Uzunlikka sakrashlarning tasnifl



Download 0,88 Mb.
Sana16.03.2022
Hajmi0,88 Mb.
#499320
Bog'liq
Uzunlikka sakrashlarning tasnifl


Uzunlikka sakrashlarning tasnifl
Badiiy gimnastikada turli sakrashlarning extimolga yaqin soni asosan chegaralanmagan. Bu sakrash shaklini aniqlovchi omillar ancha ko'pligini izohlaydi, bir sakrashda birlashadigan bu omil laming turli kombinatsiya imkoniyatlari esa turli harakatlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shu sababli sakrashning mohiyatiga ko'ra qat'iy va to'liq tasniflab bo'lmaydi. Lekin, uslubiy va amaliy maqsad uchun sakrash to'g'risida ma'lum darajada tasawurga ega bo'lish mumkin bo'lgan qisqa va qoniqarli tasnifl paydo bo'ldi.
Qadamlab sakrash, keng sakrash va ularga o'xshash sakrashlar xarakterli birikmani aniqlovchi belgilarni o'z ichiga oladi. Bu sakrashni yurib, bir oyoqda depsinib, depsingan tomonga aniq harakatlanish va bir oyoqqa qo'nish bilan bajariladi. Bunday sakrashlar uchun uchish holatini saqlab qolish o'ziga hosdir. Qolgan belgilar uncha aniq ko'rinmasligi mumkin.
Murakkab burilishlar bilan sakrash ikki oyoqda hamda bir oyoqda depsinib bajarilishi mumkin. Shunday qilib, bir oyoqda siltash bu yerda shart emas, lekin qo'l bilan siltash harakatlari har doim aniq ifoda etilgan, agar bu 320° dan kam bo'lmagan burilishli sakrashga tegishli bo'lsa. Mazkur sakrashda murakkab burilishni bajarish elementning tashqi ta'siri kabi real qiyinchiligihi aniqlovchi asosiy harakat vazifasi bo'ladi. Bu esa bunday sakrashlami alohida guruh qilishga sabab bo'ladi.
Xatlab sakrash - murakkab sakrash turlarini o'z ichiga olgan o'ziga hos sakrash shaklidir (murakkab sakrash to'g'risida keyingi bo'limda). U quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: bir oyoqda depsinib, ikkinchi oyoq va qo'l bilan ifodali siltash bilan birga uchishda ozmi-ko'pmi murakkab burilishlar, oyoq holatlarini tez-tez almashtirish va bir oyoqqa qo'nish.
Murakkab sakrashlar yuqoridagi sakrash turlaridan kamida ikki - uchta belgilarni o'zida mujassamlaydi (xatlab sakrashdan tashqari). Bitta sakrashda shunday belgilar bo'lishi mumkin: oyoqni siltab, uchishda tanani qo'shilishi, tayanchsiz holatda va burilishda holatni o'zgartirish va boshqalar.
Bunday harakatlar texnikasi va o'rgatish uslubiyotini taxlil qila turib, ularning murakkabligi, qiyinligi, koordinatsiya xususiyatlari, harakatning ifodaliligiga bog'liq bo'lgan elementlar tuzilishini, shu bilan birga mashqlarni o'zlashtirish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni hisobga olish muhimdir.
 
Uzunlikka sakrashning texnik tuzilishi
Har qanday sakrash, uning aniq shaklidan qat'iy nazar mazkur harakatni umumiy holatini ko'rishga yordam beradigan strukturali - texnik elementlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, har bir sakrash bir qancha harakat bosqichiga bo'linishi mumkin.
Sakrashning tayyorgarlik bosqichi sakrashning oldingi harakat-ga (depsinish) bog'liqdir. Bu bosqichdagi harakat butun bir sakrashning sifatiga ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga sakrashni oldingi harakat bilan o'zaro bog'liqligi xarakterini aniqlaydi.
Tayyorgarlik bosqichi sakrash turiga qarab birmuncha murakkab bo'lishi mumkin. Joyida sakrashda tayyorlov bosqichi-ning harakat tuzilishi ancha oddiy. Bunday harakatni ikki fazaga bo'lish mumkin.
Qo'llarni orqaga siltash fazasi. Joyida oyoqlarni kerib sakrashdagi qo'llarni orqaga siltash ko'rsatilgan. (1-2- kadr), gimnastikachi keyingi harakatni amalga oshirish uchun qo'llarini orqaga - yuqoriga ko'taradi.
Tezlikni oshirish fazasi stilistik qadamlar va irg'ishlar bilan bajariladigan bir qancha yugurish qadamlarini o'z ichiga oladi. Gimnastikachining bu vaqtda olgan gorizontal tezligi keyinchalik (depsinishda va sakrashda) sakrash balandligini ko'tarilish uchun ishlatiladi (ll-rasm, 1- kadr). Undan keyin ikki oyoqda itarilib sakrashda juda aniq ko'rinadigan depsinib sakrash fazasi keladi. Bir oyoqda depsinganda depsinib sakrash ifodasiz xarakterga ega bo'ladi va odatda yugurib kelishdagi qadamga nisbatan uzunroq bo'ladi (12-rasm, 1-3 kadr). Depsinib sakrash oxirida oldinda harakatlanayotgan oyoq (yoki depsinadigan oyoq) oldinga chiqadi va oyoq uchidan tayanchga qo'yiladi. Oyoqlarai gavdadan ilgari-latib sakraganda, sakraslmi baland ijro etishga imkon beradi. Qa-damlab sakrashda oyoqlarni oldinga tashlanishi kam ifoda etilgan.
Sakrashda depsinib sakrash fazasining xususiyati shundaki, u joyidan sakrashda alohida fazani tashkil qiladigan qo'llarni orqaga siltash harakatini o'z ichiga oladi. Yugurib kelib halqa-qadam bilan sakrashda (13-rasm) qo'llar, depsinib sakrash oxirida siltash uchun dastlabki holatni qabul qiladi (3-kadr).
Shunday qilib, joyidan sakrashning tayyorgarlik bosqichi ikki harakat fazasidan tashkil topadi: qo'llarni orqaga siltash va yarim cho'qqayish fazasi. Yugurib kelib sakrashning tayyorgarlik harakati uch harakat fazasidan tashkil topgan: tezlikni oshirish,qo'llarni orqaga siltab depsinib sakrash va yarimcho'qqayish (amortizatsiya) fazasi.
Sakrashning asosiy bosqichi tayanchdan depsinish bilan bog'liq bo'lgan harakatlami o'z ichiga oladi. Oyoq bilan depsinish va unga bog'liq harama harakatlar sakrashning energiya hosil qiluvchi harakati hisoblanadi va bu gimnastikachi tanasining tayanchsiz holatidagi tananing gorizontal holatda harakatlanishi davomiyligiga yordam beradi. Asosiy bosqich harakati bevosita tayyorgarlik harakatini davom ettiradi va asosan ikki fazaga bo'linadi.
Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish