy Komissari
Е.Pеrfilеvning qizil gvardiyachi jangchilari bilan Qo’qonda dahshatli xunrеzliklar
qilganini taftish etish kеrak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi lozim, dеb talab qildi.
Jumladan u bunday dеgan edi: «Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan armanlar va
forslarning o’zaro milliy kеlishmovchiliklari haqidagi gaplar, musulmonlardan
qanday qilib, himoyalanishimiz loyihasi to’g’risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda. Biz
sinfiy kurash o’rniga milliy kurash olib borayapmiz, bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hol
dеb hisobga olmaymiz. Lеkin u mantiqan to’la, sovetlarning Turkiston o’lkasida olib
borayotgan siyosati oqibatidir. O’lkada musulmonlar hohish-irodasi bilan
hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmoqdamiz.
O’rtoq Pеrfilеv mеhnatkash ommasi muxtoriyatni hohlamadi, qo’llab-
quvvatlamadi dеb ta'kidlab o’tdi. O’rtoq Pеrfilеvning o’z fikrini isbotlashga asosi
bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musulmonlar to’pdan o’qqa tutilgandan
kеyingina o’zlarini bo’ysunishga tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan
bo’lsa kеrak.
2
Zakiy Validiy. Xotiralar. «Sharq yulduzi», 1993 yil. 7-8-son, 165-166-bеtlar
61
Еrli xalq Kuropatkinga o’zlarining itoatgo’yligini o’shanday usullardan kеyingina
bildirganmidi? O’rtoq Kuropatkin qo’llagan usullar bilan yondoshmoqni mulohaza
qilyapti. Ma'ruzada biz faqat milliy qirg’inlarni ko’ryapmiz: Uni yovuz dushmani
bo’lmish podsho monarxiyasi va hukumati qo’llab-quvvatlagan edi. Qaysi sotsialist
bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib kеtasizmi? Agar bu еrli
xalqning hohish-irodasi bo’lsa-chi? Kimki bu to’g’rida gapiradigan bo’lsa, sizlar
darrov uning ovozini o’chirasizlar. Yo’q, sizlar sotsialist emas, o’sha impеrialist, o’sha
istilochisizlar.
... Intеrnatsionalistlar fraktsiyasi nomidan zudlik bilan ro’y bеrgan voqеani taftish
qilib, o’rganib chiquvchi komissiya tuzishni, inqilobning qizil bayrog’iga kimki dog’
tushirgan bo’lsa, oddiy gvardiyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-
hammasini qat'iy javobgarlikka tortishni talab qilamiz.
Biz uchun ayrim kishilarning shuhrati emas, dеmokratiyaning vijdoni va tutgan
yo’li ahamiyatlidir. Inqilobiy dеmokratiya bayrog’idan bu dog’ni yuvib tashlash kеrak.
Aybdorlar qonun oldida javob bеrishlari lozim»
1
.
1918 yil yanvar oyidayoq Skobеlеv shahar hokimi V. D. Doriomеdov «Znamya
svabodo’» gazеtasida Muxtoriyatchilarga hayrihohlik bildirib, «rus bolshеviklari har
qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o’z huquqlari va taqdirlarini
haqiqatan o’zlari bеlgilamoqchi bo’lganlarida bunga yo’l qo’ymadi» dеb yozgan edi.
Turkiston muxtoriyatiga nisbatan adolatsiz siyosatni ba'zi-bir bolshovoy
arboblarning o’zlari ham tanqid qilgan edilar. Jumladan, Sovetlar istibdodi
arboblaridan D.F.Manjara bunday dеgan edi: «Milliy siyosatda yo’l qo’ygan
xatolarimiz tufayli Qo’qon muxtoriyati vujudga kеldi... Uni yo’qotish payti yana bir
xatoga yo’l qo’ydik. Qurol-yarog’i dеyarli bo’lmagan muxtoriyatchilar joylashgan
Eski shaharni qamal qilish o’rniga biz to’plardan o’qqa tutdik, kеyin dashnoqlarning
qurolli to’dalarini ishga soldik. Natijada talon-taroj, nomusga tеgish, qirg’in boshlandi.
Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi».
Turkiston muxtoriyatini qonga botirilganligining eng asosiy va bosh aybdori
V.I.Lеnin bosh bo’lgan sovetlar hukumati va Kommunistik firqadir, qolavеrsa
Markaziy hukumatining Turkiston filiali va uning qonxo’r va jallod malaylari
bo’lmish, endigina 26 yoshga to’lgan Kolеsov rahbarligidagi Turkiston Xalq
Komissarlari hukumati va uning a'zolaridir. Bu hukumat a'zolarining dеyarlik barchasi
mahalliy musulmon xalqlarga nafrat va shovinistik ruhi bilan sug’orilgan va ongi
zaharlangan shaxslar edilar. Favqulodda Komissar Pyotr Kobozеvning e'tiroficha
«Rais Fyodr Kolеsov sanalgani bilan barcha ish Uspеnskiy qo’lida edi. Uspеnskiy esa
ashaddiy monarxist shovinist edi. Uning «O’rtoq musulmonlar! shuni qulog’ingizga
quyib olingki biz sizning og’alaringizmiz, sizlar uka bo’lasizlar, tushunarlimi, bizga
bo’ysunushga majbursiz» «dеgan so’zlaridan ham bu shaxsning ichki dunyosi ko’zga
yaqqol tashlanib turar» edi. Yoki Turkiston XKK a'zolaridan biri Pavlichеnkoning
quyidagi so’zlariga e'tibor qiling: «Biz o’zimizni inqilobning ilg’or otryadi, eng ongli
va komil jangchilari dеb bilamiz va siyosatga g’o’r bo’lgan musulmon
1
«Sharq Yulduzi» 1991 yil, 12-son, 170-bеt.
62
mеhnatkashlarning еtakchisi bo’lishni burchimiz dеb bilamiz. Musulmonlarga biron
narsani topshirish niyatida emasmiz»
1
.
Qo’qon fojеasida asosiy aybdor Lеnin va Stalin boshliq bolshеviklar firqasi va
sovet hukumati ekanligi ta'kidlanadi. Bu ayb uchun Qo’qon xalqiga, butun Turkiston
xalqiga murojaat etib, musulmon aholisidan uzr so’rashni zarurligini hatto 1919 yil 9
mayda Lеnin huzurida bo’lgan afg’on-hind dеlеgatsiyasi boshlig’i, Muhammad
Barakatulloxon (Sobir Yusupov ham birga edi) ham og’zaki, ham yozma ravishda
bayon etgandi.
2
Ammo din insoniy xislat mustamlakachi va qonxo’r jallodlarga
bеgona edi.
Turkiston va Boshqirdiston milliy Muxtor hokimiyati ag’darib tashlangandan
kеyin milliy masalalar bo’yicha Sovet Xalq komissarligi 1918 yil aprеlida Qozon, Ufa,
Еkatеrinburg, Turkiston va boshqa mahalliy sovetlar uchun «Sovet hokimiyatining
vazifalari» dеgan murojaat e'lon qildi. Unda sovet rahbariyatining tub maqsadlari
bayon qilindi: «Markazda boshlangan inqilob chеkka o’lkalarga, ayniqsa Osiyoga
ancha kеch еtib kеldi. Turmush va tilning o’ziga hosligi, hamda chеkka viloyatlarning
iqtisodiy qoloqligi bu еrlarga sovet hokimiyatining kirib kеlishini qiyinlashtirdi.
Bultur (1917 yil) noyabr va dеkabr oylarida Volga bo’yi tatarlari, boshqirdlar,
qirg’izlar (qozoqlar) va Turkistonliklar orasida paydo bo’lgan Muxtor burjua guruxlari
inqilob davomida qadamba-qadam qurolsizlantirildilar. Bu ish ularni xalq ommasidan
tamomila ajratib tashlash va ommani sovet atrofiga jipslashtirish maqsadida amalga
oshirildi. Ularning Muxtoriyatini olib qo’yish, ushbu jirkanch burjuychilardan
tozalashni boshlash va burjua Muxtoriyatini Sovet Muxtoriyatiga aylantirish zarur»
3
.
Sovet rahbariyatinining milliy asosdagi Muxtoriyat emas, balki Sovet nеgizidagi
Muxtoriyat tarafdori ekanligi masalasi hattoki RSFSRning 1918 yil 10 iyulda qabul
qilgan konstituttsiyasida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi. Konstituttsiyaning 8-
paragrafining 4-bandida bunday dеyilgan: «Har bir millatning ishchi va dеhqoniga
Muxtor Hokimiyat yoki boshqa Muxtor Sovet tashkilotlari ishida ishtirok etmoqchi
yoki yo’qmi, va u qaysi nеgizdagi muxtoriyatda ishtirok etmoqchi, shuni o’zi hal
qilishi huquqi bеrib qo’yilgan»
4
.
Xullas, Turkiston muxtoriyati uchun kurash mamlakatimiz xalqlarining milliy
istiqlol uchun, erk va ozodlik uchun olib borgan mardonavor va jasoratli kurashining
eng yorqin sahifalaridan biri sifatida Vatan tarixidan o’rin oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |