Uzbekiston respublikasi


– Mavzu XVI -XIX asr birinchi yarmida wzbek madaniyatining h’olati



Download 1,52 Mb.
bet56/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

13 – Mavzu XVI -XIX asr birinchi yarmida wzbek madaniyatining h’olati
XV asr oxirida Movarounnah’r taxti uchun temuriy shah’zodalar wrtasidagi tinimsiz kurashlar oqibatida saltanat tanazzulga yuz tutdi. Natijada Movarounnah’rni egallashni wz oldiga maqsad qilib qwygan Muh’ammad Shayboniyxon uchun qulay fursat vujudga kelgan. Uning temuriylarga qarshi 1500-1509 yillarda olib borgan shiddatli kurashlari oqibatida Movarounnah’r, Xorazm va Xurosonni wz ichiga olgan Shayboniylar davlati vujudga keldi va wzbek davlatchiligi tarixida shayboniylar sulolasi h’ukmronligi davri boshlandi. Samarqand poytaxt shah’ar deb belgilandi. Biroq 1510 y. Muh’ammad Shayboniyxon Eron safaviylari shoh’i İsmoildan mag’lub bwlib, qatl etilgach, Xuroson qwldan ketgan. Shayboniylar orasida yuz bergan manaviy parokandalikdan foydalanib İsmoil Safaviy Movarounnah’r h’ududini egallab olmoqchi bwlgan. Ammo Ubaydulla Sulton boshchiligidagi shayboniy sultonlar bu tazyiqni bartaraf etib, mamlakat h’ududini saqlab qolishga erishganlar.
Shayboniylar davrida, ayniqsa ulardan Ubaydullaxon (1533-1539) va Abdullaxon II (1583-1598) h’ukmronlik qilgan yillarda mamlakat iqtisodiy va madaniy h’aёtida birmuncha wzgarishlar rwy berdi. Ubaydullaxon davrida mamlakat poytaxti Buxoroga kwchirilgach, shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb ataladigan bwldi.
Buxoro xonligidagi madaniy h’aёt. İslom. Wrta Osiё h’ududida X-XII asrlarda vujudga kelgan swfiylik tariqatlari bu davrga kelib nafaqat diniy soh’ada, balki siёsiy, ijtimoiy-iqtisodiy h’aёtda h’am muh’im rol wynay boshladilar. Ayniqsa naqshbandiylik tariqati keng quloch ёzgan. Siёsiy h’okimiyat shayboniylar sulolasi qwliga wtishi bilan temuriylar davridagi diniy arboblar wrnini yangilari egallay boshladi. Xususan, XVI asrning ikkinchi yarmidan Jwybor xojalari (shayxlari) nufuzi kuchaydi. Mashh’ur Maxdumi Azam Kosoniy (1549 yil vafot etgan)ning shogirdi bwlgan Jwybor xonlaridan Xoja Muh’ammad İslom va uning wg’li Xoja Sadlar mamlakat manaviy, siёsiy – iqtisodiy h’aёtida etakchi rol wynaydilar. Ular XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroning shayxulislomlari, shayboniylar h’ukmdorlarining pirlari bwlishgan. Ularning Jwybor xojalari nomini olishi Xoja Muh’ammad İslomning bobosi Xoja Muh’ammad Yah’ё Buxorodagi Jwybor degan mavzega kwchib kelishi bilan bog’liqdir. Jwybor xojalari wzlarini islom dinini targ’ib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan İmom Ali Murtazo avlodi deb h’isoblaganlar.
Xoja Muh’ammad İslom shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun bwlgan kurashlarga aralashib, wz muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga ёrdam bergan. Shu tufayli unga Buxoro yaqinidagi Sumiton qishlog’i inom etiladi. Jwybor xojalarning ota-bobolari Buxoro yaqinidagi Chor bakr mozoriga qwyilgani uchun XVI asrdan boshlab bu er ziёratgoh’ga aylantirilgan.
XVI asrdan etiboran Wrta Osiёda ijtimoiy-falsafiy tafakkur ikki bosqich (XVI-XVII asrlar va XVIII - XIX asrning birinchi yarmi)da rivojlangan. Birinchi bosqichga Mirzajon Sheroziy, Yusuf Qorabog’iy, Muh’ammad Sharif Buxoriy, İnoyatullo Buxoriy kabi wz davrining etuk faylasuflarini kiritish mumkin. Ular falsafa, tarix, tilshunoslik bwyicha kwplab asarlar mualliflari bwlishlari bilan birga falsafiy xarakterdagi kwplab sharh’lar va izoh’lar h’am ёzishgan. Masalan, Yusuf Qorabog’iy (1563-1647) wtmishdagi buyuk faylasuflarning ananalarini davom ettirib, XVI-XVII asrlarda falsafaning Wrta Osiёdagi taraqqiёtiga katta h’issa qwshgan. Uning “Risolai botiniyya” (bu asar “Etti jannat” nomi bilan mashh’ur), “Fi tarifi ilm” (“İlm tarifida”), “Mafotih’” (“Kalitlar”) va boshqa asarlari malum. Olim, shuningdek, arab tili, mantiq, riёziёt, lug’atshunoslik va fiqh’ masalalariga oid qator risolalar, sherlar h’am ёzgan.
Wrta Osiё falsafiy tafakkuri Hindistondagi Boburiylar davlatiga h’am ёyilib, h’ind falsafasi bilan malum darajada uyg’unlashgan. Bunda Bedil falsafasi keng tarqalgan. Bedil inson erkinligi, tafakkuri h’aqida falsafiy fikrlar baёn etgan. Uning yirik asari “Chor unsur” (“Twrt unsur”, 1703)da twrt unsur - h’avo, suv, er, olov twg’risida; wsimliklar, h’ayvonlar va odamning paydo bwlishi h’aqida swz yuritiladi. Bedil “İrfon” (“Bilim”, 1711-12; “Komde va Mudan”, “Nukot” asarlari h’am shuning tarkibida) dostonida falsafa, tarix, tabiёt, adabiёt va iloh’iёtning xilma-xil masalalariga twxtalgan. Bedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida marifatparvarlik, muruvvat va odamiylik asosiy wrinni egallaydi. Uning asarlari ayniqsa XIX asrdan Wrta Osiёda keng tarqalgan. İkkinchi bosqichda ayrim sharh’lar, falsafiy risolalar ёzilgan. Falsafiy tafakkur soh’asidagi yirik muallimlari bu davrda uchramaydi, tasavvuf tasiri kuchaygan, ijtimoiy-siёsiy xarakterdagi sherlar bitgan shoirlar ijod qilgan.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish