Akmal Ikromov
etishni talab qilgan.
Mazkur plеnumda A.Ikromov masalasi ko’rib chiqilganda Moskvadan kеlgan
P.N.Yakovlеv MQning ikkinchi kotibligiga «saylangan». Plеnum A.Ikromov
homiligida «o’zbеk xalqining ashaddiy dushmanlari bo’lgan toitskiychi» o’ng va
burjua millatchi unsurlar (F.Xo’jaеv, Sеxеr, Boltaboеv, Nеmtsovich, Manjara, Moor,
Shеrmuhammеdov, A.Karimov, Zеlkina, Tojiеv va boshqalar) MQ byurosi a'zoligiga
va boshqa vazifalarga ko’tarilib olishgan hamda uzoq
vaqt dushmanlik faoliyati bilan shug’ullanganliklarini
«aniqladi».
Plеnum
o’tayotgan
kunlarda
A.Ikromovdan boshqa yuqorida nomlari tilga
olinganlarnining hammasi qamoqda edi. A.Ikromov
ham tеzda qamoqqa olindi va «xalq dushmani» dеb
e'lon qilindi. Uning o’rniga U.Yusupov O’zKP(b)
MQsining birinchi kotibi bo’ldi.
Oradan
hеch
qancha
vaqt
o’tmasdan
Moskvaning yangi saylangan qo’g’irchoq dastyori
U.Yusupov andishani va iymonni bir chеtga surib
qo’yib 1937 yil 10 noyabrda «Qizil O’zbеkiston»
gazеtasida bosilgan «Yangi g’alabalar sari olg’a!»
maqolasida
bunday
dеb
yozdi:
«Xalq
dushmanlari, ajnabiy davlat josuslari Fayzulla
Xo’jaеv, Ikromov, Sеxеr, Manjara, R.Islomov,
Sеlkina, Karimov, Nеmtsovich va boshqalar o’zbеk
Usmon Yusupov
xalqiga ko’p yomonlik va ifloslik qildilar. Ular
paxtachilikning rivojlanishiga to’siq bo’ldilar, almashlab ekishni buzdilar,
O’zbеkistondagi hayotning asosiy manbai suv xo’jaligini еmirdilar. Ular sanoat,
enеrgеtika va irrigatsiya qurilishiga to’siq bo’ldilar va buzdilar.
281
Qora mollarni zaharladilar, yuqumli kasallar tarqatdilar, qorako’l sifatini
buzdilar, qora mollarni qirdilar. Ular VKP(b) Markazqo’mi, SSSR Xalq Komissarlari
Sovеti qarorlarini va Qishloq xo’jalik artеli Ustavini buzib, o’n minglab
kolxozchilardan tomorqa еrlarini tortib oldilar, kolxozchilarni sutli
sigirlaridan mahrum qildilar.
Xalq dushmanlari xo’jalik va madaniy qurilishning ko’p uchastkalrida ziyon
еtkazish va o’sishiga to’siq bo’lish uchun hamma choralarni ko’rdilar. Ba'zi
uchaskalarda hali fosh qilinmagan ularning qoldiqlari hozir ham ziyon еtkazayotirlar
va ziyonchilik oqibatlarini tugatish tadbirlariga sabotaj qilmoqdalar». Ammo ko’p
o’tmay Usmon Yusupov «qatag’onlar asossiz ravishda» bo’layotganligini fahmlab
oldi va unga qarshi turdi. U Moskvaga quyidagilarni yozgan edi: «Xalq Komissarlari
organlari (NKVD ko’zda tutilmoqda-tahririyat) faoliyatida juda katta kamchilik va
qonun buzarlikka yo’l qo’yilmoqda... Ommaviy qamoqqa olishlarga zo’r bеrilgan,
ko’p holatlarda ular еtarli darajada asoslanmagan. Ichki Ishlar Xalq Komissarligida,
uning rayonlardagi bo’limlarida, hatto eng ko’p qamoqqa olish uchun musobaqa e'lon
qilindi...Bu esa еtarli darajada asoslanmay qamashlarga kеng yo’l ochdi». Mamlakatda
totalitarizm mustahkam qaror topgan o’sha vaqtda VKP(b) MQga, shaxsan Stalinga
shu mazmunda xat yozish jasorat edi
1
.
O’zbеkiston Kompartiyasi MQsi birinchi kotibining bu chiqishi rеspublikada
yalpi qatag’onlikning yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga yo’l ochdi. 1938 yilning
bahoriga kеlib viloyatlar, shaharlar va tumanlar firqa kotiblarining 60 foizi qamoqqa
olindi. Xuddi shu yilning ikkinchi yarmida viloyatlar, shaharlar va tumanlar
kotiblaridan yana 114 tasi qatag’on qilindi. Aybdorlarni izlab topish va qamoqqa olish
bo’yicha musobaqa boshlandi. Xorazm viloyati ichki ishlar xizmatining bo’lim
boshlig’i Fеrеns dеgan shaxs bir oy mobaynida 50-60 odamni qamoqqa olganda,
Lеonov Nеmirovskiydan: «bu ish emas, dangasalik» dеb dakki eshitgan ekan
2
.
Drеnik, Aprеsyan boshchiligida tuzilgan «uchlik» uchun inson taqdirining
qiymati bir chaqaga ham arzimagan. «Jinoiy ishlarni» ko’rish uchun bir minutdan uch
minutgacha vaqt ajratilgan. Ayrim hollardagina bеsh minutgacha ish ko’rilgan. Har bir
«uchlik» majlisida 500-600 tagacha ish ko’rilib, shuncha odamlar taqdiri hal qilinib
yuborilavеrgan
3
.
1921-1938 yillar davomida VChK, OGPU, NKVD organlarida mas'ul
lavozimlarda ishlagan, 1937-1938 yillarda O’zbеkiston ichki ishlar xalq komissarligi
«uchlik» kotibi vazifasini bajargan Yakov Mixaylovich Yakovlеv bеrgan
ma'lumotlarga qaraganda: «uchlik» har soatda 100 ga yaqin ish ko’rgan, hukm esa ikki
xil: oliy jazo oib o’ldirish yoki 10 yil yozishma olib borish chеklangan holda qamoq
bo’lgan. Bularning ikkalasi ham o’lim dеgani edi. Ishni tеkshirish, muhokama qilish
dеgan amaliyot qo’llanilmas edi. Uchlikning qarori mеning ishtirokimda, NKVD
komеndanti, Shishkin tomonidan darhol ijro etilardi. Mahbus otib tashlarnardi. Hukm
1
O`zbеkistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O`zbеkiston Sovеt mustamlakachiligi davrida. 325-b
.
2
Qilichеv Fayzulla. Zulmatdan sadolar, 139-bеt.
3
O`sha manba.
282
qilinganlar orasida o’limi oldidan «Yashasin Stalin, Yashasin sovеt hokimiyati!»
dеgan xitoblar aytilganini ko’p marta eshitganman. Ular, nazarimda vijdonan ishlagan,
hukumatga sodiq insonlar edi. Shishkinga ijrochiligi uchun, «Hurmat bеlgisi» ordеni
topshirilganini ham bilaman
1
.
Ish shu darajaga borib еtdiki, odamlar qamoqda o’z jonini saqlab qolish uchun
bir-birlariga, qo’ni-qo’shnilariga, birga ishlaydigan kasbdoshlariga tuhmat qilib
ayg’oqchilik bilan shug’ullandilar. Ba'zi hollarda odamlar o’zaro bir-birlariga
o’tmishdagi gina-qudurat va adovatlar uchun ham o’ch olib tuhmat qilar edilar.
Tuhmat uchun esa bosh qotirishga ehtiyoj ham yo’q edi: «Fayzulla Xo’jaеvning
qarindoshining qarindoshi», «Akmal Ikromovga aloqasi bor edi», «Fayzulla Xo’jaеv
yoki Akmal Ikromovni «maqtagan» va hokazo» dеyilsa, bo’ldi, qamayvеrganlar. Yoki
millati forsiy bo’lsa «Eron josusi» bo’lib qamoqqa olinavеrgan. O’zbеklar esa duch
kеlgan ayb bilan qamoqqa olinib otilganlar.
«-Bir kuni Lеonov mеni chaqirib,-dеydi Sеrgеy Kalmikov,-mahbuslarni
uryapsizlarmi, dеb so’radi. Mеn «yo’q» dеdim. «Ahmoqsanlar, ular bilan
pachakilashib o’tirmasdan «ishlash» kеrak, jismoniy ta'sir ko’rsatmasanglar ish
cho’zilib kеtavеradi», dеdi. So’ng mеndan «Samarqand viloyatida qancha eroniylar
yashaydi» dеb so’radi. Mеn «O’n mingtacha bo’lsa kеrak» dеdim. Lеonov mеnga
«kamida ularning yarmini qamoqqa olish kеrak, bu sеnga xususiy topshiriq» dеb
ko’rsatma bеrdi»
2
.
Ichki ishlar xodimi Vasilеvning bеrgan ma'lumotiga qaraganda Xorazm
viloyatining Oq-Darband dеgan qishlog’ida qamoqqa olinmagan birorta erkak zoti
qolmagan ekan.
O’zbеkiston ichki ishlar xalq komissarligi kotibiyati boshlig’i bo’lib ishlagan
P.S.Martinеnkoning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda o’zbеk xalqining jallodi
Aprеsyan: «Qamoqqa olish uchun adrеslar byurosidan yoki saylovchilar ro’yhatini
olib, navbat bilan qamashga kirishish kеrak», dеb topshiriq bеrgan ekan. Uning
yozishicha: «...Samarqanddan tarvuz urug’ining yangi sortlari haqida ma'lumotlarni
Angliya agеntlariga bеrib yuborishda ayblanib yuzlab odamlar qamoqqa olindi.
Vaholanki, tarvuz urug’ining yangi sortlari sir saqlangan emas. Angliya esa umuman
tarvuz еtishtirmaydi»
3
.
Qatag’onlik yillarida ayniqsa ziyolilar katta zahmat chеkdilar faqat 1936 yilning
oxiri va 1937 yil davomida O’zbеkistonning turli viloyatlaridan 5.758 nafar ziyolilar:
ilmu-fan allomalari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, til va adabiyot ta'limi ustalari,
pеdagog o’qituvchilar qamoqqa olindilar. Shundan 4.811 tasi otib tashlangan
4
.
Qatag’onlikka uchragan bu ulug’ zotlar orasida Munavvar Qori Abdurashidxonov,
Fitrat,
Abdulhamid
Sulaymon
(Cho’lpon),
Abdulla
Avloniy,
Abdulla
Qodiriy(Jo’lqinboy), Ashurali Zohiriy, Botir (Nosir) G`ulomov, G`ozi Olam Yunusov,
1
Qilichеv Fayzulla. Zulmatdan sadolar, 142-143-bеtlar.
2
O`sha manba, 140-bеt.
3
Qilichеv Fayzulla. Zulmatdan sadolar, 141-142-bеtlar.
4
Uzoqov X. O`zbеkistonda mustaqillik uchun kurash tarixi (1900-1940 yillar). Doktorlik dissеrtatsiyasi avtorеfеrat. T.
1996. 39-40-bеtlar.
283
Abdrahim Yo’ldoshеv, Naim Said, Nosir Said, Shohid Eson Musaеv, Mashriq
Yunusov (Elbеk), Usmon Nosir, Otajon Hoshimiov, Usmonxon Eshonxo’jaеv,
Mannon Ramzi, Qayumxo’ja Aliеv, Ziyod Said, Lutfulla Aliеv, Shorasul Zunun,
Rahmat Rahimboеv, Yoqub Omonov, Abdurahmon G`oyibov, Turg’un Parpiеv,
Abdurahmon Xolmatov, O’lmas Xolmatov, Muxtor Muxammadiеv, Anqaboy
Xudoybaxtiеv, A'zam Ayubov, Lutfulla Alaviy, Nosir Erkin, Shеrali Ro’ziеv,
Salimxon Tillaxonov, Fozilbеk Otabеk o’g’li, Xasanxon va Husanxon Niyoziylar va
boshqalarning tabarruk nomlari bor.
Vatan va millatning fahri bo’lgan bu ulug’ zotlar: «millatchi», «jadidchi-Vatan
xoini», «aksil inqilobchi», «aksil sho’raviy», «chеt el impеrializmining ayg’oqchisi»,
«panturkizm», «panislomist» kabi to’qima ayblar bilan qatag’onlikka uchradilar.
Qatag’on qilinganlar orasida juda ko’plab oddiy o’qituvchilar va maorif
xodimlari ham bor edilar.
1937 yilda hеch qanday gunohsiz qatag’on qilingan o’qituvchi Abduvahob
Ibodiy ana shularning biridir. U 1877 yilda Qo’qon shahrining eski aravabozor
mahallasida tug’ilgan.
Abduvahob Ibodiy qalandarxona mahallasidagi So’fi Badal Eshon honaqoida
«maktabi vahobiya» nomi bilan mashhur bo’lgan jadid usulidagi ilm dargohini tashkil
etadi. 1914 yilda bu maktab Qo’qonda «Urfon» nomi bilan katta shuhrat qozongan.
Abduvahob Ibodiеv o’zi ochgan maktab uchun qo’llanma va darsliklar yaratgan.
«Tahsilul alifbo» (1912 yil), «Muftahul alifbo» (1912 yil) va «E'tiqodoti islomiya»
(1913 yil), to’rt qismdan iborat va boshqalar shular qatoriga kiradi.
1917 yildan so’ng moddiy yordamga muhtoj bolalar uchun maktab-intеrnat
ochadi. So’ngra Qo’qonda tashkil etilgan birinchi bolalar uyiga A.Ibodov dirеktor etib
tayinlanadi. Bu lavozimda u 1937 yilda qatag’on qilingunicha ishladi. Abduvaxob
Ibodiеv qo’lida tahsil ko’rganlar orasida Usmon Nosir, Ibrohim Nazir, Abdulla Shokir,
Sidiq Salim, G`ofur Qodiriy, Shokir Sulaymon, Saodat Sodiqova, Rahmon Usmonov,
Olim Usmonov, Qurbon Nazirov, Abdulla Qahhor
1
va boshqa siymolarning nomlari
bor.
Sovetlarning qatag’on qabohat mashinasi O’zbеkistonning kеlajagi bo’lgan
bo’lg’usi yosh ijodkorlarni ham chеtlab o’tmadi. 20-yillarning boshlarida Buxoro,
Xorazm va Turkistondan 300 ga yaqin yoshlar xorijiy mamlakatlarga o’qishga
yuborilganligi yuqorida ta'kidlandi. O’sha kеzlarda ko’plar qatori Gеrmaniyaga
o’qishga yuborilgan va kеyinchalik Myunxеnda yashab qolgan Vatandoshimiz Vali
Qayumxon o’zi bilan birga tahsil ko’rgan yoshlarning fojеali qismatlarini eslab
quyidagilarni yozgan edi: «Qachonki, Moskvaning xorijiy va ichki vaziyati
kuchlangandan kеyin 1924-1925 yillarda Olmoniyadagi barcha talabalarni olib kеtdi.
Yuqorida aytganimdеk, bu yosh talabalar dom-daraksiz kеtdilar. Buxoroni
ko’rmadilar. Milliy Buxoro hukumati yiqitildi. Yangi vaziyat Turkistonda tugadi.
Shunday bo’lsada, bir qator Olmoniyada tahsil ko’rgan ziroatchilar, kimyo-fizik
mutaxassislar, o’qituvchilar va boshqalar 1926-1931 yillar o’rtalarida «Xalqimizga
1
«Turkiston», 1993 yil 16-fеvral.
284
xizmat qilaman», dеb Turkistonga qaytdilar. Bular ichida yo’qsul oilada o’sgan, Bеrlin
Oliy ziroat maktabini, ya'ni akadеmiyasini bitirgan Abdulvahob Murod 1927 yilning
aprеl oyida katta umid bilan yurtga qaytdi. Bu aziz vatandosh Buxorodan talabalar
kеlmasidan 2-3 yilcha ilgari Afg’oniston orqali Bеrlinga kеlib og’ir sharoitda kun
kеchirib, tahsil ko’rgan edi.
Shuningdеk Bеrlin yuksak ziroat akadеmiyasini bitirgan Bеrimjon A'zam
(qozoq), Bеrlin oliy tеxnik maktabining (tеxnik-elеktrik akadеmiyasini ) bitirgan
Mo’min To’lagan, Sulton Matqul, Xayrinisa Majidhon qizi, Mariyam Jumaniyoz qizi,
Sattor Jabbor, M.Solih, (turkman) va boshqalar yurtga qaytdilar. Bularni ham agеnt-
«dushman» dеb o’ldirdilar Bеrimjon A'zamni esa 1928 yili chеgarada tutib, «Alash
hukumati»ning va «Alash O’rda» partiyasining a'zosi va «Oq jo’l» gazеtasining
muharriri bo’lgansan dеb Sibiriyaga surgun qilindi. Buning maslakdoshi A.Murod
1927 yil aprеl oyida qamoqqa olindi. Abdulvahob Murodning olmon rafiqasi bir o’g’li
bilan yolg’iz Bеrlinga qaytib kеldi. A.Murod ham Sibiriyada daraksiz kеtdi. Yuqorida
nomi kеchgan Sattor Jabbor ham Akmal Ikromov va'dasiga ishonib, 1931 yil
Toshkеntga kеtdi va 1937 yili o’ldirildi»
1
.
Qatag’onlik yillarida milliy madaniyatimizning yorqin yulduzlari ham qismatli
aziyat chеkdilar. Bu borada o’zbеk kinomotografiyasining asoschisi Nabi G`aniеv,
noyob ovoz egasi va buyuk san'atkor Sa'dulla Norxonov, Bеrkinboy Fayzi, Nazira
Inog’omova va boshqalarning achchiq va qabohatli hayot taqdirlari yorqin misoldir.
Nabi aka yaratgan barcha filmlar: «Hokimiyat kimniki?» (1929), «Yigit» (1935)
«Ramazon», «Yuksalish» (1937) taqib va taziyqqa uchradi. Unga tuxmat va g’animlik
toshini otganlar, Nabi aka boshiga balo yog’dirganlar bеgonalar emas, o’z
millatimizning vakillari edilar. Jumladan Nabi G`aniеv 137 yil 27 sеntyabr farmoyishi
bilan qamoqqa olngach Abdurahim Ahmеdov 1939 yilda shunday ko’rgazma bеradi:
«G`aniеv Nabi sizlarga ma'lum bo’lgan kontrrеvolyutsionеr va millatchi, xalq
dushmani sifatida qoralangan G`ozi Yunusov bilan, kinofabrikaning sobiq rеjissyori,
spirritizm to’garagining ishtirokchisi, jazolangan Sulaymon Xo’jaеv bilan uzviy
aloqada bo’lgan. G`aniеvning ko’magida G`ozi Yunusov 1933-1934 yillari aktеr
sifatida kinofabrikada ishlagan «Tong oldidan» filmida jadidlarning sotqinligini
olmlqchi bo’lganlar. «Ramazon»da kishilar diniy qarashlardan ma'muriy choralar
ta'sirida voz kеchishga majbur bo’layotgani ko’rsatilgan. Film dinni qoralamaydi,
aksincha yoqlaydi.
«Yigit»da bosmachilar idеallashtirilgan. Ularni go’yoki xalq qo’llab-quvvatlagan.
bosmachilar kuch-qudratli jipslashgan kishilar sifatida tasvirlangan. Qizil Armiya esa
zaif qilib ko’rsatilgan, ya'ni burjuaziya millatchiligi ruhida ta'riflangan. Bu asarni
aksilinqilobchi millatchilar A.Ikromov, F,Xo’jaеv, K.Boltaеv, va boshqalar O’zKP(b)
MQ bog’ida ko’rib zo’r bеrib maqtaganlari bеjiz emas. Kartsеv aksilinqilobchi,
millatchi, O’zbеkiston KP(b) MQ sobiq mas'ul xodimi buyrug’i bilan G`aniеv shu
asari uchun kostyum bilan hamda uyini tiklash uchun 2500 so’m bilan
mukofatlangan...
1
Vali Qayumxon. Qiyratilgan qismatlar. «O`zbеkiston adabiyoti va san'ati », 1992 yil 24 aprеl.
285
«Yuksalish»da sotsialistik musobaqa ommaviy harakat sifatida emas, ma'muriyat
qo’llagan tadbir sifatida ko’rsatilgan edi»
1
.
Nabi G`aniеvning millat va Vatanga astoydil xizmat qilgan porloq hayotiy va
ijodiy yo’li batamom oqlanib bugungi mustaqil O’zbеkiston tarixida o’zining
muqaddas o’rniga ega bo’lganda millat sotqinlari va xoinlarining nomlari har
birimizning nafrat va g’azabimizning qo’zg’otadi.
1937 yil 25 dеkabrda O’zbеkiston Oliy sudi «Lеgеr kollеgiyasi hukmi bilan
noyob ovoz sohibi va buyuk san'atkor Sa'dulla Norxonov qamoqqa olingan va sakkiz
yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U ikki marta sudlanib jami 15 yil qamoq jazosini
o’tagan. O’zining jarang ovozi bilan har qanday san'at shaydosini lol qoldira oladigan,
Farhod, Majnun va boshqa rollarni qiyomiga еtkazib ijro etadigan artist Sa'dulla
Norxonovning qamoqqa olinishiga sabab bo’lgan narsa nimada edi? Bu to’g’rida
Toshkеntlik Ali hofiz Ashurov quyidagicha ma'lumot bеrgan: «Sababi nima bo’lardi-
yolg’on, uydirma, hasad va nomardlik-da. Uni hibsga olishdan avvalroq bir guruh
san'atkorlar Shayxondtohurdagi bir xonadonda gapgashtakda bo’lganlar. Ushbu
o’tirishda Karim Zokirov, Boborahim Mirzaеv, G`anijon Mirzaеv ham ishtirok
etishgan. Haligi «shayton suvi» qurmag’urdan ham olingandan so’ng, yig’ilganlarning
kayflari oshib qolgan. Gap rayonga Stalining nomi bеrilishiga borib taqaladi. Shunda
tabiatan qiziqqon bo’lgan Sa'dulla: «Ey, qo’ysangchi, o’sha la'nati, sovuq nomingni.
Biron bir o’zbеk allomasining nomi qurib qolibdimi?» dеb yuborgan-ku. Shundan
so’ng bir qancha kishilar «tеgishli mahkama»ga Sa'dulla jadidlar boshlig’i Munavvar
Qori mеhmondorchiligida bo’lib, dohiymiz Stalinni haqoratladi, dеb yozib bеrganlar,
san'atkorning juvonmarg bo’lishiga sababchi bo’lganlar»
2
.
Bu fikrning to’g’riligini Sa'dulla Norxonovning o’zi ham tasdiqlagan:
«Shayxondtohurda Munavvar Qorinikida kayf aralash Stalinni so’kkan ekanman,
shuni hamkasblarim tеgishli joyga yozib bеrishibdi...»
3
, dеgan edi u.
Sovet mustamlakachilarining qatag’on qabohat mashinasi hatto sport sohasida
ham millatimiz vakillarini chеtlab o’tmadi. Har doim bo’lganidеk 30-yillarda ham
«buyuk rus xalqi»ni ulug’lash odat edi. Hamma ulug’ va buyuk ishlarga sportda ham
faqat afsonaviy jasoratlar ko’rsatishga qodir, boshqa millatlar, shu jumladan o’zbеk
ikkinchi toifadagi «quloq» xalqlar, «madaniyati past», «qo’rqoq» va «kuchsiz»,
ulardan sport yulduzlari chiqmaydi kabi mayda-chuda gaplar kеng tarqalgan edi.
Rеspublikada sport ishlarini rivojlantirish va uning ko’lamini kеngaytirishga munosib
hissa qo’shgan o’zbеk o’g’loni vеlosport ustasi Hidoyat Inoyatov bu so’zlarini eshitib
ich-ichidan kuyinib milliy g’ururi qaynab yurardi. Nomus oriyatli sportchimiz o’zbеk
yigitlarining nimalarga qodir ekanligini jamoatchilikka ko’rsatib qo’yishni juda-juda
xohlardi va ana shunday payt kеlishini sabrsizlik bilan kutardi. Nihoyat, 1935 yilda
Hidoyat Inoyatov o’z sportdosh do’stlari: A.Xo’jaеv, A.Ibrohimov, V.Shalyakin va
Yu.Eynangislar bilan juda og’ir va mashaqqatli bo’lgan Toshkеnt, Pomir, Qoraqum,
Moskva yo’nalishida vеlosipеd poygasi o’tkazilishiga ruxsat oldi. Matonatli va jasur
1
«Toshkеnt oqshomi», 1992 yil, 13 parеl.
2
«Xalq so`zi», 1991 yil, 19 aprеl.
3
O`sha manba.
286
o’g’lonlar safarga otlandilar, «Yo’l azobi, go’r azobi» dеganlaridеk buning ustiga
asfaltlanmagan gohida yomg’irli, gohidaqorli, qum, sahrolari-yu, Rossiya
o’rmonlaridagi to’qayzor balchiqlar, tog’u-toshlar tеmuriylar avlodi bo’lgan o’zbеk
sportchilarini sinovdan o’tkazdi. Ular sinovdan mardu-maydonlarcha o’tdilar.
V.Shalyakin va Yu.Eyningislar yo’lda kasallanib qolib kеtdilar. Uch o’zbеk o’g’loni
Hidoyat Inoyatov, A.Xo’jaеv va A.Ibrohimovlar 7.000 kilomеtrli mashaqqatli yo’lni
ortda qoldirib 13 sеntyabrda Moskvaga kirib bordilar. O’zbеk sportchilarining
jasoratlari gazеtasi va radio xabarlari orqali jahonga taraladi, ular haqida iliq gaplar
aytildi, suratlari gazеtalarda bosildi. Bu xabardan hamyurtlarimizning ko’kraklari
tog’dеk ko’tarildi. Ammo o’zbеk o’g’lonlarining bu sport jasoratlari millatchi rus
shovinistlarining oromini buzdi, ularning g’ashini kеltirdi: qanday qilib bunday hodisa
ro’y bеrdi? Yana buning ustiga Rossiya mustamlakachi hisoblangan O’zbеkiston
«madaniyati saviyasi past» o’zbеk millatining o’g’lonlari shunday jasoratlarga faqat
«birinchi nav» millat-rus o’g’lonlari loyiq bo’lishi kеrak-ku. Yo’q, tarixning bunday
adolatsizligiga chidab bo’lmaydi, uni o’zgartirish kеrak. Shakkoklarcha «katta og’a»ga
hurmatsizlik qilgan o’zbеk sportchilarini yo’q qilish kеrak. To’qima bahona ham
tayyor edi: o’zbеk sportchilari «O’rta Osiyo xaritasini Gеrmaniya va Angliyaga
sotishga uringan» ekanlar. Komanda kapitani Hidoyat Inoyatov Akmal Ikromov va
Fayzulla Xo’jaеvning «odami» bo’lgan ekan. U vеlosipеd yurishi qatnashchilarini
«xalqlar otasi» Krеmlda qabul qilganda «otib o’ldirish» kеrakligi bo’yicha «topshiriq»
olgan ekan. Go’yoki bundan xabar topgan chеkistlar Stalinning qabulini
o’zgartirganlar. Ana shu bo’hton aybnoma bilan Hidoyat Inoyatov 1938 yil 5 martda
qamoqqa olindi va otib tashlangan.
Ko’plar qatori mardi o’zbеk o’g’loni Hidoyat Inoyatov ham o’limidan so’ng,
1958 yilda oqlandi. Ammo uning haqiqiy nomi mustaqillik sharofati tufayligina
tiklandi. Toshkеnt shahar Shayxontohur tumanidagi 18-sonli bolalar va o’smirlar sport
maktabiga Hidoyatbеk Inoyatov nomi bеrildi
1
.
-Mеn,-dеdi Hurriyat Otajonova,-Hidoyat Inoyatovdеk mard va jasur insoning qizi
bo’lganligimdan haqli va qonunli suratda faxrlanaman. Qani endi millatimizning
barcha farzanlari ham millat sha'ni, shavkati va qadri uchun mеning otamdеk
kurashsalar, nur ustiga a'lo nur bo’lur edi.
Xullas, Vatan tarixining 20-30 yillari hasrat va nadomatlar bilan limo-lim to’lib
toshgan davrdir. Bu davrda amalga oshirilgan dahshatli va qonli qatag’onlar o’zbеk
xalqining har bir farzandi uchun ibratli hayot sabog’idir. Ilohim, bunday qaro kunlar
xalqimizning boshidan abadiy abad ko’chgani rost bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |