Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha «eftaliylar» degan nomning o'zi V asming ikkinchi
yarmidan e'tiboran paydo bo’lgan. Feofan Vizantiyskiyning ma'lumotlariga qaraganda eftaliylar
shohi Vaxshunvor Eftalon deb nomlangan. Arman tarixchilaridan biri esa eftaliylar degan nom
«haft» (etti), ya'ni massagetlaming yettinchi qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydi. Amma IV
asrning o'rtalarida kushon, eftaliy va yana bir massaget qabilalari
boshqa bir qabila bilan
birlashgan. Arman tarixchilari bu qabilani «Xonlar», vizantiyalik tarixchilar esa «Xioniylar» deb
ataganlar. Arman va suriyalik tarixchilar «Xonlar»ni kushonlar bilan bir xil bilishgan,
vizantiyaliklar zsa ularni «0q xunlar» deb atashgan. Bu yyerda xi'onitlar badaniniig oqligi, o'troq
turmush sharoiti va boshqa ko'chmanchi xunlarga nisbatan ancha yuqori madaniyat darajasiga
egaligi e'tiborga olingan.
Birinchi marta xioniylar Ammian Martsellin asarida qalamga olingan. 356 yilda xioniylar
begi Grumbat o'z o'rni bilan Eron sosoniylari podshosi Shopur II (309— 379 yillar) tomonida
turib Amida (Suriya) shahrini qamal etgan paytda ittifoqchi sifatida qatnashadi.
Sosoniylar
podshosi Varaxran V (418—438 yillar) xioniylarga qarshi qattiq kurashlar olib borgan. Bu
davrda xioniylar Amudaryo havzasini egallab olib o'z hududlarini yanada kengaytirishga harakat
qilayotgan edilar. Marv atrofida olib borilgan jangda xioniylar ustidan g'alaba qozongan
Varaxran V o'z davlati chegaralarini Talqon (Marv bilan Balx oraligi) gacha kengaytirdi va bu
yyerda toshdan chegara minorasi qurdirdi. Undan keyingi sosoniylar podshosi Yazdigard II
(438—457 yillar) xioniylarning to'xtovsiz bo’lib turadigan hujumlaridan himoyalanib,
qarorgohini
Shimolga tomon, Shahriston — Yazdigard shahriga ko'chkrdi. Bu davrda u
xioniylarning juda ko’p qishloq va shaharlarini vayron qildi hamda Balxan tog'i yaqinidagi Chol
shahrida (hozirgi Krasnovodsk shahri yaqinida) o'rnashib olgan xioniylar podshosini o'ldirdi.
Ammo ikkinchi yurish paytida (453— 454) Yazdigard qo'shini xioniylar tomonidan tor-mor
keltirildi va uning o'zi qati elildi.
V asr boshlarida massaget qabilalari ittifoqidan yana bir qabilaviy guruh ajralib chiqdi. Ular
kidariylar deb atalib, Tohariston hududlarida joylashgan edilar. Bu nom qabila boshlig'i va
podshosi Kidar nomidan olingan. Kidariylar bir necha marta sosoniylar Eroniga hujumlar
uyushtirganlar. Ammo 456 yildagi bo’lgan jangda sosoniylar kidariylami tor-mor qiladilar.
Kidariylar halok bo’lgan o'z podsholari Kidarning o'gli Kungas ("Skunxa"
deb ataluvchi sak
nomi bilan taqqoslang) boshchiligida Hindiqush orqali Qandahor (Peshovar)ga ketadilar va
Shimoliy Hindistondagi Ciupta podsholigini o'zlariga bo’ysundiradilar.
Kidamylar bu yyerda 75 yil mobaynida hukmronlik qilganlar. V—VI asrlardagi tarixshunos
olinilarning asarlarida (masalan, suriyalik leshu Stilit, vizantiyalik Prokopiy Kesariyskmy,
armanistonlik Sebeos va boshqalar) xioniylar eftaliylar bilan, ba'zilarida
kushonlar bilan aynan
bir bo’lgan deb yoritiladi. Bu hoi bizga bu qabilalar o'rtasidaga farq etnik xaraktyerda
bo’lmasdan sulolaviy jihatdan farqlanadn, deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: