Узбекстан тарийхы лекция


Kushonlar davri madaniyati



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

2.Kushonlar davri madaniyati. 
Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko’hna davlatchiligimiz tarixida katta iz qoldirgan. 
Buni uning tarkibiga kirgan har bir hudud, yohud elatlar mitsolida yaqqol ko’rish mumkin.Uning 
deastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo), unga tutash Xolchayon (Denov), Zartepa, 
Fayoztepa, 
Љ
oratepa, Ayritom(Termiz atroflari) va boshqalar Kushonlarning eng rivoj topgan 
savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalari o’sgan gavjum shaharlari hisoblangan. Kushonlar davrida 
mamlakatimiz hududida shaharsozlik madaniyati ham taraqqiy topadi. 
 Dalvarzintepa -Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumanida joylashgan.U Kushon 
davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan. Umumiy maydoni 36ga. dan ziyod shahar uzunligi 
2,5km, qalinligi 10 metr bo’lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o’rab olingan. 
Dalvarzintepadan 1972-yilda arxeologlar tomonidan topilgan umumiy og’irligi 30 kgdan ortiq 
tilla buyular xazinasi alohida ahamiyatga ega Undan 115 ga yaqin oltin buyumlar xazinasi 
topilgan.
Zartepa- Termiz shahridan 26 km shimoli-g’arbda joylashgan.Ko’hna shahar to’rtburchak 
shaklida(400x400) mustahkam himoya devorlari bilan o’rab olingan. Tadqiqotchilarning fikricha 
ushbu shahar mil.avvII-I asrlardan –milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bo’lgan.
Xolchayon-Ushbu shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri shimoli-sharqida 
joylashganbo’lib mil.avvIV-III asrlardan –Milodiy VII asrgacha mavjud bo’lgan.Xolchayondan 
yirik saroy inshoatlari va turar joylar ochilgan.
Eski Termiz-Umumiy maydoni 500 ga iborat bo’lib ko’hna shahar mil.avv IV-III asrlarda 
paydo bo’lgan.Antik davr manbalarida «Tarmit», «Tarmita» nomi bilan tilga olingan. Bu davrda 
o’lkamizda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati nihoyatda taraqqiy etgan, 
ko’plab sug’orish inshoatlari barpo etilgan.Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, So’g’ddagi 
Darg’om kanallari shular jumlasidandir. Soson podshosi Shopur I yozdirgan «Zoroastr 
Ka’basi»da kushonlar saltanatining hududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshavor, 
Qashg’ar,So’g’d va Chochgacha cho’zilgan»,- deyiladi.
Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo’lgan:1. Koson- Farg’ona 


vodiysida; 2. Kattaqo’rg’on- Zarafshon vohasida; 3. Kesh- Qashqadaryo viloyatidadir.Kushonlar 
davri madaniyati borasida arxeologik qazishmalar natijasida mamlakatimiz turli burchaklaridan 
topilgan buyumlar ma’lumot beradi. 1933 yilda Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan 
ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg’ish – oq toshlardan haykallar o’rnatilgan. 
Haykallarda yaxshi kiyingan va marjonlar taqqan ayollarning do’mbira, rubob, chang, nay kabi 
cholqu asboblarini chalayotgani tasvirlangan. Peshtoqning bir tomonida qo’lida gul, meva va 
boshqa narsalardan iborat dahyalar ko’targan odam haykallari o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan 
ishlangan Budda haykalining siniqlari topilgan. Bu yerdagi haykallarning ishlanish uslubi, 
kiyim- kechagi, musiqa asboblari Hindiston, Markaziy Osiyo, Yunoniston madaniyatlari hamda 
bu xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivoji madaniy hayotda juda ravshan aks 
etganini ko’rsatadi. Bu faqat Ayritomdagi haykallar timsolidagina emas, balki Xorazm, 
Farg’ona, So’g’d, Parfiya yerlarida topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, topilmalar 
timsolida ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Shahar qurilishiga katta e’tibor berilgan, me’moriy- 
monumental, tasviriy va amaliy san’at, haykaltaroshlik rivojlanish borasida eng yuqori 
bosqichga ko’tarilgan. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dini bir xil bo’lgan xalqlarning siyosiy 
jihatdan birlashishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etgan. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi 
natijasida bu yerda o’ziga xos yangi madaniyat shakllanib, rivoj topadi va keyingi asrlar 
madaniyatining taraqqiyotiga ham zamin bo’lib xizmat qiladi. Shu Bilan birga kushonlar davri 
Markaziy Osiyo xalqlarining oldingi davrdagi taraqqiyotiga yakun yasadi. Shundan so’ng Sharq 
va G’arb madaniyatlarining o’zaro ta’sirlari yangi tarixiy bosqichga qadam qo’ydi. Ellin 
madaniyatining an’analari Kushonlar davrida ijodiy jihatdan qayta shakllandi va yangicha talqin 
qilina boshladi.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish