ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
ТАРИХ ФАКУЛЬТЕТИ 1 КУРС 101 ГУРУҲ
ТАЛАБАСИ CАТТОРИЙ ШОХРУХНИНГ
“ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ” ФАНИДАН
“ҚОРАХОНИЙЛАР ДАВЛАТИ”
МАВЗУСИДАГИ
Р Е Ф Е Р А Т И
НАМАНГАН-2011
Mavzu: Qoraxoniylar davlati
Reja:
1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi
2. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
3. Qoraxoniylar davlatini ikkiga ajralishi
4. Qoraxoniylar davlatida boshqaruv tizimi
5. Qoraxoniylar davlatida ilm – fan va madaniyat
Qoraxoniylar davlati
X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Koshg'arda yashagan yag'mo qabilasi
kuchayib, avval o'zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan
yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngra Yettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni
bo'ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.
"Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan
so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan
maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan.
940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi.
Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul
qiladi va <> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola
uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi. X-asr oxirida Yettisuv va
Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi
Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy qabilalar -
qorluqlar, chigillar, arg`ular, yag`malar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular 960
yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ra boshchiligidagi
Qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar
g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu Ali Simjur
o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab
bo`lgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar, amir Nuh esa
Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon kasallanib, o`z vatani
Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan
qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga
qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan
Qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili Qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol
etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol
Movarounnahrda hokimiyat Qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib
keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy
Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan.
1005 yilgacha Somoniylarning so`nggi vakili al-Muntasir Qoraxoniylar bilan
muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani
ta'minlagan. Bog`dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o`z
hukmronligini o`rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar
tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga
topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin
vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g`aznaviylar
davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning
kuchaygan davlatiga tobe bo`lib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda
joylashgan, so`ngra Samarqandga ko`chirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe
bo`lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko`plab binokorlik
ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan,
musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo`shishgan.
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi
992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum
boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa
viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar
Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda
Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qo`liga olgan turk
noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik
qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib,
Qoraxoniylarga yon bosadilar.
Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Ko'p o'tmay Bug'roxon hojib
Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug'roxon Buxoroda uzoq
turolmaydi. Kasallik uni Koshg'arga qaytishga majbur etadi. Yo'lda u vafot etadi.
Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib o'z taxtini
egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk noiblari Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy
Xurosonda amirga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. O'z kuchiga ishonmagan Nuh ibn
Mansur - G'azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli
qo'shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib,
qo'zg'olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so'ng Foyiq va Abuali
qo'shinlari tor-mor qilinadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abuali Simjuriy o'rniga
Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtakin va
o'g'li Mahmudning siyosiy xukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylar davlati
tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan
Amudaryogacha bo'lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda Qoraxoniylar
Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik
qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, Juzg'on va Xuttalon
hokimlari ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib
keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu
Somoniylar amirining xukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq
unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib,
Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi Bunga javoban Sobuqtakin qo'shin yuborib
Buxoroni egallaydi. So'ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi.
Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi
Qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu
jumladan Xurosonga hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning
markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq, ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar Buxoroni
bosib oladilar. Garchi Somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni
qaytarib olishga uringan bo'lsalarda ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon
tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi barham topgan edi. Shunday
qilib x asr oxirida Somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri
Koshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini,
Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi Sug'dni o'z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati
bo'lsa, ikkinchisi Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy
qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlarni qamrab olgan G’aznaviylar davlati edi.
Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi
Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan bo'lsa-
da, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi xisoblab,
uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay
Qoraxoniylar va G’aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-va
1008-yillarda Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus
va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga
qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quwatlaydilar. Lekin
Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida
saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud Xorazm ustiga qo'shin
tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barham
topadi.
Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan
Xurosonga borib o'rnashgan turkman qabilalari kuchayib, o'z vaqtida ularga yer
berib homiylik qilgan G’aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatadilar. Saljuqiylar bilan
jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Qoraxoniylarning
mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin 1038-yilda Amudaryo bo'yi. viloyatlari
Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni G’aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay
u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita
boshlaydi. Natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri
poytaxti Bolosog'unda bo'lgan Sharqiy Qoraxoniylar, ikkinchisi markazi
Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g'alabalarda
so'ng Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvoniga sazovor bo'ladi, Saljuqiylar bilan
Qoraxoniylar o'rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo'lsa-da, ammo
keyinchalik keskinlashib ketadi. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli janglar
bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga qo'shin
tortib, Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada
Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.
Davlat boshqaruvi
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga
asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik
hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil
tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.). Eloqxonlar
tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat hukmdori -
Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy siyosiy
vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Viloyat
hokimlari faqat Qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan
a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va
viloyatning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy
eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U, odatda, Samarqandda taxtiga o'tiradi.
Viloyat boshqaruv ma'muriyatida Somoniylar davridagidek vazirlar, sohib baridlar,
mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari
tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi
mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona
munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor
kuchayib, ularning obro'yi har qachon-gidan ham balandga ko'tariladi. Qoraxoniy
hukmdorlar garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham,
dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahami-yatini yaxshi anglar edilar.
Ilmfan va madaniyat
O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa,
tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-
shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy
ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi.
Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab
asarlar va maqolalar yozilgan. Mutafakkir yubileyi esa uning ajoyib tarjimai holi
hamda jahon madaniyati rivojidagi rolini qayta ko‘rib chiqishga da'vat
qiladi.Mahmud Qoshg‘ariy XI asrda turkiy Qoraxoniylar davrida yashab, ijod
qildi. Taxminan 400 yilga yaqin hukm surgan Qoraxoniylar davri Markaziy Osiyo
va yon-atrofdagi xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Qoraxoniylar davlatida X asrda xalqning milliy ongi rivojlanishi va o‘sishi
asnosida ilm-fan va adabiyot ham ravnaq topdi. Hududda shu davrning mashhur
olimlari - Xorazmiy, Xo‘jandiy, Yusuf Xos Hojib, Al Farobiy, Ibn Sino, Beruniy
yashab, ijod qildi. Bu kabi donishmand, iqtidorli va yuksak ma'naviyatli olimlar
paydo bo‘lishi shundan dalolat beradiki, Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davri
Yevropa Uyg‘onish davriga nisbatan bir necha asr avval boshlangan. Xususan,
Qoshg‘ar, Xotan, Bolasog‘un, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz,
Marv nihoyatda go‘zal shaharlarga aylanib, tobora kengaya boshlagani ham
fikrimiz dalilidir.
U butun dunyoga o‘quv yurtlari, betakror me'moriy majmualari,
karvonsaroylari bilan tanilgan edi. Xalqaro savdo yo‘llari (Buyuk Ipak yo‘li)ning
asosiy chorrahasi Qoraxoniylar hududida joylashgan edi. Sharqdan G‘arbga va
G‘arbdan Sharqqa yo‘l olgan karvonlar va elchilar Qashg‘ar, Xotan, Bolasog‘un,
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz shaharlari orqali o‘tgan, yangi
xalqaro savdo yo‘li qadim zamondan buyon turkiy xalqlar nazorati ostida edi.
O‘zaro savdo munosabatlari hunarmandchilikni rivojlantirish bilan bir qatorda,
madaniy almashinuvlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Qoraxoniylar davlati hukm surgan to‘rt asr mobaynida Markaziy Osiyo xalqlari
nisbatan tinch-osuda va farovon yashadi. Buning oqibatida barqaror vaziyat hukm
surib, ilm-fan va madaniyatning ravnaq topishi uchun imkoniyatlar vujudga keldi.
Natijada ulug‘ ajdodlarimiz - faylasuflar, tarixchilar, astronomlar, shoirlar samarali
ijod qilishdi. Turkiy olimlar arab va fors tillarini, binobarin, G‘arb ijodkorlarining
yunon tilidan arabchaga o‘girilgan asarlarini mukammal bilishgan va turkiy islom
madaniyatini yaratishda ulardan foydalanishgan. Qoraxoniylar davri yuqori
darajali madaniyatdan buyuk Firdavsiyning "Shohnoma" dostoni bilan qiyoslanishi
mumkin bo‘lgan Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u biligda (“»Saodatga eltuvchi
bilim») - falsafiy-didaktik dostoni va Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit
turk" asari chinakamiga guvohlik beradi. Buyuk tilshunos olim Mahmud
Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘atit turk" asari Qorahoniylar davrining noyob
durdonasi hisoblanadi. U o‘””lmas obida sirasiga kiradi va o‘zida davr tili,
adabiyoti, tibbiyoti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, hunarmandchiligi va
astronomiyasi xaqidagi bilimlarni qamrab olgan.
"Devoni lug‘atit turk"dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat
kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini keltirgan
va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu
xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda
geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim
shaharlar va qabilalar qayd etilgan. Qoraxoniylar davrida turkiy tildagi
adabiyot jadal taraqqiy etdi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillar shevalarini tadqiq
qiluvchi asari orqali mumtoz turkiy adabiyot va she'riyat, xalq og‘zaki ijodi
ravnaqi uchun zamin hozirladi, turkiy xalqlar adabiy tilini ishlab chiqdi, unga
sayqal berdi. Natijada turkiy she'ri-yatning asosiy janrlari shakllandi, rivojlangan
she'riy leksikaga ega istioralar tizimi va nutq vositalari tug‘ildi. Mahmud
Qoshg‘ariy jahonda turkiy tilning ijtimoiy lingvistikasi asoschisi, deb tan olinishi
bejiz emas. Yanada muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha
davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini
aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada
ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy
muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar
chuqur ifodalangan. Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy
faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat
to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi.
Mahmud Qoshg‘ariy shunday yozadi: "Men Falak turkiylar zaminida davlat
yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni turkiy» deya atadi va ularni davlat
boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar edi va hokimiyat ularning qo‘lida edi,
ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-
quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan
saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saqlanish uchun har bir oqil kishi ularga
ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida
so‘zlamoq kerak". Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati
to‘g‘risida aytilgan edi. Chindan ham "Devoni lug‘atit turk" qomusiy asardir. U
turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog‘onaga ko‘tardi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz xotirasiz kelajak yo’q. T.: SHarq, 1998.
2.
Hasanov H. Sayyoh olimlar. – T.: O’zbekiston,1981.
3.
Jabborov I. O’zbek xalq etnografiyasi. – T.: O’qituvchi, 1994.
4.
Rustamov M. O’zbek etnografiyasi - T., 1990.
5.
Kabirov A., Sagdullayev A. S. O’rta osiyo arxeologiyasi. - T., 1990.
6.
Karimov Sh., Shamsiddinov R. Vatan tarixi
-
T., 1997.
7.
Axmedov B. Tarixdan saboqlar.- T., 1994.
8.
Murtazayev R. H. Ozbekiston tarixi (Oliy o’quv yurtlarining
nomutaxassis talabalari uchuun darslik). –T.: Yangi asr avlodi, 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |