Kimyoviy reaksiyalar ro`y berishining asosiy sharti - reaksiyada ishtirok
etuvchi zarrachalarning o`zaro to`qnashuvidir. Lekin, zarrachalar o`rtasida, yuz
beradigan har qanday to`qnashuv ham yangi modda hosil bo`lishiga olib
kelavermaydi. Juda kamchilik to`qnashuvlargina kimyoviy o`zgarishlarga olib
keladi. Bunday to`qnashuvlar "aktiv to`qnashuv" deyiladi. Bunda A + V
AV
aktiv to`qnashuv tufayli dastlabki A va V moddalar molekulalari tarkibidagi "eski"
kimyoviy bog`lar uzilib, yangi bog`lar hosil bo`ladi. Bu jarayon amalga oshishi
paytida oraliq modda - "aktiv kompleks" hosil bo`ladi:
Ana shunday "aktiv to`qnashuv" ro`y berishi uchun zarrachalar odatdagidan
yuqoriroq energiyaga ega bo`lishi kerak.
Zarrachalar o`rtasida aktiv to`qnashuv uchun zarur bo`lgan eng kam
energiya miqdori kimyoviy reaksiyaning aktivlanish energiyasi deyiladi.
Aktivlanish energiyasi E
akt
holida belgilanadi, kkal/mol yoki kj/mol
birliklarda o`lchanadi. E
akt
kimyoviy reaksiyalarning asosiy kinetik harakteristikasi
hisoblanadi. Aktivlanish energiyasi va reaksiyaning yo`nalishi o`rtasidagi
bog`lanish aktivlanish energiyasi grafigi deyiladi. Yuqoridagi umumiy tenglama
bilan ifodalanuvchi reaksiya yo`nalishi va aktivlanish energiyasi o`zgarishi
o`rtasidagi bog`lanish (grafik) 11-rasmda keltirilgan.
Grafikdan ko`rinib turibdiki, E aktivlanish energiyasi dastlabki moddalarni
reaksiya mahsulotiga aylanishidagi asosiy energetik "to`siq" dir. Agar bu "to`siq"
ning balandligi (E
akt
- qiymati) qanchalik kichik bo`lsa, kimyoviy reaksiya
shunchalik tez va oson amalga oshadi. Ma`lumki, reaksiya boradigan sistema
temperaturasi oshishi reaksiya tezligini ortishiga, ya`ni berilgan issiqlik energiyasi
zarrachalarning aktiv to`qnashuvi uchun zarur bo`lgan energiyaga tezroq etishiga
olib keladi. Bu o`z navbatida zarrachalarning (E
akt
- energiyasiga teng bo`lsa)
to`siqdan "tez o`tishiga", ya`ni reaksiya qisqa vaqtda sodir bo`lib, ko`p mahsulot
hosil bo`lishiga sabab bo`ladi, shuning uchun reaksiya tezligi temperatura ortishi
bilan keskin o`zgaradi.
To`g`ri reaksiya uchun ham (E
to`g`ri
), teskari reaksiya uchun (E
teskari
) ham
aktivlanish energiyasining o`ziga xos qiymati bor. Ko`pchilik hollarda E
to`g`
<
E
tes
bo`ladi. Bu energiyalar o`rtasidagi farq E
teskari
- E
to`g`ri
= N kimyoviy
reaksiyaning issiqlik effektiga teng bo`ladi.
Reaksiyalar tezligi E
akt
qiymatiga bevosita bog`liq. Agar reaksiyaning E
akt
<
40 kj/mol bo`lsa, bu reaksiya juda tez boruvchi reaksiya bo`ladi. Bularga ionlar
o`rtasidagi reaksiyalar, enish, portlash reaksiyalari misol bo`ladi. Ba`zi hollarda bu
reaksiyalarning tezligini o`lchab ham bo`lmaydi.
Agar reaksiya uchun 40 kj/mol < E
akt
< 120 kj/mol bo`lsa, bular o`rtacha
tezlikda boruvchi reaksiyalar bo`lib, ularning tezligini laboratoriya sharoitida
o`rganish mumkin.
Masalan: Na
2
S
2
O
3
+ H
2
SO
4
Na
2
SO
4
+ SO
2
+ H
2
O + S
reaksiya Agar E
akt
> 120 kj/mol bo`lsa, bu reaksiyalar juda qiyin va uzoq davom
etadigan reaksiyalardir. Bu reaksiyalarni amalga oshirish qiyin yoki ularni tezligini
oshirish uchun katta energiya sarflash kerak. Odatda, hozirgi zamon texnologiyasi
uchun bunday reaksiyalar yaroqsizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: