tashkil etgan. U 1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo
shimolidagi Chag`aniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud
katta qo`shin bilan jang qilib G`ur viloyatini egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud
G`aznaviyning nigohi geografik jihatdan g`oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud -
Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan
Xorazmshoh Ma`munning o`limidan foydalanib, u erga katta qo`shin yuborib, osonlik bilan
Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma`mun akademiyasining bir
qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G`aznaga oldirib keladi.
Uning so`nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Rey shahrini egallash bo`ladi.
Mahmud G`aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo`ldiki, shimoliy Hindiston
hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bu joylarga kelib joylasha
boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Mahmud
davrida G`aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida, ayniqsa
G`aznada katta inshootlar, salobatli masjidu madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm
maskanlari ko`plab barpo etilgan bo`lsa-da, biroq ko`pchilik aholining moddiy – maishiy ahvoli
nochor kechgan, turli xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan. 1011 yilda
Xuroson o`lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo`lishiga olib kelgan.
Shu bois Mahmud G`aznaviy davlati tashqaridan go`yo qudratli ko`ringani bilan haqiqatda esa
uning ichdan emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko`p
o`tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o`rinda shuni aytish
kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o`z mustaqilligini tiklashga erishdi.
Shuningdeq saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallash sari harakatlari kuchayadi.
Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar
kelib joylashgan bo`lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg`ol qilishga kirishadilar. O`lkaning
G`aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to`lovlar asoratidan norozi bo`lgan mahalliy aholisi
ham Saljuqiylarni qo`llab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o`rtadagi harbiy to`qnashuvlarning
pirovard yakuniga hal qiluvchi ta`sir o`tkazadi. G`aznaviylar qo`shini bilan Saljuqiylar
o`rtasidagi birinchi katta urush 1035 yilda Nissa shahri yonida bo`lib o`tdi.
U Saljuqiylar g`alabasi bilan yakunlandi. Ko`p o`tmay Saljuqiylar o`z g`alabalarini
mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo`lga kiritdilar (1038y).
1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig`i) bo`lgan so`nggi hal qiluvchi
jangdan so`ng Ma`sud G`aznaviy qo`shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson
o`lkasidan mahrum bo`ladi. Ko`p o`tmay Ma`sud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi
(1041y). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Ma`sudning o`g`li Mavdud ham bir necha bor
kuch to`plab saljuqiylar bilan urush olib borgan bo`lsa-da, ammo o`z qo`shinini mag`lubiyatdan
saqlab qola olmadi. 1059 yilda G`aznaviylarning muhim tayanchi - Balxning Saljuqiylar qo`liga
o`tishi G`aznaviylarning so`ngi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa pirovardida G`aznaviylar
davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan butunlay tushib ketishiga sabab bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: