Узбекстан тарийхы лекция


XI asr o`rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo`linib ketdi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

XI asr o`rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo`linib ketdi: 
Markazi Samarqand bo`lgan, Movarounnahrning katta hududlarini o`zida 
jam etgan G`arbiy xonlik. 
Markaziy bolasog`un bo`lgan Talas, Isfijob, Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg`ona, ettisuv va 
Qoshg`ar erlarini tarkibiga olgan Sharqiy xonlik 
eloqxonlar – mahalliy hukmdorlar 
Ulug` xojib 
Munshiy 
Bitikchi 
Qushchi 
Oshchi 
Og`ichi 
Biruk 
Tavochi 
Hoqon Qoraxoniylarning davlat boshqaruv tizimi Bosh vazir devoni 
Devoni mustovfiy 
Devoni mushrif 
Devoni barid 
Devoni amid 
Devoni ushrot 
Devoni vaqf 
Voley-bek 
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga 
asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo`lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat 
eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, 
Samarqand, Buxoro, ettisuv v.b.). eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to`lovlarni 
markaziy xokimiyat hukmdori - Tamg`achxonga yuborib, amalda o`z mulklarini mustaqil 


boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Ayniqsa xonlikning 
muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo`lga 
kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko`p bor urush harakatlari olib borilgan. 
Xususan, saljuqiylarning so`ngi podshohi Sulton Sanjar (1118- 1157) Qoraxoniylarning 
Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102- 1130)ning zaiflashib qolganligidan va mahalliy 
ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so`ng 
Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo`lib qoladilar. 
Biroq ko`p o`tmay bu hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta`siriga tushib 
qoladi. Faqat 1211 yilga kelib, ya`ni so`nggi Horazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) 
davrida Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi. 
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim 
o`zgarishlar yuz beradi. 
Birinchidan, Qoraxoniylar o`lkani zabt etgach, bu erda ko`p asrlardan buyon hukm surib 
kelgan erga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat 
tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o`z navbatida qoraxoniylarga tobe bo`lgan sodiq amaldorlar
harbiy 
lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga 
mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab amalda erni ishlovchi, unda mehnat 
qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko`chdi. 
Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib er-mulkka egalik qilishning “iqto`” va iqtodorlik 
munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o`z tasarrufidagi hududlarda yashovchi 
aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar.
Uchinchidan, O`rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o`tishi erli aholi 
etnik tarkibida ham muhim o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu 
hududga yoyilishi ayni zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu erlarga 
kelib, o`rnashib, o`troqlashuviga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o`zbek xalqining 
etnik shakllanish jarayoniga ta`sir etadi. Ayni chog`da turkiy tilning iste`mol doirasi to`xtovsiz 
kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei 
va maqomi ham tarkib topib bordi. Go`zal va nafis qadimgi turkiy, ya`ni eski o`zbek 
adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib 
va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo`la oladi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish