2021-yil
23-aprel
82
o‘tilishi lozim. Ishlab chiqarish rivojlanar ekan, malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj
ham kundan-kunga ortib bormoqda.
Avvallari malakali mutaxassis deganda soha yuzasidan muayyan ma’lumotga ega, shu
sohada bir qancha vaqt faoliyat yuritgan tajribali kishi tushunilsa, endilikda esa butun umri
davomida sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni o‘rganib, tushunib, rivojlantirib boradigan
mutaxassislargina malakali mutaxassis deb qaraladigan bo‘ldi. Biroq bugungi kunda
jamiyatimizning barcha sohalari yuzasidan har yili yangiliklar bo‘lib turgani uchun ham
barcha pedagog xodimlar zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishni davrni o‘zi talab
qilmoqda.
Bunday o‘zgarishlarga moslashishning yagona yo‘li bu uzluksiz ta’lim jarayonini
tizimli ravishda bosqichma-bosqich isloh qilib borishdir. Psixologlarning aniqlashicha ilk
maktab yoshida bolalarning asosiy faoliyat turi o‘yin ekanligini ta’kidlashadi. Garchi,
yuqori sinfga o‘tgan sari ularning faoliyat yo‘nalishlari o‘zgara borsada, ularda
o‘yinfaoliyatiga bo‘lgan qiziqish butkul so‘nmaydi. Ta’limiy o‘yinlarni organik kimyo
darslarida qo‘llashda o‘qituvchi takroriylik va bir xillikdan qochishi lozim. Didaktik
o‘yinlar bilimlarni ko‘paytirish uchun qo‘shimcha vosita bo ‘lishi lozim. O‘quvchilarning
har tomonlama ijodiy sifatlarini rivojlantirishi, ijobiy hissiyotlar uyg‘otishi, qiziqarli tarkibi
bilan jamoaning kayfiyatini ko‘tarishi lozim. Darslarni mustahkamlash qismida didaktik
o‘yinlardan foydalana borish, olingan ma’lumotlarni turli xil shakl va ko‘rinishda takrorlash
va buning natijasida samaraliroq o‘zlashtirishga imkon beradi. Kimyo darslarida didaktik
o‘yinlarni qo‘llash sog‘lom raqobat muhitini yaratadi, bilimlarini ko‘paytirish,
dunyoqarashini kengaytirishga imkon beradi, o‘z bilimlari dunyosidan aynan keraklisini
topib taqdim qilish va keraksizlarini qo‘llamaslik ko‘nikmasini shakllantirishga yordam
beradi. Didaktik o‘yinda eng bilimli bola emas, balki tezkor, tafakkuri keng, mantiqiy
fikrlashi yuqori darajada bo‘lgan bola g‘alaba qozonadi. Kimyo darslarida didaktik
o‘yinlarni qo‘llash o‘quvchilarda nafaqat mavjud bilimlarni namoyon qilish, balki ularni
rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Hozirda bir qator rivojlangan mamlakatlarda
o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy fikrlarini oshiruvchi hamda ta’lim - tarbiya samaradorligini
kafolatlovchi pedogogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib,
ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
“Inter”- “o‘zaro” degan ma’noni anglatadi, ya’ni “interfaol” bu – “o‘zaro harakat qilmoq”
demakdir. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan inretfaol metodlarning “Quvnoq element”,
“Klaster”, “Shahmat”, “Zakovatli zukko”, “Ven diagrammasi”, “Bilaman. Bilishni
xohlayman. Bilib oldim”, “6x6x6x”, “Kim ko‘p biladi”, “Hayoliy sayohat”, “Pochta”,
“Do‘stingni top”, “Bitta savolga uchta javob”, “Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan
ishlash”, “Qarama-qarshi munosabat,” “Fikrlarning shiddatli hujumi”, “Savollar
galaktikasi”, “Elementlar” sozlaganda, “Afsona va haqiqat”, “Elementlar daraxti”, “Qovun
bilan tarvuz”, “Javoblar galaktikasi”, “Kimyoviy diktant” va boshqa ko‘plab turlari mavjud.
Ushbu metodlarning asosiy maqsadi yagona bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishga
qiziqtirish, o‘z ustida ko‘proq ishlash, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qish, zamon bilan
hamnafas ta’lim – tarbiyaga, mustaqil fikr yurita oladigan komil insonni voyaga yetkazishga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |