metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada davlat tilimiz bo‘lgan o‘zbek tilini bugungi kundagi qadri, nufuzi –
xalqimizning milliy g‘ururi, faxri, yuzi ekanligi hamda ta’lim taraqqiyotidagi ahamiyati
yoritilgan.
Kalit so
‘
zlar:
o‘zbek tili, ma’naviy boylik, nufuz, millat ko‘zgusi, xalq ramzi, qadriyatlar,
ona tili, zamonaviy ta’lim.
Аннотация:
в статье освещается современное значение и престиж узбекского языка
как нашего государственного - национальной гордости, чести, лица нашего народа и
его значения в развитии образования.
Ключевые слова:
узбекский язык, духовное богатство, престиж, зеркало нации,
национальный символ,
ценности, родной язык, современное образование.
Annotation:
the article highlights the current value and prestige of the Uzbek language as
our state language - the national pride, honor, face of our people and its importance in the
development of education.
Keywords:
uzbek language, spiritual wealth, prestige, mirror of the nation, national symbol,
values, mother tongue, modern education.
O‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganiga 32 yil bo‘ldi. 1989-yil 21-oktyabr kuni
o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berildi. Bu o‘zbek tili bayramini o‘tkazish uchun har yili
barcha ta’lim muassasalarida, turli idora va tashkilotlarda katta tayyorgarlik ko‘riladi.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
337
Yurtimizda bu sana katta shodiyona, faxr va iftixor bilan o‘tkazib kelinmoqda. O‘lkamiz
istiqloli, xalqimiz mustaqilligi til ozodligidan boshlandi, desak xato bo‘lmaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida
ona tilimiz haqida g‘oyatda sermazmun fikrlar bildirilgan. Ma’lumki, o‘zlikni anglash,
milliy ong-tafakkurning ifodasi ajdodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali
namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining
betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir. Darhaqiqat, bugun davlat tili
maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi,
Konstitutsiyasi bilan bir qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas
timsollardan biriga aylangani har bir zamondoshimiz qalbida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi.
Davlat tilimizni mukammal o‘rganish, davlat tilida ish yuritish hujjatlari bilan xatosiz
ishlash, milliy an’analarimizga nisbatan hurmat tuyg‘ularini shakllantirish o‘ta sharafli ish.
O‘zbek tili va adabiyoti – bu xalqimizning yuzi, ma’naviyatimizning ildizidir.
Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini jamlash, xatosiz yozish, ularni o‘zlariga
ishontirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish asosiy masala. Shuning uchun darslarda
o‘quvchilarni ko‘proq so‘zlashga, fikr yuritishga, yozma savodxonligini oshirishga va kashf
etish lazzatini tuydirishga harakat qilish zarur. O‘quv yili davomida imlo lug‘ati bilan
ishlashga, xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalanishga o‘quvchilarni odatlantirish kerak.
Darslikda parcha tarzida berilgan asarlari oxirigacha o‘qishga undaydigan qiziqarli
usullardan foydalanish o‘zbek tilimizni puxta o‘rganishda, yozma savodxonlikni oshirishda
yaxshi samara beradi. Ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va yozma
savodxonlik darajasi yuqori bo‘ladi.
Til benihoya muqaddas va mo‘tabar ne’mat, u odam degan mavjudotni shakllantirgan,
taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining
darvozalarini ochgan sehrli bir jilodir. Tilga ehtirom va e’tibor esa dunyoda inson bolasi
muhtaramligining e’tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan o‘zining ona tiliga
muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e’zozlab ardoqlagan, o‘zbek tilining mukammalligi
va betakror ohanglaridan faxr-u iftixor qilgan.
Mustabid tuzim davrida ko‘plab an’analarimiz, urf-odatlarimiz kabi milliy o‘zbek
tilimiz ham juda ko‘plab cheklovlarga, kamsitilishlarga duchor bo‘lgan edi. Milliy tilni
yo‘qotish, millatning ruhiyatini, o‘zlikni, milliylikni yo‘qotishdir .
Shukrlar bo‘lsinkim, u qora kunlar o‘tmishga aylandi. Bugun o‘zbek tilimiz o‘zining
qadim turkiy taxtiga o‘tirdi. Bu kunlarga yetib kelguncha qancha zahmatlar chekildi?
Mamlakatimizning Konstitutsiyasidan tortib ish yuritish hujjatlarigacha bitta tilda ya’ni
o‘zbek tilida yaratiladi. Davlat tili shu millatning irodasi, kayfiyati, bilimi, saviyasi, siyosiy
huquqlarini namoyish qiluvchi oynasi hisoblanadi. Bugun yangi avlod, yangi qatlam paydo
bo‘ldi. Endi ona-tilimizni sofligini saqlagan holda adabiy tilda muloqot qilish davr talabiga
aylandi.
Hozir o‘zbek tili butun dunyodagi rivojlangan tillar qatori o‘z o‘rniga, obro‘ va
maqomiga ega. Shu bilan birga bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta
olyapmiz, degan haqli savol ham borki, u har birimizni o‘ylantirishi kerak.
Biz o‘quvchilarimizni tilimizni serjilo qatlamlari bilan tanishtirishimiz, ma’naviy
xazinamizning nodir asarlarni ularga ko‘proq o‘rgatishimiz kerak. O‘zbek tili millatimizni
ko‘rsatuvchi kuch, milliy taraqqiyotimizning ko‘zgusi ekan - bu bebaho boyligimizni asrash
hammamizning burchimizdir. Har bir davlat o‘z rasmiy tilining sofligi va boyib borishini
ta’minlaydi va uning ist’emol doirasi kengayib borishi uchun g‘amxo‘rlik qiladi. Davlatimiz
til o‘rganish va o‘qitish uchun qulay shart - sharoitlar yaratib berdi. Ona tilimizning mavqei
oshishi hamda ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun keng imkoniyat eshiklari
Do'stlaringiz bilan baham: |