QO’SHIMCHA MANBA;
Geografik jihatdan qulay, savdo-sotiq yo’llari kesishgan nuqtada joylashgan, qadimda
sug’orma dehqonchilik madaniyati, shaharsozlik va hunarmandchilik rivojlanib kelgan Xorazm
o’lkasi ko’p davrlar mobaynida turli hukmron sulolalar va ajnabiy davlatlarning diqqat-
etiborida bo’lib kelgan. Shu bois xam uni egallash uchun vaqti-vaqti bilan tasir kuchlar harakat
qilganlar. Bu esa Xorazmning o’z mustaqilligidan maxrum bo’lishiga sabab bo’libgina qolmay,
uning iqtisodiy-madaniy rivojiga xam salbiy tasir ko’rsatgan. Jumladan, 1017 yilda Xorazm
yerlari Sulton Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingan bo’lsa, 1044 yildan esa u Saljuqiylar
davlati tobeligiga tushib qolgan. XII asr o’rtalariga kelib esa sharqiy hududlardan bostirib kelgan
qoraxitoylar butun Movarounnahrni ishg’ol
etib, o’zlariga qaram qilgan bo’lsalar, bundan
Xorazm ham mustasno qolmagan. Biroq, shunga qaramasdan, Xorazm va uning istedodli,
erksevar xalqi mustaqillik sari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishda
davom etdi.
Xususan, saljuqiylar hukmdori Malikshox. davrida Xorazm mulkini mustaqil boshqarish
xuquqini qo’lga kiritish turk o’g’loni Anushtagin va uning avlodlari Qutbiddin Muxammad
(1097—1127) va Jaloliddin Otsiz (1127—1156) davrida Xorazmning siyosiy mustaqilligi
kengaydi va uning ijtimoiy-iqtisodiy qudrati muttasil o’sib bordi. Bu hududdagi Gurganch,
Qiyot, Kot, Xazorasp singari obod shaharlarning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari
sifatidagi mavqeyi to’xtovsiz ko’tarildi.Tashqi savdoda Rossiya,Yaqin Sharq mamlakatlari
bilan aloqalar keng yo’lga qo’yilgan.Bu davrda Xorazm xunarmandchiligining 50 dan ortiq
turlari xorijda yuqori baxolangan.Xorazmshoxlar davlati qudrati yanada yuksala borgan.
Xorazmda anushtaginlar sulolasining mustahkamlanishi, o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida Qutbiddin Muxammad garchi muxim rol o’ynagan bo’lsada, biroq uning butun
hukmronlik davri Saljuqiylar tasiri doirasida kechdi. Shuning uchun xam Xorazmning
mustaqil davlat sifatidagi o’rni va mavqeyi ko’proq uning o’g’li Otsiz (1127—1156) xamda
anushteginlarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156—1172), Takash (1172-1200) va Alobuddin
Muxammad (1200—1220) davrlarida har jixatdan ko’zga tashlandi. So’nggi xukmdorlar
Takash va Muxammad Xorazmshoxlar davriga kelib esa Xorazm davlati o’rta asrlar davridagi
eng qudratli saltanatga aylandi. Bir tomondan, buyuk Saljukiylar davlatiga tobelik va,
ikkinchi tomondan, Sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli qoraxitoylarga yiliga 30 ming dinor
to’lab turish majburiyatini va shu barobarida Xorazmning mustaqilligini taminlashda
Xorazmshox. Otsizning xizmatlari katta bo’ldi.
Moxir diplomat yetuk davlat arbobi bo’lgan Otsiz o’z raqiblari orasidagi ziddiyatlardan
ustamonlik bilan foydalandi, o’z davlati mustaqilligini saqlabgina qolmay uning hududlarini
xam ancha kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. 1141 yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar
o’rtasida yuz bergan qonli to’qnashub va unda saljuqiylarning mag’lubiyatidan foydalangan
Otsiz Xuroson yerlarini, Marv, Nishopur shaharlarini egalladi. 1152 yilda Jangga qo’shin
tortib, uni Xorazm davlatiga qo’shib oldi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat
mustaqilligini kuchaytirish yo’lida qoraxitoylar bilan janglar olib boradi. El Arslon vafotidan
(1172) foydalangan qoraxitoylar Xorazm xududiga bostirib kirdilar va uni o’lpon to’lashga
majbur etdilar. Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash(1172— 1200) tez orada mohir davlat
arbobi, tadbirkor va uddaburon hukmron sifatida o’z
davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq
bo’ladi. 1187—1193 yillarda U Nishopur, Ray va Marv shaxarlarini bosib oladi. 1194 yilda esa
saljuqiylar sultoni Tug’rulga kuchli zarba berib, Eronni egallaydi. Uning tasarrufida 150 ming
harakatdagi va 200 ming kishidan ziyod zaxiradaga katta jangovar armiya mavjud bo’lgan.
Uning katta va yirik davlati markazlashgan hokimiyat boshqaruviga ega bo’lgan. Unda oliy
idora,— devon mavjud bo’lib, davlatning bugun ichki va tashqi siyosati vazir tomonidan
amalga oshirilgan. hokimiyatning muxim Takashning xotini .— Turkon xotinga qarashli
qabilalarni tasiri kuchli bo’lgan.
Alouddin Muhammad — Xorazmshoxlar davlatining so’nggi xukmdori. Xorazm davlatining
eng yuksalgan cho’qqisi xam, uning so’nggi Xorazmshoh nomi bilan boshqardi. Binobarin,
uning xukmdorlik davrida murakkabliga, ziddiyatliligi; xamda fojealiligi boisi xam shundadir,
Negaki, shuxratparastlik va jaxongirlikka nihoyatda o’ch
bo’lgan Sulton Muxammad o’zining
.2.0 yillik hukmronligi davrida, bir tomondan, to’xtovsiz jangu jadallarda bo’lib, ancha - muncha
hududlarni bosib olishga erishgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning davrida so’gga saltanat
turli ichki va tashqi sabablarga ko’ra yemirilish va chuqur tushkunlik holatini boshdan
kechirdi. Bu esa oqibatda Xorazmshoxlar davlatining qulashi va mug’ul istilosiga duchor
bo’lishiga olib.keldi. Dastlab muxammad Xorazmshox katta qo’shin tuzib, zafarli harbiy
yurishlar qildi, o’z davlat hududlarini kengaytirdi. Janubda Xindikush tog’larigacha, janubi-
g’arbda Fors qo’ltig’i, xalifalik davlati chegaralarigacha, sharqda yettisuvga qadar bo’lgan
sarxadlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. 1210 yilda Talos vodiysida qoraxitoylar bilan bo’lgan
xal qiluvchi jangda ularni xam yengib o’z
qudratini namoyon qildi. Ushbu g’alabalardan so’ng
Xorazmshox o’ziga ortiqcha ;bino qo’ydi, o’zini«Iskandari soniy» («Ikkinchi Iskandar»),
«Xudoning yerdagi soyasi» deb atashgacha borib etadi. Biroq aslida esa uning saltanati «usti
yaltiroq ichi qaltiroq» edi. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, oliy hokimyat chuqur
ziddiyatga botgan edi. Xukmdor bilan uning katta siyosat mavqeiga ega bo’lgan onasi Turkon
xotin va uning turkiy zodagonlardan iborat muxolifatchi kuchlari o’rtasydagi ixtiloflar
kuchayadi. Ikkinchi tomondan, markaziy xokimyat tizimi bilan mahalliy xokimlar, beklar o’rtasidagi
qarama-qarshiliklar, ularning o’zboshimcha xatti-harakatlarining kuchayib borayotganligi
saltanatni inqirozga duchor etmoqda edi. Buning ustiga hukmron tizimdan norozi bo’lgan keng
ommaning g’alayonlari tobora faollashib bordi. 1206—1207 yillarda Buxoroda yuz bergan
Malik Sanjar boshchiligidagi, 1211 yilda Samarqandda ko’tarilgan kuchli xalq, qo’zg’olonlari
Xorazmshoxlar davlatining kuchli bo’xronga yo’liqqanligidan dalolat beradi.
Xorazmshox. Muhammadning kaltabin siyosati, bosqinchilik yurishlari xalqaro maydonda
xam katta norozilikka sabab bo’ldi, u tobora yakkalanib bordi. Xatto bugun musulmon olamida
ham bu davlatga nisbatan nafrat kuchaydi. Xalifalik davlati sharqdagi qudratli mug’ul davlati
hukmdori Chingizxon bilan birlashib, Xorazmshoxga zarba berish turrisida diplomatik yo’l
bilan muzokaralar olib bordi.
Bularning xammasi oxir-oqibatda Xorazmshoxlar davlatining chuqur ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy inqirozga uchrashiga olib keldi. Bu esa Chingizxon boshchiligida mug’ul
bosqinchilarining Movarounnahr sarxadlariga bostirib kirishi va uni ishg’ol
etishi uchun qo’lay
shart-sharoitlarni yaratib berdi.
Nazorat uchun savollar:
1.
XI asrdan boshlab Xorazmning yangidan mustaqillikka erishuvi va yuksalib borishiga turtki
bergan omillar nimalar bo`lgan?
2.
Xorazmshohlar saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi haqidagi tushunchalaringiz?
3.
Xorazm davlatidagi ichki ziddiyatlar, muxolifatchilik holatlarining kuchayib borishi qanday
oqibatlarga sabab bo`ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |