Узбекстан тарийхы лекция


Massagetlar Xorazmliklarning qadimiy ajdodlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

2.Massagetlar Xorazmliklarning qadimiy ajdodlari. 
Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm hatto o`sha rasmiy qaramlikdan ham xalos bo`ladi. Mazkur 
asrning 20-yillarida esa mintaqaga yunonlik Aleksandr bostirib kirgandaham Xorazm o`z mustaqilligini 
saklab qoladi. Bunga Xorazm hukmdori Farazman (Xvorazman)ning donishmandligi va tadbirkorligi 
tufayli erishiladi. Zamonasining eng qudratli saltanati sohibi ahamoniylarni er tishlatgan, evropa 
chekkasidan Osiyo markaziga lashkar tortib kelgan va omadi chopib turgan bosqinchi Aleksandr bilan 
ochiqchasiga bellashish mamlakatni xavf ostida qoldirishini tasavvur etgan Farazman siyosat yo`lini tutadi. 
1500 otliq askar qo`riqchi ligida u shaxsan Aleksandr huzuriga keladi. Arrianning (miloddan avvalgi I 
asrning oxiri – I asr) guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 329 yili Aleksandr Samarqandda turganida, 
aytilganidek, Farazman tashrif buyuradi. Xorazm hukmdori mazkur uchrashuv chog`ida Aleksandrga 
harbiy ittifoq tuzib Qoradengiz tomon yurishni taklif etadi. So`g`dlik Spitamen qo`zg`olonini bostirish bilan 
band bo`lgan Aleksandr Farazmanga tashakkur aytib, u bilan do`stlik ittifoqini tuzadi. Shu bilan birga hozir 
Pontiga (ya`ni Koradengizga) yurish vaqti emas deb aytadi. Aleksandr ishonchini oqlagan Farazman 
yunonliklarning keyingi harbiy rejasi Hind zaminiga yurish qilish ekanligini ham bilib oladi. Uzoqni ko`ra 
bilgan Farazman shu tariqa mintaqadagi yagona barqaror makon Xorazm daxlsizligini saqlab qoladi hamda 
Aleksandrning kelgusi rejalaridan voqif bo`lib oladi. Farazmanning Aleksandr bilan ittifoqi strategiya nuqtai 
nazaridan amalga oshirilgan siyosiy qadam ekanligini shundan ham aniqlab olish mumkinki, bir yil o`tar-
o`tmas, miloddan avvalgi 328 yili u yunonliklar tazyiqidan qochishga majbur bo`lgan Spitamenga 
Xorazmdan boshpana beradi.
Fikrimizcha, Xorazm hukmdorining Aleksandrning ashaddiy dushmani Spitamenni qabul qilishina 
faqat uning vatandoshlik hissidan, balki Aleksandrning ahvolidan boxabarligi hamda ma`lum ma`noda o`z 
imkoniyatlariga ishonganligidanhamdir. Zero, Xorazm bu zamonda janub va sharqdagi ta`sirini yo`qotgan 
bo`lsada, shimoli-g`arbda Qora dengiz Azov bo`ylarigacha bo`lgan erlarda o`z mavqeini saqlab qolgandi. 
Xorazm daxlsizligi saqlanib qolingan bo`lsada, ammo boshqa viloyatlar, masalan, So`g`diyona Aleksandr 
bosqinidan ko`p talafot ko`rgan. Yunonlik Diodor (miloddan avvalgi I asr) guvohlik berishicha, bir safar 


Aleksandr qo`zg`olon ko`targan 120 ming ajdodimizni qirib tashlagan.
Aleksandr vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil) so`ng ko`p o`tmay Parfiya, Ariya, Baqtriya va 
So`g`diyona yunonlik Salavka asos solgan Salavkiylar saltanatiga tobe bo`lib qoladi. Xorazm bu safar ham 
o`z daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo`ladi. Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Baqtriya, 
So`g`diyona, Parfiya Salavkiylar saltanati tarkibidan ajralib chiqadi. Taxminan miloddan avvalgi 170 
yillarda So`g`diyona va Shosh (Toshkent) Xorazm ta`sir doirasiga tortiladi. Miloddan avvalgi II asrda 
o`lkamizda bo`lgan xitoylik Chjan Tsyan guvohlik berishicha, Xorazm (xitoyliklar nazdida Qang`a) 
sharkda Farg`ona, janubda Parfiya va Baqtriya bilan chegaradosh, g`arbiy sarhadlari esa Buxoro va Xorazm 
vohalarini o`z ichiga olgan. Miloddan avvalgi I asrda yashagan xitoylik tarixchilar Xorazmga Orol va Azov 
dengizlari oralig`idagi alanlar (hozirgi osetinlarning qadimgi ajdodlari) va Ural oldi o`rmon qabilalari ham u 
yoki bu shaklda qaram bo`lganliklarini yozib qoldirganlar. Demak, miloddan avvalgi so`nggi asrda 
xorazmlik siyosiy kuchlar Qora dengizdan Fargonagacha bo`lgan ulkan hududda o`z siyosatlarini yurgizib 
turgan katta qudrat egasi hisoblanganlar.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish