Alisher Navoiyning ijod gulshani
Jami 51 ming misradan iborat 5 ta go`zal dostonni o`zida jam etgan mashhur «Hamsa» asari:
«Hayratul Abror»
«Farhod va Shirin»
«Layli va Majnun»
«Sabbai Sayyor»
«Saddiy Iskandariy»
45 ming misradan iborat «Hazoinul-maoniy» («Ma`nolar xazinasi») asari
«Muhokomatul lug`atayn» («Ikki til muhokomasi»)
«Majoisul ul-Nafois» («Nafis majlislar»)
«Mahbub ul-qulub» («Ko`ngillar mahbubi»)
«Me`zon ul-avzon» («Vaznlar o`lchovi») v.b.
12 ming misrani jam etgan, Foniy taxallusida bitilgan forsiy tildagi nafis badiiy asarlar:
Mufradat
Sittai zaruriya
Fusumi arbaya
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayrotul-abror», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbai
sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlarining har biri o`zining bebaho ma`naviy qudrati, badiiy
yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, o`zbek tilida ilk bor
«Xamsa» bitishdek g`oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har
qancha tahsinga sazovordir. Ulug` mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan,
ilgari surilgan chin insonparvarliq vatanparvarliq mehnatsevarliq hayotga oshuftaliq keng
ma`nodagi ishq-muhabbat g`oyalari vujudimizni qamrab oladi, o`ziga maftun etadi. Bu ham
Navoiy
ijodining
umrboqiyligidan,
umumbashariy
qadriyatlar
ruhi
bilan
chuqur
sug`orilganligidan yaqqol dalolatdir. Shu bilan birlikda bu davrda fors-tojik adabiyoti ham
an`anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug`ini baland ko`targan, yuksak
badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo`jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy,
Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so`z san`atkorlari nomini alohida tilga olib o`tish joizdir.
Ularning yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix
va davrlar sinovidan o`tib, qanchalab avlodlar ongi, shuurini yolqinlantirib kelmoqda.
Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida,
ularning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko`tarilib borishi davomida o`chmas iz
qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich
bo`ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti
sharif va uning avlodlarining mislsiz sa`y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli
Movarounnahr va Xuroson o`lkalari ulkan o`zgarishlarga yuz tutdi. Mo`g`ullarning bir yarim
asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo`lgan ona yurtimiz qudratli saltanat
darajasiga ko`tarildi. Ayni chog`da u ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`naviy jihatlardan yuksalib,
jahonga dovrug` taratdi. Ulug` ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy
madaniyatning yuksak namunalari, duru javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga
solib, minnatdor avlodlar ardog`ida e`zozlanib kelmoqda.
Nazorat uchun savollar:
1. Amir Temur shaxsini ta`riflab bering.
2. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi?
3. Amir Temurning buyuk tarixiy xizmatlari nimada?
4. Amir Temur davrida shakllangan markaziy davlat boshqaruvi tizimi qanday tamoyillarga
asoslangan edi?
5. Amir Temurning xorijiy ellarga uyushtirgan harbiy yurishlardan ko`zlagan maqsadlari
nimalardan iborat bo`lgan?
6. Temuriylar davrida hukm surgan soliq tizimi haqida tushuncha bering.
7. Amir Temurni harbiy sarkarda sifatida ta`riflab bering.
8. Uning yuksak diplomatik mahoratining sir-asrori nimada?
9. Mirzo Ulug`bek shaxsi to`g`risida nimalar deya olasiz?
10. Mirzo Ulug`bek amalga oshirgan ichki davlat siyosatining muhim jihatlari nimada?
11. Temuriylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini gapirib bering.
12. Husayn Boyqaro davrida Xuroson davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishining muhim
omillarini tushuntirib bering.
13. Qanday omillar Amir Temur va temuriylar davri moddiy va ma`naviy madaniyatining
ravnaqini ta`minlagan?
14. Temuriylar davrida bunyod etilgan moddiy madaniyat namunalari qatoriga nimalarni kiritish
mumkin?
15. Movarounnahrda ilm-fan ravnaqini ta`minlagan omillar to`g`risida so`zlab bering.
16. Ulug`bek akademiyasining yutug`i va yuksak shuhratini asoslab bering.
17. Temuriylar davrida tarixshunoslik fani erishgan muhim yutuqlar to`g`risida ma`lumot bering.
18. Temuriylar davridagi xattotliq tasviriy va musiqa san`ati ravnaqi to`g`risida nimalarni
bilasiz?
19. Alisher Navoiy shaxsini ta`riflab bering.
20. Navoiy o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi ekanligini isbotlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |