Musiqa sanati. Ananaviy qwshiqchilik sanati. Malumki wtmishda mah’alliy h’ukmdorlar musiqa sanati ah’liga h’omiylik qilib kelgan.
Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan swng, bu ananalar ywqqa chiqarildi. Mah’alliy xalq orasidagi milliy musiqa sanatiga bwlgan azaliy qiziqish evropacha musiqa janrlari, ijrochiligi va talim tizimini astoydil singdirish ywli bilan paymol qilindi. Toshkent, Qwqon, Farg’ona, Buxoro, Samarqand kabi yirik shaxarlarda rus imperatori musiqa jamiyati bwlimlari, uning tarkibida esa «Lira» xor jamiyati (1898), Musiqa va drama (1907), Simfonik va kamer musiqa (1908), Vokal musiqa (1914) singari evropacha musiqa shah’obchalari keng faoliyat boshladi.
Bunday sharoitda mah’alliy atoqli xonanda, bastakor, sozandalar atrofida muayyan «ustoz-shogird»tarzidagi maktablargina mah’alliy ananalarni davom ettirib keldi. Xususan, Buxoroda – «Shashmaqom” ijrochilik maktabi Ota Jalol (1845-1928), Ota G’iёs (1859-1927) va Levi Boboxon (1873-1926)lar, Samarqandda – maqomchilik va bastakorlik Xoji Abdulaziz (1852-1936), Xorazmda – maqomchilik Pah’lavon Niёz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy, 1825-1897), Farg’onada - sozandalik Rustam Meh’tor (1860-1933), katta ashulachilik Erkaqori (1877-1954), Toshkentda – maqomchilik va ashullachilik Twychi Hofiz (1868-1943) singari ustozlar atrofida taraqqiy topdi.
Mustamlaka sharoitida bwlishiga qaramasdan, Turkiston wlkasida ananaviy qwshiqchilik sanati taraqqiy eta bordi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysida yaratilgan kuylar va qwshiqlar wsha davrning og’ir kunlarini, ezilgan meh’natkash xalq ommasining orzu umidlarini ifodalaganligi bilan xarakterlanadi.
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi murakkab iqtisodiy, siёsiy vaziyatga qaramasdan wzbek sanatkorlarining nomi boshqa davlatlarga h’am tarqalgan. Masalan, Samarqandlik mashh’ur h’ofiz Xoji Abdulaziz Rasulov Eron, Afg’oniston, Hindiston, İroq va Yunoniston mamlakatlarida wz sanatini namoyish qilgan. Toshkentlik Mulla Twychi Toshmuh’ammedovning ovozini Ёrkent, G’ulja, Chuguchak ah’li sevib tinglagan. Twychi h’ofizning 25 ga yaqin qwshig’i Riga «Grammafon» jamiyati tomonidan 1905 yilda ёzib olinib, tarqatilgan.
Ananaviy wzbek qwshiqchilik madaniyatining rivojlanishida Hamza Hakimzoda Niёziyning aloh’ida wrni bor. U wz sherlarini xalq kuylariga solib, tanish ashula ёki qwshiqlar oh’angiga mwljallab ёzilishini taminladi va bu bilan ushbu asarlar tezroq xalq orasida ёyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |