Узбекстан тарийхы лекция


 Dovon davlatining ijtimoiy tuzumi, xo’jaligi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

4. Dovon davlatining ijtimoiy tuzumi, xo’jaligi. 
Qadimgi Farg’onada qishloq xo’jaligi yuksak darajada rivoj-langan. Dalalarga arpa
sholi, beda kabi turli ekinlar ekilgan. Uzumchilik va vino tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. 
Vino katta sopol xumlarga quyilib uzoq yillar saqlangan. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko’ra, 
«Dovon mamlakatida hamma joyda uzumdan vino tayyor-laydilar. Badavlat oilalar vinoni juda 
ko’p miqdorda g’amlaydilar va bu vino o’nlab yillar davomida buzilmasdan saqlanadi». 
Farg’ona vodiysida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar chog’ida ko’plab yirik xumlarning 
topilishi sayyohning ma’lumotlari to’g’riligini tasdiqlaydi. 
Farg’ona vodiysida ilk davlatchilik izlari qadimgi dehqonchilik madaniyati (Chust 
madaniyati) yodgorliklarida uchraydi. Hozirgacha Farg’ona vodiysida 80 dan ortiq Chust 
madaniyati yodgorliklari qayd etilgan. Shahar madaniyati va davlatchilikni o’rganish ishida 
Dalvarzin, Ashqoltepa (Andijon viloyati), Chust yodgorliklari muhim o’rin tutadi. Chust 
madaniyatining so’nggi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) mayda shahar – davlatlar asosida 
davlat birlashmalari vujudga kelgan. Mil.avv. 136-128 yillarda Farg’onaga kelgan Xitoy elchisi 
va sayyohi Chjan Syan “Dovon da 70 dan ortiq kichik va katta shaharlar bor” deb yozgan. Xitoy 
manbalarida Farg’ona Dovon (Da-Van – Katta Van) deb atalgan. 


Dovon davlati mil. avv. IV- mil III asrlarda mavjud bo’lgan. Dovon podisholigi sug’orma 
dexqonchiliq chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan. Ipak yo’li ta’sirida shaharsozlik 
madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va sayyohlarni Sharqiy So’g’diyona 
chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo’lgan yo’lning xavfsizligi oziq-ovqat
tarjimonlar va yo’l ko’rsatuvchilar bilan ta’minlab turgan. Mil. avv. II asr Dovon davlatida 300 
ming kishi yashagan. Vodiyda shaharlar ko’p bo’lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) 
bo’lgan. Xitoy tarixchilarining guvohlik berishicha, Dovon davlati hududlari Xo’jandgacha 
borgan. Farg’onaning “Samoviy” deb nom olgan nasldor otlar ko’pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv. 
104-101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo’shni Dovon ga bostirib kirganda dovonliklar 
qangliklar yordamida xitoyliklarni haydab yuborib, o’z mustaqilligini saqlab qolgan. II asrda 
Dovon davlati barham topdi. Uning yerlari Kushon podsholigiga qo’shib olindi.
Dovon nomi bilan mashhur bo'lgan davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan 
sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to'la ma'lumotlar topilmagan. 
Xitoylik elchi Chjan Tsyan yozma manbalarida Farg'ona vodiysidagi davlatni Dovon (Da-yuan) 
deb atagan. Vaholanki, Farg'ona vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o'troq hayoti kechgan, 
o'z davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Yunon-Baqtriya, Qang'a singari qadimgi davlatlar 
bilan tenglasha olishiga hech bir shubha yo'q. Buni mil. av. II asr oxirlarida (128 yilda) bu 
o'lkaga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Tsyan yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi. 
Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg'onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70dan 
ziyod katta-kichik shaharlari bo'lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada 
rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatning Marhamat tumanida 
joylashgan) o'z davrining obod, ko'rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi 
O'zgan, Koson ham Dovon ning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Dovon hududida 10 dan 
ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo'lib, ularda erli mirishkor aholi sholi, bug'doy 
va boshqa dehqonchilik ekinlari etishtirish bilan shug'ullangan. Bularga Aravonsay, Oqbo'ra, 
Sultonobod, Qo'rg'ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug'nor, Yilg'insoy, Shahrixonsoy kabi 
dehqonchilik makonlarini nisbat berish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda 
rivojlanganiga, shu bilan birga undan noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o'tkir 
musallaslar tayyorlash yuksak darajada yo'lga qo'yilganligiga alohida urg'u beradi. Dovondagi 
ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeining 
alohidaligidir. Chjan Szyanning e'tiroficha, bu yerning erkaklari ayollarga alohida hurmat 
ko'rsatganlar. Boshqacha qilib aytganda, xotin-qizlarning har qanday topshirig'i erlar tomonidan 
bajarilishi shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi 
masalalarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo'l-yo'riqlariga suyangan. 
Ayniqsa urush va tinchliq elchilik aloqalari masalasida Oqsoqollardan iborat Oliy kengash 
alohida vakolatlarga ega bo'lgan. Hukmdor buni e'tirof etishga majbur bo'lgan. 
Farg'ona hududi O'rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim 
o'zgarishlar jarayonida ham o'zining nisbiy mustaqilligini birmuncha saqlab qolishga muvaffaq 
bo'lgan. 


Narorat uchun savollar: 
1.
Qang’ davlatining tashkil topishi 
2.
Qang’ davlatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayoti. 
3.
Qang’ davlati taraqqiyotida "Buyuk ipak yo’li" ning tutgan o’rni
4.
Farg’ona- Dovon podsholigining tashkil topishi 
5.
Farg’ona aholisining turmush tarzi, kasb - hunari, tili va madaniyati 
6.
Farg’onaning mashhur otlari haqida gapirib bering 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish