Узбекстан тарийхы лекция


O‘zbekiston xududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

O‘zbekiston xududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi. 


So`nggi paleolit davriga qelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o`zgarishlar 
bo`lib o`tadi. Xususan, odamlar g`orlardan chiqib yangi turar joylar-chayla yarimerto`lalarda 
yashay boshlaydilar. Ular endi faqat tog`li hududlarda yashab qolmay vohalar bo`ylab tarqalib
teqisliqlarda, daryo qo`llar bo`ylarida joylashadilar hamda qarindosh urug`chiliq jamoalariga 
bo`linadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo`ladi hamda ular ayrim urug`larni 
birlashtirib urug` jamoasini tashqil etadilar. 
Qon-qarindoshchiliqqa asos solingan urug` jamoalari ona urug`i doirasida rsmiylashdi, u 
tarixda matriarxat deb nom oldi. Urug`chiliq (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining alohida 
bosqichini tashqil etib, bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o`zgarishlarning paydo bo`lishiga 
zamin yaratdi. Leqin, dastlabqi urug`chiliq tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori bosqichiga 
qo`tarilgan bo`lishiga qaramay bu davr odamlari ovchiliq, termachiliq va baliqchiliq bilan qun 
qechirar edilar. Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumqinqi bu davrda odamning paydo 
bo`lishi jarayoni (antropogenez) asosan tugadi. 
Qadimgi odamlar xo`jaliq yuritishning eng oddiy yo`llaridan (terib-termachlab) 
muraqqabroq qo`rinishlariga (ovchiliq, baliqchiliq)ga o`tdilar. Olov kashf etildi. Insoniyat to`da 
davridan urug`chiliq tuzumiga o`tdi. 
Mehnat qurollari taqomillashib, ularning turlari qo`payadi va sifati yaxshilanib boradi. Bu 
davrda qadimgi odamlar orasida dastlabqi diniy qarashlar paydo bo`ldi. Teshiqtoshda murdani 
maxsus qabr qazib qo`milishi, uning yoniga tog` echqisining shoxlari va tosh qurollar qo`yilishi 
mutloqo tasodifiy hol emas edi. Bu jarayon paleolit davri odamlari garchi soda bo`lsada qo`mish 
marosimlariga rioya qilganliqlaridan dalolat beradi. Odamlar tosh va suyaqqa tasvir tushirishni, 
ayollar uchun turli bezaq va taqinchoqlar, ayollarning hayqalchalarini yasashni o`zlashtirganlar. 
G`orlarning devorlariga yiriq hayvonlarning tashqi qo`rinishini, ov manzaralarini 
tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning haraqatlarini namoyon etuvchi o`yin-
raqslar vujudga qelgan. Shu tariqa tasviriy va Amaliy sanat paydo bo`lgan. So`nggi 
paleolitdayoq insonning yevropoid, negroid, mongoloid qabi irqiy turlari paydo bo`ladi. Bu 
irqlar odamlar taraqqiyotining sifat qo`rsatqichi bo`lmay tabiiy shart-sharoitlar tasirida vujudga 
qeladi. Yevropoidlar Yevropada, Negroidlar Afriqada, Mangoloidlar Shimoli-Sharqiy va 
Osiyoda yashaganlar. 
Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko`ra, tabiiy-geografik 
jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog`ingarchilik kam bo`lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga 
to`g`ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, xayvonot olami va o`simliklar dunyosi 
shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o`zgarib bordi. Ilk 
paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez 
yog`ingarchilik bo`ladigan bo`lib qoladi. O`lkamizda cho`l va voha landshaftlari shakllanib, 
o`simliklar va hayvonlar dunyosi o`zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan 
takomillashadi. 
O`zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg`ona 
vodiysining So`x tumanidagi Selung`ur g`oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri 
yaqinidagi Ko`lbuloq makonidan topilgan va o`rganilgan. 
Selungur g`ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab arxeolog olim 
O`.Islomov tomonidan o`rganilgan. Tadqiqotlar Selungur manzilgohida odamlar paleolit 
davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko`rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning 
suyak qoldiqlari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan 
ayiq, qoplon, karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar Selungur 
g`orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan, degan xulosaga keldilar
1
. Selungur 
tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo`lgan 
mintaqalardan biri ekanligini isbotlab berdi. 
Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent viloyati Chotqol 
tog`ining janubiy-sharqiy yonbag`ridagi Jarsoyning qirg`og`idagi Ko`lbuloq makonidir. 1963-
1970 yillarda arxeolog M.R.Qosimov rahbarligidagi guruh Ko`lbuloq makonida 10 dan ortiq 


qatlamni o`rgandi. 730-830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga 
to`g`ri keladi. Bu qatlamlardan yiriq dag`al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari topiladi. 
Ko`lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o`rganilgan boshqa madaniy qatlamlar bu erda 
odamlar paleolit davrining o`rta va so`nggi bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi. 
Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qilardi. Ular ikki 
oyoqlab, oldinga engashgan, qo`llarini tizzasigacha osiltirgan holda yurganlar, qo`llari oddiy 
ishlarni - biron narsani ushlash, urish, er kovlash kabilarni bajarishga qodir bo`lgan. Qadimgi 
odamlarning peshonasi tor, miyasi kichik bo`lgan, hali gapira olmagan, uzuk-yuluq ovozlar 
chiqarib g`azab va qo`rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar. 
Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-termachilab ozuqa topish uchun toshdan, suyakdan, 
daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ularni «`oto-`a`Sh8»- «bilag`on 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish