Ershi shahri (hozirgi Marhamat) qadimgi Dovon davlatining poytaxti bo’lgan.
O’rganilayotgan davrda Dovon davlati o’zining «samoviy» otlari bilan shuhrat qozongan.
Ularning dovrug’i Xitoyga ham yetib borgan. Xitoyliklar Farg’ona otlarining qanoti borligiga
ishonishgan va ularni ilohiylashtirishgan.Xitoy Farg'ona davlatining boy-badavlat turmushiga,
uning boyliklariga ko'z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo'shin tortib bostirib kelgan.
Chunonchi, mil. av. II asr oxirlarida (104 yilda) va milodiy 1 asrning 80-yillarida xitoyliklar
Dovon davlatini o'zlariga bo'ysundirish uchun u bilan shiddatli urushlar olib borganlar. Dovon
liklar o'z qo'shnilari-Qang'a va Kushonlarining harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab
qolishga muvaffaq bo'ladilar. O'rta Osiyo hududlarini kuch bilan egallash mumkin emasligini
tushungan Xitoy tomoni shundan so'ng Dovon davlati bilan shartnoma tuzadi. Bunga ko'ra ikkala
davlat o'rtasida diplomatik va savdo-sotiq munosabatlarini yo'lga qo'yish, jumladan,
Farg'onaning uchqur arg'umoqlarini Xitoyga sotishga kelishib olinadi. Farg'ona hududi O'rta
Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim o'zgarishlar jarayonida ham o'zining
nisbiy mustaqilligini bir muncha saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan.
Mil. avv. II asr so`ngida Xitoy imperatorlari Davanni istilo qilishga urinib ko`rganlar. Mil.
avv. 104-101 yillarda xitoyliklar ikki marta Farg`onaga bostirib kiradilar. Dastlabki hujum Xitoy
imperatori qo`shinlarining mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Ikkinchi yurishda dushmanlar poytaxt
Ershi shahrini qamal qilishadi, ammo g`alabaga erisha olishmaydi. Xitoyliklarning shaharga
keladigan suv yo`llarini to`sib qo`yishlari ham foyda bermaydi. Qattiq qarshilik-ka uchragan
xitoyliklar «samoviy» arg`umoqlardan bir qismini qo`lga kiritib, Davanni tashlab chiqishga
majbur bo`ladilar.
Qadimgi Xitoy manbalarining guvohlik berishiga ko`ra, mil. avv. II asrning ikkinchi
choragida Xitoyning shimoliy-g`arbida yashov-chi ko`chmanchi xunn, sak-usun va yuyechji
qabilalari o`rtasida qonli to`qnashuv yuz berib, yuyechjilar Sharqiy Turkiston va Tibetdan O`rta
Osiyo yerlariga surib chiqariladi. Xitoy elchisi Chjan Szyanning ma’-lumotlariga ko`ra, xunnlar
siquvi ostida Sharqiy Turkiston orqali O`rta Osiyoga kelgan yuyechjilar Davan va So`g`dni
egallagach, janubga tomon harakat qiladilar va Baqtriyani bosib olib, Yunon-Baqtriya
davlatining faoliyatiga chek qo`yadilar. Yuechjilar besh xonadondan iborat bo`lgan: Xyumi,
Shuanmi, Guyshuan, Xise va Dumi xonadonlari. Xitoy solnomalarida eslatilgan Da-Yuechji yoki
Katta Yuechji davlati yuz yildan ortiq faoliyat ko`rsatadi. Katta Yuechji davlati-ning
boshlang`ich davri mil. avv. 139-125 yillarga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |