2021-yil
23-aprel
400
O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati mamlakatlari qatoridan munosib
o‘rin egallashi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishi, xalqaro
munosabatlarni tashkil etishda demokratik va insonparvarlik tamoyillarining ustivor
bo‘lishiga erishishi qat’iy ma’naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, kasbiy faoliyatida
yutuqlarga erisha oladigan yangi kelajakning tayyorlanishiga bog‘liq. Respublikamiz xalq
ta’limi oldida turgan asosiy vazifa har tomonlama kamol topgan sog‘lom, qobiliyatli, o‘z
Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu
ulug‘ maqsadni ro‘yobga chiqarish xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
o‘qituvchilarning o‘z ishiga ijodiy yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish
zamonaviy pedagogik metodikalarni
qo‘llab darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi.
Qolaversa, boshlang‘ich ta’lim yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning poydevori
hisoblanadi. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «...bolaning
dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali
murabbiylar biriktirib qo‘yilishini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi. Zamonaviy
boshlang‘ich ta’limning o‘zi nimadan iborat bo‘lishi kerak? Bola 1-4 sinflarda qanday
bilimga ega bo‘lishi lozim? Uning tarbiyasi qanday bo‘lishi kerak? Shu masalalarga javob
topishimiz zarur.
1
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli boshlang‘ich ta’lim mazmuni tubdan
o‘zgardi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida yangi dasturlar, darsliklar, o‘quv metodik
tavsiyalar, ilmiy-metodik qo‘llanmalar yaratildi. Dunyoqarashi, Mustaqil Respublikamizda
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni yangi talab asosida o‘qitish va tarbiyalashga alohida e’tibor
berildi.
Boshlang‘ich sinf o‘qutuvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, uning
bolalar psixologiyasi va ma’lumot darajasi hamda hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim
metodikasini yaxshi bilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. standarti va
amaldagi maktab dasturlarida o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan materiallar ancha murakkab
bo‘lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va
rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi va ta’lim tizimi biz boshlabg‘ich sinf
o‘qituvchilari oldiga o‘ta mas’uliyatli vazifalar yuklamoqda. Muallim har bir o‘tilayotgan
darsga ijodiy yondashishi, mashg‘ulotlarni ilg‘or pedagogik, innavatsiyon metodikalar
asosida darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur.
O‘quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni
dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma’lumotlarga qaraganda turli xil
ruhiy kechinmalar orqali o‘zlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida
o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o‘quvchi mustaqil mashqlarni
bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko‘plab o‘quv
materiallarini hayolidan o‘tkazadi. O‘xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‘zicha mulohaza
yuritib mustaqil hukm chiqaradi.
Mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchi har bir dars davomida
egallashi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini, o‘zida hosil qiladigan ko‘nikma va malakalarni
oldindan belgilab olishi lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchining mashg‘ulotlarga aniq maqsad
bilan qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o‘quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga
erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Albatta, boshlangich sinf o‘quvchisiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish,
qiziqarli mashg‘ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Bunda oqituvchining dars
uchun oldindan puxta tayyorgarlik korishi va darsda foydalanidigan usullari bolalarning
1
Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” T., “Ma’naviyat”. 2008 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |