Uzbekistonda davlat muassasalari tarixi


II. bob. Sharqiy va G’arbiy turk xoqonligida davlat boshqaruv tizimi



Download 352,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.04.2022
Hajmi352,74 Kb.
#563043
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turk xoqonligida davlat boshqaruvi.docx55555

II. bob. Sharqiy va G’arbiy turk xoqonligida davlat boshqaruv tizimi 
2.1.Sharqiy turk xoqonligida davlat boshqaruv tizimi 
O‘rta Osiyoning Turk xoqonligi tarkibida bo‘lishi o‘sha davr davlatchilik 
tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Avvalo, Turk xoqonligi juda katta hududlardagi turkiy qabilalarning birlashuvi va 
jipslashuviga keng imkoniyatlar yaratib, O‘rta Osiyodagi ayrim turkiy xalqlar 
shakllanishiga asos soldi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, avval Turk 
xoqonligi, keyin esa G‘arbiy turk xoqonligining qudratli va ko‘chmanchilarga xos 
shiddatli harbiy tashkiloti, Sug‘diylarning bevosita aralashuvi tufayli olib borgan 
diplomatik siyosati Xitoy, Vizantiya va Eronning O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar davri 
xalqlari va elatlariga nisbatan olib borayotgan tajovuzkorlik siyosati yo‘liga 
mustahkam to‘siq qo‘ydi. 
Bepoyon dasht va cho’l hududlarida, serhosil va sersuv vohalarda tashkil 
topgan 
ulkan 
davlat 
birlashmalari 
kattagina 
hududlardagi 
shaharlar, 
hunarmandchilik, madaniyat, savdo-sotiq va o‘zaro aloqalarning rivojlanishi uchun 
keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalaning yana bir eng muhim tomoni shundaki, 
Turk xoqonligi mavjudligi davr - ko‘chmanchilar madaniyati insoniyat 
sivilizatsiyasining o‘z yo‘nalishi va jihatlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos va betakror 
tarmog‘i bo‘lib, o‘troq aholi madaniyati bilan aralashib, uyg‘unlashgan madaniyat 
paydo bo‘lishi davri bo‘ldi. 
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon 
yashab, o‘zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko‘plab tarixiy 
manbalar tasdiq etadi. Mo‘’tabar Xitoy manbalari, mashhur «O‘g‘iznoma», Urxon-
enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda 
ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‘u, O‘g‘iz, 
To‘qqiz o‘g‘iz, O‘ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg‘ur, To‘qri (toharlar), 
Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar. 
VI asr boshlarida Oltoyda siyosiy jarayonlar faollashadi. O‘sha paytda 
hozirgi Mo‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan 
xonligi hukmronlik qilardi. Sharqiy Turkiston, Farg‘ona, Sug‘diyona, Xorazm, 


21 
Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eron hududlarida esa eftaliylar 
hukmronlik qilardi. Manbalarda ta’kidlanishicha Xitoyning shimoliy qismida 
hukmronlik qiluvchi Vey sulolasi (386-558) xonadonlarining kelib chiqishi ham 
turkiy tilli xalqlarga borib taqalardi. Shunday qilib, VI asr boshlarida Uzoq 
Sharqdan Kaspiy dengizgacha bo‘lgan hududlarda hokimiyat tepasida turkiy 
sulolalar turardi. 
VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei 
ko‘tariladi. Ashin urug‘idan Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug‘larni 
o‘zlariga bo‘ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuu 
o‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan 
chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xoni qo‘shinlarini engib, ularni o‘ziga 
bo‘ysundiradi. Bumin 551 yilda yangi davlat – Turk hoqonligiga asos soladi. 
Uning poytaxti Oltoydagi O‘tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning 
dovrug‘i ortib borgan. U ko‘p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha 
hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o‘lpon 
tariqasida yuz bo‘lakdan ipak mato berib turishga majbur bo‘lgan. 

Download 352,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish