hamda Shiroqning «men forslar kuchi bilan o`z dushmanlarim ta`zirini bermoqchiman» degan so`zlariga
ishonib, uni o`z yonida qoldiradi. Shiroq esa Doroga saklar turgan joyga qo`qqisdan boshlab boraman deb
va`da beradi. etti kunlik egulik va ichimlikni g`amlab, Doro va uning qo`shini Shiroq rahnamoligida yo`lga
tushadi. Qumliklar uzra ancha yo`l bosib qo`yganlarida Doroning ming boshisi Ranosbat Shiroqning
hiylasini fahmlaydi va undan: «Aytchi, shunday ulug` podshohni laqillatib, forslarning shuncha ko`p
lashkarini na bir o`t, na bir qush, na bir hayvon ko`rinadigan, ilgari yursang ham, ortga qaytsang ham benaf
bunday cho`lu biyobonga boshlab kelishga sen i nima majbur qildi?!»,—deb so`raydi. Shiroq qo`llarini
o`ynatib, qattiq qah-qah urib, «Men yutdim, vatandoshlarim saklardan xavfni bartaraf etish uchun ochlik va
tashnalikda forslar (lashkarini) o`lassi qildimku!», javobini beradi.
Ranosbat shu zahotiyoq uning kallasini kesadi. Tasodifan yog`ib qolgan yomg`irgina Doroni butkul
halokatdan saqlab qolgan ekan Biron-bir manba Xorazm va uning ta`sir doirasida bo`lgan erlarning qay
tarzda ahamoniylar tobeligiga tushib qolganligi to`g`risida aniq bir ma`lumot bermaydi. Ammo Doroning
(miloddan avvalgi 522—486 yillar) buyrug`i bilan Zagros qoyasiga (Erondagi Ker-monshoh shahridan
30km masofada joylashgan) o`yib bitilgan yozuvga ko`ra Xorazm, So`g`diyona. Ariya, Parfiya
ahamoniylarga qaram 23viloyat (satrapiya) qatorida sanab o`tiladi. Ayni guvohliklarni Persepoldagi
(Erondagi Sheroz shahridan shimolda, taxminan 50 km masofada joylashgan; 520-450 yillar orasida
qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin. Lekin Doroning qabr toshi bitiklarida ahamoniylar saltanatiga
tobe mamlakatlar ro`yxatiga So`g`diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan, xolos. Xorazm esa bu qatorda yo`q.
Gerodot qoldirgan ma`lumotlarda aitilishicha, Parfiya, Xorazm, So`g`diyona, Ariya ahamoniylarga qaram
XVI okrugni tashqil etib, yiliga 300 talant soliq to`lab turganlar. Xullas, yana bir qator yozma guvohliklarni
mantiqiy mushohada etgan holda ahamoniylar Xorazm munosabatlarining bu davrdagi ahvoli to`g`risida
quyidagi fikrga kelish mumkin. Xorazm o`z ta`sir doirasidagi viloyatlarda (So`g`diyona, Parfiya, Ariya) o`z
mavqeini saqlab qolish niyatida rasman ahamoniylar ustunligini tan olgan va zikr etilgan 300 talant soliqni
ham asosan o`zi to`lab turgan va shu tarzda ahamoniylarga tobe o`lkalar ro`yxatiga tirkalib qolgan. Amalda
esa o`z mustaqilligini saqlab qolgan. Zero, qanchalik kuch-qudratga ega bo`lmasin ahamoniylar mintaqa
uchun ku-rashda biron-bir jiddiy zafar quchganliklari to`g`risida hozirda biron-bir tarixiy guvohliklar yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: