Qadamjolar memorchiligi h’am wziga xos tuzilishga ega. Amir Temur Buxoroda Chashmai Ayyub ёdgorligini qurdiradi (1380 y.) Shuningdek, Soh’ibqiron Shah’risabzda ziёrat va dafn marosimlari uchun h’azira – “Dor ul-Siёdat» (“Sayidlar uyi”) (1379-80 yy.) xilxonasini, wg’li Jah’ongir vafot etgach, Shah’risabzda Jah’ongir Mirzo maqbarasi (Hazrati İmom maqbarasi) qurdirgan. Unda Xorazm memorchiligi ananalarini kwrish mumkin. Chunki, Amir Temur Xorazmni Movarounnah’r h’ududiga qayta qwshib olgach, u erdagi memor va ustalarni avval Shah’risabz, swngra Samarqandga kwchirtirilgan.
Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi memoriy sanatning noёb ёdgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bwlib, uch qavatlidir. Rasadxonada Ulug’bek bilan birga Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqa allomalar astronomiya ilmiga rivoj berdilar.
Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bwlgan. Birinchisi- mamuriy-siёsiy vazifani bajargan bwlib, qala ёki h’isor ichiga qurilgan. İkkinchisi - shah’ar tashqarisidagi qarorgoh’lar bwlib, qabul marosimi, majlislar wtkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shah’risabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bwlib, toqi va ravoqlari beqiёs darajada katta bwlgan. Amir Temur va Mirzo Ulug’bekning asosiy qarorgoh’i Samarqanddagi Kwksaroy va Bwstonsaroyda bwlgan. Shuningdek, shah’ar tashqarisida Amir Temur wn ikkita bog’ bunёd ettirgan bwlib, ularning h’ar biri wz nomi, katta-kichikligi, vazifasi, obodonlashtirilganligi bilan aloh’ida ajralib turgan. Bu bog’larda uyushtirilgan qabul marosimlari va twylar R.G.Klavixo va Sharafiddin Ali Yazdiylar tomonidan ёzib qoldirilgan.
Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, Masjidi muqatta, 210 gumbazli Alika Kwkaldosh jome masjidi qad kwtardi. Shoh’izindadagi ayrim maqbaralar, Chilustun va Chinnixona saroylari, Shah’risabzda Kwkgumbaz masjidi uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xoja Ah’ror madrasasi, İshratxona, Oqsaroy maqbaralari bunёd qilindi.
Temuriylar davrida tasviriy sanat turli ywnalishlar bwyicha yuksaldi. Wrta Osiёdagi qadimgi devoriy suratlar va umuman tasviriy sanat ananalari Amir Temur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Miniatyura sanatiga h’am avvalo naqsh sifatida qaralgan. Samarqanddagi temuriylarning saroy, qarorgoh’larida qabul marosimi, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bwlgan. Ularda Amir Temur, wg’illari, nabiralari, aёllari va kanizaklari tasviri aks ettirilgan. Ulug’bek rasadxonasi devorida h’am devoriy suratlar mavzu jih’atdan rang-barang bwlib, uslubiy jih’atdan miniatyura janriga yaqin bwlgan. Abdurah’mon as-Swfiyning falakiёtga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi chochlik aёl qiёfasida tasvirlanadi. Rasadxonada esa twqqiz falak kwrinishi, etti gardish, etti ёritqich yulduz daraja, vaqt bwlimlari, Er yuzining etti iqlimi tasvirlangan.
Amir Temur davrida qurilgan Shirinbeka og’a, Bibixonim, Tuman og’a obidalarida naqqoshlik va h’attotlik bilan birga tasviriy lavh’alar h’am mavjuddir. Shirinbeka og’a maqbarasida rangli tasvir kwp bwlsa, qolgan ikki bino devorlarida oq va moviy rangdagi islimiy naqshlar tasvirlanadi.
Hattotlik sanati taraqqiёtiga XV asrda ananaviy kufiy, nash’, devoniy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nastaliq uslublari rivojlandi. Noёb qwlёzma asarlar kwchiriladigan maxsus ustaxona kitobatchilikning ravnaqiga ijobiy tasir kwrsatdi.
Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura maktabi tashkil topdi, bu davrda etakchi rassom Xoja Abdulh’ay Naqqosh edi. Hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanaёtgan kwchirilgan xomaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bwlib, ular aloh’ida shaxslar, daraxtlar, gyllap, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg’unligi, h’arakatlar aniqligi, qiёfalarning wz wrnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
Tarixiy shaxslarning qiёfalari h’am miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiёfasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar h’ali topilmagan. Asl h’olatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki kwchirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha ёrqinroq qiёfasi Hirotda (1467 y.) kwchirilgan «3afarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Kamoliddin Beh’zod yakunlagan ushbu miniatyuralar tarxining murakkabligi va serjilo ranglarning uyg’unligi bilan ajralib turadi.
Sharq miniatyurasining taraqqiёti badiiy adabiёtning rivoji bilan bog’liq bwlgan. Musavvirlar kwpincha Firdavsiy, Nizomiy, Xusrav Deh’laviy, swngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlashgan. XIV asrda Rashiduddin Fazlulloh’ning «Jome ut-tavorix» tarixiy asariga h’am miniatyuralar ishlangan. Bu anana temuriylar davrida h’am davom ettirilib, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Xotifiyning “Temurnoma” kabi asarlarida jang lavh’alari tasvirlanadi. Ayrim h’ollarda diniy asarlarga h’am Makka va Madina kabi muqaddam joylar tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning bazilarida Muh’ammad payg’ambarning (muborak yuzlari niqob bilan twsilgan) odamlar orasida turgan h’olatlari va merojga chiqishlariga oid lavh’alar uchraydi.
XV asr miniatyuralarining aksariyatida Sharq sheriyatining qah’ramonlari Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, İskandar, Bah’rom bilan bog’liq jang lavh’alari tasvirlanadi. Umuman miniatyura sanati musulmon Sharqining İroq, Eron, Xuroson, Movarounnah’r va Hindistongacha bwlgan h’ududida muayyan bir davrning wziga xos badiiy - estetik h’odisasi edi. Bu sanat temuriylarning h’omiylik faoliyati bilan bog’lik bwlib, İsfaxon, Sheroz, Tabriz, Hirot, Samarqand, Deh’li kabi markaziy shah’arlarda ilg’or miniatyura maktablari vujudga keldi.
Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida shakllangan bwlib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston sanatiga xos bwlgan turkiy obrazlarda xitoy rassomchiligi tasiri sezilib turadi.
Samarqanddagi saroy musavvirlari Xoja Abdulh’ay Naqqosh va uning shogirdlari Shayx Mah’mud Taliliy, Pir Ah’mad Bog’i Shamoliy, Muh’ammad bin Mah’mudshoh’ al - Hayёm, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, ranglar ustalik bilan qwllangan. Ushbu miniatyuralar temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysung’ur Mirzo Hirotda kutubxona, h’attotlik va naqqoshlik ustaxonasini tashkil qilgach, bu rassomlarning ayrimlari (Mah’mudshoh’ al - Hayёm) Hirotga kwchib wtadi. Xoja Abdulh’ayning tarixiy asarlarga (“Zafarnoma”) ishlagan miniatyuralarida Amir Temur va temuriylarning qiёfalari aks etsa, bazi badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida h’am ular turli h’olatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar muh’im tarixiy xujjat bwlishi bilan birga, badiiy jih’atdan wziga xos «siёh’i qalam» uslubida ishlangani bilan ajralib turadi. Amir Temur h’aёtlik davrida uning saroy devorlarida shoh’ va shah’zodalar bor bwyicha tasvirlangan. Haqiqiy portret janrini Kamoliddin Beh’zod shakllantirgan.
Amir Temur va temuriylarning qiёfalari tasvirlangan kwplab miniatyuralar dunёning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr ёki rassom, joy, maktab kwrsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quёshsimon sherning boshi tasvirlangan tug’ - Amir Temurning gerbi (ramzi)-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug’bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek, tabiat tasvirida twq yashil va jigarrang kwpligi, kiyimlar turkiy millatga xos bwlganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyura maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, Hirot va Sheroz miniatyuralari qah’ramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir. Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida mah’oratliroq bwlishgan.
Mirzo Ulug’bek davrida mashh’ur bwlgan xattot va musavvir, obivardlik Sulton Ali Bovardiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning ёrqinligi bilan wziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bwlgan 18 ta miniatyura Nizomiyning «Xamsa» asariga va 49 ta miniatyura «Shoh’noma» asariga ishlangan bwlib, ular h’ozir Turkiyaning Twpqopu saroy kutubxonasida saqlanadi. Abdurah’mon as-Sufiyning «Siljimas yulduzlar rwyxati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning wrinlari kwrsatilgan bwlib, rang bermay, qora siёh’da grafik tarzda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy xalq vakili qiёfasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq h’aёti mavzui aynan temuriylar davrida paydo bwlgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «İskandar devorini bunёd etish», «Kwchmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa h’unar wrgatishi” mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir.
Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy h’unarmandchilikning turli shakllarida h’am namoёn bwldi. Ularning ayrimlari memorchilik bilan, bazilari, koshinkorlik kulolchiligi, ёg’och va tosh wymakorligi bilan h’am bog’liq edi. Qabrtoshlarga qisman islimiy wsimliksimon, asosan geometrik naqshlarda xattotlik namunalari bilan swzlar bitilgan. Bu ёzuvlar chuqur, quyma wyiqlarda bitilgan. Qabrtoshlar sag’ana ёki supa shaklida bwlib, mah’alliy xom ashё-bwz rangli marmardan, ayrim xollarda wta noёb toshlardan ishlangan. Ёg’och wymakorligida Gwri Amir, Shoh’izinda, Yassaviy maqbaralari eshiklari, shuningdek XV asrga oid uy ustunlari wymakor naqshlar bilan ishlangan. Bu davrda metall wymakorligi (kandakorlik) taraqqiy etadi. Buyum va idishlar zarh’al bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar wyiq va bwrtma usulda, qimmatbah’o toshlar qadalib tayёrlangan. Yassaviy maqbarasidagi ulkan shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza quyish sanatining eng yuksak namunasidir.
Amaliy sanatning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi ёrqin sir ustiga sodda wsimliksimon naqshlarni qora bwёqlar bilan tushirish ёki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bwlgan oppoq sadafdek idishlarga shaffof sir ustidan kobalt ёrdamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mwyqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chinnisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och h’avorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qwllaydi. Bu davrning amaliy sanat turlaridan twqimachilik, gilamdwzlik, kashtachilik yuksak sanat darajasiga kwtarildi.
İlm-fan va madaniyatning butun musulmon olamida yangidan gurkirab rivojlanishi Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Amir Temurning ilm-fan rivojiga g’amxwrligi tufayli Samarqand dunёning ilmiy - marifiy markazlaridan biriga aylandi. Soh’ibqironning say-h’arakatlari bilan mashh’ur olimlar Samarqandda jam bwlgan. Chunonchi, Sayyid Sharif Jurjoniy, Masud Taftazoniy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falakiёtshunos Mavlono Ah’mad, shuningdek, Ulug’bek davrida mah’alliy va turli mamlakatlardan kelgan 200 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat kwrsatgan. Temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar soh’asida buyuk olimlar etishib chiqdi va ular jah’on fani rivojiga munosib h’issa qwshdilar. Falakiёtshunoslik fanida Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iёsiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiёtlar qildi. Tarix ilmida Hofizi Abrw, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. Badiiy ijod va tilshunoslikda Davlatshoh’ Samarqandiy, Jomiy, Alisher Navoiy, Atoullo Husayniy, Voiz Koshifiy singari ijodkorlar yuksak sanat asarlari bilan mashh’ur bwldilar.
Mirzo Ulug’bek davrida Samarqandda wziga xos ilmiy akademiya shakllandi. Er kurrasini wlchash va falakiёtshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bwlib, jih’ozi va ilmiy yutuqlari jih’atidan wsha vaqtda dunёda tengi ywq edi. Mirzo Ulug’bek matematika, geometriya, falakiёtshunoslikda chuqur bilimlar soh’ibi edi. Rasadxonada ijod etgan Ali Qushchi, Muh’ammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bwlgan.
Mirzo Ulug’bek «Ziji jadidi Kwragoniy» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falakiёt ilmiga oid ananani davom ettirib, yuqori darajaga kwtaradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash h’aqida risola», falakiёtshunoslikka oid «Risolai Ulug’bek» va musiqa h’aqida «Musiqa ilmi h’aqida risola» kabi asarlar ёzdi. Bulardan tashqari Ulug’bek “Tarixi arba ulus” (“Twrt ulus tarixi”) nomli tarixiy asar h’am ёzgan.
Bu davrda xalq og’zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiёt badiiy uslub jih’atidan takomillashdi, adabiёtshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. Turkiy tilda mumtoz “chig’atoy” adabiёti - wzbek adabiёti vujudga keldi. Temuriylar davrida etuk ijodkorlar Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muh’ammad Solih’ (“Shayboniynoma” muallifi), Kamoliddin Binoiy va boshqalar yashab ijod qildilar. Ayniqsa Alisher Navoiyning ijodi wzbek adabiёtini kamolot bosqichiga kwtardi.
Movarounnah’r va Xurosonda wzbek tili, adabiёti va madaniyatining mavqei orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziёlilari Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shah’arlardagi olimlar, shoirlar va sanatkorlar bilan wzaro yaqin munosabatda bwla boshladilar. Qaysi ijodkor wziga qaysi mamlakat ёki shah’arni qulay deb bilsa, wsha erda yashab ijod qildi. Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar Xorazmiy Sherozga, İsmoil Ota avlodlaridan bwlgan shoir Shayx Atoiy Turbatdan (Toshkent yaqinidan) Balxga, mavlono Lutfiy h’am asli Toshkentdan bwlib Hirot yaqiniga borib yashab qolganlar.
Temuriy h’ukmdorlar va shah’zodalar adabiёt va sanatga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Ulardan 22 tasi ijodkor-shoir bwlib, ular wzlari sher ёzish bilan birga ijodkorlarga h’omiylik h’am qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro devon h’am tuzganlar.
Xuroson va Movarounnah’rda forsiy va turkiyda ijod qiluvchi shoirlar kwp bwlib, adabiy h’aёt yuksalgan. Sharq mumtoz adabiёti tarjimalariga h’am etibor kuchayadi. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topdi. Adabiy jaraёnda shoh’lar h’am, oddiy kosib va h’unarmandlar h’am, olim va fozillar h’am qatnashgan.
Xurosondagi adabiy h’aёtning rivojida Boysung’ur Mirzo (Shoh’ruh’ning wg’li)ning wrni beqiёs bwlib, u wz tashabbusi bilan fanlarning barcha soh’alariga va sanat rivojiga katta h’issa qwshgan. Uning rah’barligida Firdavsiy «Shoh’noma”sining kwp qwlёzmalarini qiёslash asosida asarini ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung’urning wzi h’am forsiy va turkiyda sherlar ёzgan. Hattotlik va naqqoshlik sanatini mukammal egallagan. Hirotdagi Gavh’arshodbegim masjidi bezaklari va kitoblarini shaxsan Boysung’ur Mirzoning wzi bajargan. Uning kutubxonasida qirqta h’attot, etmishta rassom ijod etgan. Alisher Navoiyning ёzishicha, h’ech kim Boysung’ur Mirzo kabi sozanda va naqqosh, h’attot ah’liga unchalik h’omiylik qilmagan.
Movarounnah’rda Mirzo Ulug’bek davrida kwplab forsiy va turkiy ijodkorlar twplandi. Adabiy muh’itni bevosita Ulug’bekning wzi boshqarar, Samarqandda wsha davrning eng yaxshi shoirlari yig’ilgan edilar. Shoirlarning sardori («Malik ul-kalom») qilib mavlono Kamol Badaxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy wz qasidalaridan birida Mirzo Ulug’bekning sher ёzishini va uning sher h’aqidagi tushunchasi yuqori bwlganligini takidlab wtgan. Mirzo Ulug’bek mavlono Lutfiy sherlarini XV asrning mashh’ur shoiri Salmon Sovajiy asarlari bilan teng kwrgan. Wzbek mumtoz adabiёti vakili mavlono Lutfiy aslida swfiёna sheriyatda Salmondan ustun ekanligini aytish adolatlidir. Chunki Salmon asosan qasidalar wzgan.
Ulug’bek saroyidagi eng obrwli wzbek shoiri Sakkokiyning lirik sherlari bilan birga qasidalari h’am bu sheriy janrning sezilarli yutug’i bwldi. Alisher Navoiy «Majolis un - nafois» tazkirasida kwproq xurosonlik shoirlar h’aqida malumotlar bersa, Davlatshoh’ Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarida wtmishda wtgan ijodkorlar h’aqida malumot bergan. Yaqinda (1993y) malum bwlgan Shayx Ah’mad ibn Xudoydod Taroziyning wzbek tilida ёzilgan «Funun ul-balog’a» (1437 yil) asari temuriylar davrida Movarounnah’r adabiy h’aёtini wrganishning yangi imkoniyatlarini ochdi. Shayx Taroziy wz asarida bizga malum bwlgan mashh’ur shoirlardan tashqari, bizga nomalum bwlgan Muh’ammad Temur Bug’oning tuyuqlarini, Shams Qisoriyning «al-matlubul-bad» sheriy sanati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, «mutasalsal» sanatiga oid wzining g’azalidan namunalar keltiradi.
XV asrning ikkinchi yarmi wzbek adabiёtining eng rivojlangan davri bwlib, bu yuksaklik temuriy Sulton Husayn Boyqaro va wzbek adabiёtining porloq quёshi Alisher Navoiy nomlari bilan bog’liqdir. Husayn Boyqaro Xuroson xukmdori bwlgan davr (1469-1506)da adabiёt, sanat va fanning kwp soh’alari rivojiga katta ah’amiyat berildi. «Husayniy» taxallusi bilan sherlar ёzgan Sulton Husayn wz h’ukmronligi davomida Alisher Navoiyga “Amiri kabir”, «Muqarrabi h’azrati sultoniy», (“Sulton h’azratlarining eng yaqin kishisi”) mansablarini berib, u bilan birgalikda madaniyatning rivojlanishiga h’omiylik qildi. Alisher Navoiy ustozi Abdurah’mon Jomiy bilan h’amkorlikda manaviyat taraqqiёtiga rah’namolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiёt ulkan yutuqlarga erishdi. Alisher Navoiyning «Hamsa»si va «Xazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «Haft avrang» va sheriy twplamlari shu davr adabiёtining eng buyuk namunalari bwldi. Sulton Husayn Boyqaro wz «Risola”sida uning h’ukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.
Bu boy adabiy meros wzbek adabiёtining keyingi taraqqiёtiga h’am wzining chuqur tasirini kwrsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr wzbek adabiёti va ilmining h’aёtbaxsh ananalari asosida yuzaga kelgan edi.
Temuriylar davri adabiёti wzbek adabiёti rivojida wziga xos aloh’ida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va marifatparvarlik g’oyalari h’amon wz tarovatini ywqotgani ywq. Bu adabiy meros Wzbekistonda h’ali asrlar davomida wzining boy mazmuni bilan, g’oyaviy-mafkuraviy teranligi va iloh’iyligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta ah’amiyat kasb etadi.
Movarounnah’r va Xurosonda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda rwy bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqidagina emas, Evropa mamlakatlarini h’am h’ayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiёning swnggi madaniy-manaviy rivojinigina belgilab bermay, qwshni mamlakatlardagi madaniy taraqqiёtga h’am katta tasir kwrsatdi..
Bu davrdagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni kwrsatadiki, ular wzaro uzviy bog’langan va yaxlit bir butun h’oldagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-manaviy yuksaklikni yuzaga keltira olgan.
Bulardan birinchi navbatda siёsiy-ijtimoiy omilni kwrsatish mumkin. Ulkan h’udud yagona saltanatga birlashtirilib, ijtimoiy yuksalishni taminladi.
İkkinchi – iqtisodiy omil - Movarounnah’r va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik, ishlab chiqarishni jadal rivojlanishiga olib keldi. Davlat tomonidan deh’qonchilik, h’unarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga etibor berilishi va bu soh’ada qator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning manaviy-madaniy taraqqiёti uchun nih’oyatda muh’im ah’amiyat kasb etdi.
Uchinchi - manaviy omil - avvalgi madaniy meros, manaviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishdan iborat bwldi. Markaziy Osiёda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgan manaviy-madaniy boyliklardan, buyuk muh’addislar, allomalar imom Buxoriy, Abu İso Termiziy, Muh’ammad Xorazmiy, Ah’mad Farg’oniy, Forobiy, İbn Sino, Beruniy merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumiy, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan, musulmon Sharqi manaviy merosida keng ah’amiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-manaviy boyliklaridan keng foydalanildi. Bu davrda Amir Temur saltanatining tasirida bwlgan va bwlmagan boshqa mamlakatlar wrtasida madaniy aloqalar tez rivojlandiki, bunday aloqalar manaviy boyliklarni wzaro almashinuviga keng ywl ochib berdi. Xususan, Eron, Arab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan bwlgan aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi muh’im ah’amiyat kasb etdi.
Twrtinchi - g’oyaviy omil - bu omil manaviy omilning uzviy davomi bwlsa-da, uning muh’im ah’amiyatga ega bwlganligi va wz davri manaviy h’aёtida katta rol wynaganligi uchun aloh’ida ajratib kwrsatish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiёda Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Ah’mad Yassaviy talimotlarini rivojlantirish asosida shakllangan naqshbandiya talimoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardagi siёsiy-ijtimoiy h’amda madaniy h’aёtda nih’oyatda muh’im rol wynadi, manaviy wzgarishlar malum darajada erkinlik uchun g’oyaviy asos, omil bwlib xizmat qildi. Chunki, Bah’ouddin Naqshbandning «Dil-ba ёr - u, dast-ba kor” “Kwngil Xudoda bwlsinu, qwl ish bilan band bwlsin” shiori etakchi tasavvuf namoёndalari bilan birga keng jamoatchilikning h’aёt tarziga aylangan edi.
XV asrda yashab ijod etgan naqshbandiya talimotining yirik vakili Xoja Ah’ror Valiy nafaqat madaniy h’aёtda, balki ijtimoiy-siёsiy, iqtisodiy h’aёtda h’am muh’im ijobiy rol wynadi.
Bu omillar Temuriylar davri madaniyati va manaviyatining tez va yuksak darajada kwtarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari uzoq asrlar davomida keyingi madaniy rivojlanish uchun asos bwldi.
XIV-XV asrlardagi manaviy-madaniy rivojlanish islom mafkurasi mustah’kamlanib borishi bilan uzviy bog’liq bwlgan. İslomiy ilmlar madrasayu masjidlarda keng wqitilib, qonun-qoida, odat, ananalar esa shariat asosida olib borilar edi. «Temur tuzuklari»da aziz-avliёlar, shayx, sayid, ulamolar faoliyati aloh’ida qayd etilib wtilgan. Bu davrda xalq orasida ayniqsa, ziёlilar, aqliy meh’nat bilan shug’ullanuvchi ilm-fan, sanat, madaniyat, tasavvuf talimoti keng tarqaldi.
Amir Temur, mutasavvif shoirlar va olimlarga katta h’urmat bilan munosabatda bwlgan. Amir Temurning uch piri bwlgan: Shamsiddin Kulol, Sayid Baraka va Zayniddin Abubakr Toyobodiy.
Tasavvuf talimotining Muh’ammad Porso, Ёqub Charxiy, Xoja Ah’ror kabi yirik vakillari naqshbandiya tariqatiga oid qator risolalar yaratish bilan birga, jamiyatning manaviy poklanishi va rivojlanishi ywlida faol xizmat qildilar, davlat arboblari bilan muloqotda bwlib, ularga tasir wtkazdilar. Bu jih’atdan, ayniqsa, Xoja Ah’ror faoliyati muh’im ah’amiyat kasb etadi.
Bu davrda tibbiёt ilmi h’am wzining yirik namoёndalariga ega edi. Samarqandga kelib ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Burh’oniddin Nafis ibn Evaz ibn Hakim al-Kirmoniy, Sulton Ali Xurosoniy, Husayn Jarroh’ shular jumlasidandir.
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiёda mantiq va falsafa fanlari bilan shug’unlangan yirik olimlar paydo bwldi. Bu fanlarning rivoji, asosan ikki yirik mutafakkir Sadiddin bin Umar Taftazoniy va Mir Sayid Jurjoniy nomlari bilan bog’liqdir. Bulardan tashqari, Samarqandda wsha davrda Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy, Abdulla Lison, Badriddin Ah’mad, Numoniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Jalol Xokiy va boshqa olimlar yashab ijod etganlar. Wz davrining ilg’or ijtimoiy va axloqiy fikrlari badiiy adabiёtda, tasavvuf sheriyatida, nazm va nasrda, g’azal va ruboiylarda mufassal baёn qilina boshlandi. Sakkokiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Binoiy, Amir Qocim Anvor va boshqalarning badiiy asarlari boy falsafiy va axloqiy mazmunga egadir.
Bu davrda axloq va talim-tarbiya muammolariga bag’ishlangan maxsus risolalar paydo bwldiki, ularning orasida Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylarning merosi aloh’ida wrin egallaydi.
Bu davrda Movarounnah’r va Xurosonning mwg’ullar zulmidan ozod etilishi tarixini wrganish va ёritishga katta etibor berildi. Nizomiddin Shomiy, G’iёsiddin Ali Yazdiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Hofizi Abru, Fasih’ Ah’mad Xavofiy, Muiniddin Natanziy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilarning asarlari h’ozirda biz uchun wsha davr madaniy yuksalishini wrganishda muh’im manba bwlib xizmat qilib kelmoqda.
İlm-fan va adabiёtning rivoji kitobat sanati-yangi qwlёzma asarlarni kwchirish, xattotlik, musavvirlik, lavh’a chizish, muqovasozlik kabi sanatlar taraqqiёtiga h’am ijobiy tasir qildi. Nafis kitob va xattotlik XIV-XV asrlarda yangi taraqqiёt bosqichiga kwtarildi. Xattot Mir Ali Tabriziy nastaliq xatini kashf qildi. Bu usul Hirotda Sulton Ali Mashh’adiy tomonidan yuksak bosqichga kwtarildi va Abdurah’mon Xorazmiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Qilqalam, Halvoiy, Rafiqiy kabi h’attotlar, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Beh’zod, Qosim Ali, Mah’mud Muzah’h’ib kabi musavvirlar etishib chiqdilar. Samarqand va Hirotda, İsfaxon va Sherozda temuriylarning saroy kutubxonalari tashkil etildi. Ularda qwl ёzma asarlarni twplash va saqlash ishlari bajarilgan.
XIV-XV asrlar Wrta Osiё xalqlarining musiqa sanati taraqqiёtida h’am yangi bosqich bwldi. Yangi kuy va qwshiqlar, cholg’u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Mah’oratli sozandalar, bastakorlar va h’ofizlar etishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuh’ammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shoh’quli G’ijjakiy, Ah’mad Qonuniy, Hoja Yusuf Andijoniy, ustod Shodiy, Najmiddin Kavkabiy kabilar shular jumlasidandir. Mirzo Ulug’bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar ёzib yangi kuylar ijod qildilar. IX-XII asrlarda shakllangan 12 maqom bu davrda takomillashdi. Shuningdek, keng ommaga mwljallangan teatrlashgan tomoshalar - xalq sayllarida masxarabozlar, qwg’irchoqbozlar, dorbozlar wz sanatini namoyish qilgan.
Shunday qilib, Wrta Osiёda Temuriylar davrida madaniyat yuksak rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnah’r va Xurosondagi madaniy taraqqiёtning tamal toshi buyuk soh’ibqiron Amir Temur tomonidan qwyildi.
Hozirgi zamon fani Amir Temur va temuriylar davrini h’aqiqiy Renessans – Uyg’onish davri deb etirof etmoqda. Zero, bu davrda wtmish davrlar tajribalarini ijodiy wzlashtirishga va yangicha ёndashuvlarga, olimlar, memor va h’unarmandlar, miniatyurachi rassomlar, shoirlar, musiqachilar, yangi davr tomosha sanati vakillari oldida turgan masalalarni h’al etishda jiddiy yangiliklar kiritishga asoslangan eng yaxshi ananalar tiklandi.
Mustaqil Wzbekistonda bu boy madaniy merosni wrganishga, uning ananalarini davom ettirishga davlat siёsati darajasida etibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |