Maymurg`ga, 667 yilda Chag`oniyonga, 673 yilda uning o`g`li Ubaydulla ibn Ziyodning
Amudan o`tib Poykand, Romiton erlarini egallashi, so`ngra Buxoro hukmdorini engib, o`z
foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo`lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said
ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo`shin tortib kelishi va mahalliy
hukmdorlarni engib, katta boylik va ko`p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular
O`rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O`lkamizni bosib olishning
ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to`g`ri keladi. Xususan, 704 yilda
Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O`rta
Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda Amudaryodan
o`tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni
qo`lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og`ir janglar bilan fath etiladi.
710 yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o`zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay,
Sug`dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko`radi. Shu orada Xorazm
shohi Chag`on o`z ukasi Nurzod boshchiligidako`tarilgan xalq qo`zg`olonidan qo`rqib, 711 yilda
yordam so`rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga
yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o`ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa
yutmaydi. Aksincha, u o`z mustaqilligini yo`qotib, xalifalikka tobe bo`lib, uning bojdoriga
aylanadi. Chag`onning qo`shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G`urak
edi. G`urak arab qo`shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo`lmaganligi sababli
engiladi. Qutayba bilan G`urak (709-738) o`rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir
yo`la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to`lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul
o`rnida berishi ko`zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi -
Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o`z
joyidan mahrum etiladi. Arab qo`shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab
O`rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch
viloyati, Farg`ona vodiysini egallaydi, ko`p o`tmay o`lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin
ishg`ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg`inborot janglar oqibatida arablar
Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma
viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi.
Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va
zo`ravonlik o`tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma`naviy
boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir
kitoblar, qo`l yozmalar yondirildi. Zardushtiyliq buddizm dinining ko`plab ibodatxonalari,
muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug` bobokalonimiz Beruniy o`zining «O`tmish
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta`kidlaganideq arablar mahalliy din,
san`at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o`ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So`ngra
ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo`q
qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning
nazarida g`ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo`q qilindi. Bularning o`rniga arablar aholidan
olingan mo`may daromadlar, to`lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar
xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da`vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo`lga olgan
arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o`lponlarni joriy
etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: