Tabiiy fanlar. XVI-XIX asrlarda wtgan davrga nisbatan Wrta Osiё tabiiy fanlar rivojida birmuncha turg’unlik h’olati vujudga keldi. Bu jamiyat madaniy h’aёtida va musulmon ruh’oniylarining mutaassib qatlamini nufuzi kuchayib ketishi bilan bog’liq edi. Shunga qaramay Wrta Osiёlik olimlar wtmishdagi buyuk ajdodlari Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, İbn Sino, Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning asarlariga sharh’lar ёzdilar, yangi g’oyalarni wrtaga tashladilar. Bu davr matematik olimlari qatorida Muh’ammad al -Xodi Toj al-Sayidiy, Latif Muh’ammad ibn Bobo Samarqandiy (Bobokalon Muftiy nomi bilan shuh’rat qozongan), Muh’ammad Amin al-Mwminobodiy, Abdusamad ibn Qozi Muh’ammad Akbarxon (Xon Ulum laqabi bilan mashh’ur), Tursun az-Zominiy al-Farxiziy, Soqi Muh’ammad ibn Muh’ammad Amin as-Son Chah’orёqiy, Mirza Bade devonlarni kwrsatish mumkin.
Bu olimlardan Latif Muh’ammad ibn bobo Samarqandiy (XVI asr)ning Wrta Osiёdagi madrasalarda XVII – XIX asrlarda darslik sifatida wqitilgan. “Risola dar ilmi h’isob” (“Hisob ilmi risolasi”), “Vasiyat bar chah’or qism” (“Twrt xil vasiyat”) va boshqa asarlari diqqatga sazovor.
Qozizoda Rumiyning nabirasi Mah’mud Muh’ammad Miram Chalabiy astronomiya va matematikaga oid bir qancha asarlar ёzgan.
Ashtarxoniylardan bwlgan Buxoro xoni Subxonqulixon ilmi nujum (astronomiya)ga doir “Lubb ul-laviyih’ ul-qamar fil-ixtiёrot” (“Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining moh’iyati”) risolasi muallifi h’isoblanadi. Astronomiya ilmi rivojiga, shuningdek Ah’mad Donish (1827-1897) h’am munosib xissa (“Manozir ul-kavokib”), (“Sayёralarning joylashishlari” asari) qwshgan. XVI-XIX asrlarda geografiya fani h’am birmuncha rivojlandi. Goegrafiyaga doir maxsus asarlardan tashqari memuar xarakterdagi risolalar, saёh’atnomalar paydo bwldi. Nizomiddin Abduvali al-Birjandiy, Bobur, Sulton Muh’ammad al-Balxiy, Hofiz Tanish al-Buxoriy, Mah’mud ibn Vali, Sayid Muh’ammad Toh’ir ibn Abdulqosim, Abulg’ozi Bah’odirxon, Abdulkarim Buxoriy, Xudoyberdi ibn Qushmuh’ammad, Abu Toxirxoja Samarqandiy kabilar bu soh’aga munosib h’issa qwshganlar. Jumladan, Birjandiy (taxminan 1525 yil vafot etgan) “Ajoyib ul-buldon” (“Mamlakatlar ajoyibotlari”) asarida Wrta Osiёda keng tarqalgan bwlib, unda etti iqlimdagi dengizlar, tog’lar, darёlar, shuningdek yirik shah’arlar – Samarqand, Buxoro va Xorazm h’aqida qiziqarli malumotlar keltirilgan.
Boburning “Boburnomasi”da Farg’ona vodiysi, Buxoro, Toshkent, Hisor, Xirot, va Qobulning tabiiy sharoitlari keltirilgan h’amda boshqa mamlakatlar h’aqidagi geografik malumotlar, wsimlik va xayvonot dunёsi, ah’olisi h’aqida qiziqarli faktlar keltirilgan.
Wrta Osiё xalqlari wrtasida tibbiёtga doir asarlar keng tarqalgan. Ularning orasida Sharq olimlarining tibbiёtga oid mumtoz asarlarining tarjima qilingan nusxalari, shuningdek mah’alliy olimlarning risolalari h’am bwlgan. Yusuf ibn Muh’ammad ibn Yusuf al-Hiraviyning fors tilida ёzilgan “Jome al-favoid” (“Foydali malumotlar twplami”) asari (1511y) kwplab kasalliklarni davolashda qwllanma bwlgan. U 1882 yil Mulla Muh’ammad Zoh’ir al-Xorazmiy tomonidan wzbek tiliga tarjima qilingan. Shuningdek Nurulloh’ Alo al-Hakim, Mulla Muh’ammad Yusuf Qah’h’ol, Ubaydulloh’ ibn Yusuf Ali, Muh’ammad Kozim, Solih’ ibn Muh’ammad Solih’ Qandah’oriy, Jafarxwja ibn Nasriddinxwja, Junaydullo ibn Shayx al- İslom, Muh’ammad Sharif Buxoriy va boshqalar tibbiёt soh’asiga oid kwplab asarlar ёzdi. Subh’onqulixonning “İh’yo at-tibb Subh’oniy” asari turli kasalliklarni davolashga bag’ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |