2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling va hollarni toping.
Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi. Toshkentda- o‘rin holi
Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo‘lsin. Oilada, dunyoda-qayerda?-o‘rin holi
Наша семья живет в Ташкенте.
Пусть будет мир в семье, благополучие в жизни, мир на свете.
3. N. Hasanovaning “O‘zbekiston askari” she’rini yoddan ayting. 66-bet
6-BILET
1. “Suv hayot demakdir” matnini o‘qing va mazmunini so‘zlang.
Suv hayot demakdir
Suv - hayot manbai, inson salomatligining garovi. Odam o‘zini yaxshi his qilishi uchun faqat
toza ichimlik suvidan foydalanishi kerak. Bugungi kunda suvni tejab ishlatish, ariq va
anhorlarga axlat tashlamaslik haqida uka-singillarimizga gapirib bersak, o‘zimiz ularga
o‘rnak bo‘lsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Suvga tupurish, unga xascho‘p tashlash hamda
isrof qilish qadimdan qoralangan.
Suv nafaqat inson uchun, balki butun tabiat, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun ham juda
zarur. Agar suv bo‘lmasa butun borliq, shu jurnladan insoniyat ham yo‘q bo‘lib ketishi
mumkin. Shuning uchun, aziz o ‘quvchilar, suvdek noyob xazinamizni asraylik. Shunda ona
tabiat bizga o‘zining barcha boyliklarini in’om etib, el-yurtirniz boybadavlat, farovon yashaydi.
2.Shaxsi ma’lum gaplarga misollar keltiring.
1. Bugun Qo‘qonga jo‘naymiz.
2. Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim.
3. Topshiriqni o‘z vaqtida bajaraman.
4. Ko‘rkamgina yigit do‘konga shoshilib kirdi.
5. Sizga dunyodagi jamiki ezgu tilaklarni tilayman.
6. Hamid Olimjon shoirgina emas, mohir tashkilotchi ham edi.
3. Sevimli asar qahramoningiz haqida so‘zlang.
7-BILET
“Maftunkor bo‘yoqlar” matnini o‘qing va mazmunini so‘zlang.
Maftunkor bo‘yoqlar
Har bir xalq o‘zi makon tutgan yerni sevadi, ardoqlaydi, himoya qiladi. Shoirlar madh etadi, musavvirlari esa bu yurtning betakror manzaralarini bo‘yoqlarga ko‘chiradi. Shimol musavviri uchun bepoyon muz kengliklari qanchalik ilhom baxsh etsa, afrikalik rassom uchun savannalar shunchalik qadrlidir. Dunyo rassomlik san’ati shu sababli ham g‘oyatda boy va rang-barangdir.
Mustaqillik sharofati tufayli milliy tasviriy san’at taraqqiyotiga zamin yaraldi. Bu davrda tasviriy san’atning rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika turlari, uning ko‘pgina janrlari rassom va haykaltaroshlarning erkin ijodiy fao liyatlari keng tus oldi.
Jahon tasviriy san’ati xazinasida o‘zbek mo‘yqalam ustalari asarlari ham mavjud. Tarixda Leonardo da Vinchi kabi ulug‘lar qatorini buyuk Kamoliddin Behzodsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, bugungi ijodiy jarayonni ham o‘zbek rassomlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston xalq rassomlari Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev, O‘rol Tansiqboyev, Alisher Mirzayev, Rahim Ahmedovlarning asarlari dunyoga mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |