Узбекстан тарийхы лекция


 Kushon davlatining tashkil topishi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

 
1. Kushon davlatining tashkil topishi. 
Kushon davlatining paydo bo’lishi haqida ko’proq Xitoy manbalari va numizmatika fani 
ma’lumotlari xabar beradi. Umuman Kushonlar saltanatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uzoq 
vaqtlar davomida tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo’lgan bo’lsada, so’nggi 2 o’n yillik 
ichida bu masalaga juda ko’plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. 
Ayniqsa, 1961 yilda Londonda o’tkazilgan xalqaro simpozium, 1968 yilda Dushanbedagi 
YuNESKO konferensiyasi, 1970 yilda Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga 
bag’ishlangan bo’lib, undan keyin ham bu masala bo’yicha ko’plab xalqaro anjumanlar bo’lib 
o’tdi.
Kushon podsholigi haqidagi tarixiy ma’lumotlar, o‘sha davrga oid yozuvlar, kushon 
tangalari, Xitoy ma’lumotlaridan iborat. Kushon podsholigining asoschisi Kudjula Kadfiz I 
(Amudaryoning yuqori oqimida yashagan 5 tuxor (yuyechji) qabilalaridan biri bo‘lgan-kushonlar 
qabilasining boshlig‘i edi. U qabilani birlashtirib, Baqtriya, So‘g‘d, Sharqiy Afg‘oniston va Hind 
daryosining yuqori hududlarini bo‘ysundirib, mustaqil davlat tuzgan. Undan so‘ng hokimiyat 
tepasiga uning o‘g‘li Vima Kadfiz II, so‘ngra Kanishka I chiqqan.
Kushon podoligi quldorlik davlatlaridan biri bo‘lib, hozirgi O‘rta Osiyoning katta 
qismi,Afg‘oniston, Pokiston Shimmoliy Xindiston va Sinszyanni ham o‘z ichiga oladi. Kushon 
podsholigining ravnaq topgan davri-milodiy I asr oxiri va III asr boshlari edi.
Qadimgi Xitoy manbalarining guvohlik berishiga ko`ra, mil. avv. II asrning ikkinchi 
choragida Xitoyning shimoliy-g`arbida yashov-chi ko`chmanchi xunn, sak-usun va yuyechji 
qabilalari o`rtasida qonli to`qnashuv yuz berib, yuyechjilar Sharqiy Turkiston va Tibetdan O`rta 
Osiyo yerlariga surib chiqariladi. Xitoy elchisi Chjan Szyanning ma’-lumotlariga ko`ra, xunnlar 
siquvi ostida Sharqiy Turkiston orqali O`rta Osiyoga kelgan yuyechjilar Davan va So`g`dni 


egallagach, janubga tomon harakat qiladilar va Baqtriyani bosib olib, Yunon-Baqtriya 
davlatining faoliyatiga chek qo`yadilar. Yuechjilar besh xonadondan iborat bo`lgan: Xyumi, 
Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dumi xonadon-lari. Xitoy solnomalarida eslatilgan Da-Yuechji 
yoki Katta Yuechji davlati yuz yildan ortiq faoliyat ko`rsatadi. Katta Yuechji davlati-ning 
boshlang`ich davri mil. avv. 139-125 yillarga to`g`ri keladi.
Keyinchalik davlatning qudrati ortib, uning hududlari ancha kengayadi. Katta Yuechji 
davlatining poytaxti Dalvarzintepa o`rnida bo`lgan, janubiy chegarasi esa Gibin-Kashmir yoki 
Qandahor orqali o`tgan. 
Oradan chamasi yuz yil o`tib Guyshuan xonadoni kuchayib, uning mavqei orta boshlaydi. 
Xitoy solnomalarida yozilishicha, Guyshuan yabg`usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan 
to`rtta xonadonni o`z qo`li ostida birlashtirib, o`zini Guyshuan (Kushon) hukmdori deb e’lon 
qiladi va shu tariqa Kushon davlatiga asos soladi. 
Umuman, Kushon davlatining vujudga kelishini Katta Yuechji uyushmasining inqirozi 
sifatida baholash unchalik to`g`ri emas. Bu jarayon mamlakat taraqqiyotining bir bosqichdan 
ikkinchi bosqichga o`tishi, markazlashgan davlatga asos solinishi hamda hukmron sulola 
almashinuvini anglatadi. Kushonlar davlatining dastlabki poytax-ti Sho`rchi tumanidagi 
Dalvarzintepa yodgorligi o`rnida bo`lgan, u Xitoy manbalarida Xodzo deb nomlanadi. Kujula 
Kadfiz davrida Afg`oniston va Kashmir Kushonlar davlatiga qo`shib olingan. 
Xitoy manbalarining xabariga ko`ra, yuechji qabilalari Toha-ristonda 5 ta mulkka: Xyumi, 
Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dumiga bo`lindilar. «Yuz yildan sal o`tib Guyshuana (Kushon) 
yo`lboshchisi Kiozyukyu (Kadfiz) o`zini Guyshuana (Kushon) davlatining hukmdori deb e’lon 
qildi. U Ansi (Parfiya) bilan urushga kirishdi, Pudu (Hindiqushdan janubdagi yerlar, Paropamis) 
va Gibin (Qobul viloyati)ni tor-mor qildi va ularning yerlarini egalladi». 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish