Gomer davri madaniyati
Gomer davri madaniyati asosan Gomerning va Gesiodning asarlari asosida belgilanadi. Bu davr madaniyatida xudolar h’aqidagi miflar asosiy rol wynaydi. Yunonlar Gomerni xudolar h’aqidagi tasavvurlarimizning ijodkori, deb bah’olagan edilar.
Yunonistonda kwchish davri (m.o. XI asr) tugashi bilan zodagonlar wzlarining ijtimoiy-siёsiy tuzilmasini yaratdilar va «Gomer iloh’iy davlati»ni barpo qildilar. Bu davlatning tepasiga Zevs tasviri quyilgan bwlib, bu kultni bu erga kelgan bosqinchilar wzlari bilan birga olib kelgan edilar. Zevs erli xudolarga duch kelganda, ularning vazifasini wziga olib, siqib chiqardi, boshqa xudolar bilan qwshilib ketdi va ularning nomlarini va sifatlarini wziga oldi, Yana boshqa bazi xudolar bilan murosa qilib, birga yashadi, shuning uchun oldingi xudolar Zevsning ukalari, singillari, bolalari bwlib qoldi. Zevs bazi xudolar bilan oila qurdi. Ammo Gomerda h’am, Gesiodda h’am xudolar olamining yaratuvchisi emas, wsha xudolarning wzlari tug’ilganlar. Qachonlardir ular mavjud bwlmagan edilar.
Arxaik davr madaniyati
Arxaik davrda yunon shah’ar - davlatlari shakllana boshladi, ilmiy tafakkur, sheriyat rivojlandi, falsafa, teatr paydo bwldi, Yunon sanati taraqqiy qildi. Arxaik davrda sport va musiqaviy - badiiy wyinlar paydo bwlib, yunonlar wzlarining xudolariga bag’ishladilar. Mil. ol. 776 yildan boshlab xudo Zevsga bag’ishlangan sport musobaqalari odatga aylandi. Bu wyinlar Olimpiya wyinlari deb nom oldi va twrt yilda bir marta wtkaziladigan bwldi. Xudo Apollon sharafiga bag’ishlab wtkaziladigan sport va musiqa musobaqalari Pifiy wyinlari deb nomlandi. Bu musobaqa h’am twrt yilda bir marta wtkaziladigan bwldi.
Yunonistonning ancha rivojlangan viloyati İoniya (Kichik Osiёning g’arbiy qirg’og’ida)da naturfilosofiya rivojlandi. Materializm va obektiv qonuniyatlarni izlash bu falsafiy oqim uchun xarakterli edi. Fales (mil.ol. 624 – 546) h’amma narsalarning ibtidosi va asosi suv degan bwlsa, Anaksimen (taxminan mil.ol. 585– 525) - h’avo, Anaksimandr (taxminan mil.ol. 611–546) - cheksizlik, deb qaragan edilar.
Pifagor va uning izdoshlari, butun borliqning asosi miqdor va miqdor munosabatlaridir, deb h’isoblab, matematika, astronomiya va musiqa nazariyasi taraqqiёtiga muh’im h’issa qwshdilar. Mashh’ur yunon faylasuflaridan Geraklit (taxminan mil.ol. 554 - 483) materiyaning asosi olov, degan xulosaga keldi. Uningcha, tabiatda h’am, jamiyatga h’am abadiy h’arakat va kurash ketadi.
Deyarli h’amma qadimgi yunon faylasuflari matematik bwlgan edilar. Bular – Pifagor, Aflotun, Arastu bwlib, ular olamning miqdoriy tavsifi twg’risidagi falsafiy talimotni rivojlantirdi. Birinchi yunon faylasufi Fales jiddiy astronomik tadqiqotlar yaratdi, quёsh tutilishi twg’risida bashorat qildi, ayni paytda u savdogar, dengizchi, kwpriksoz, ajoyib injener, davlat arbobi bwlgan edi.
Arxaik davrdagi adabiёtda epik janrlar etakchi rol wynadi. Gomerning “İliada”si, “Odisseya”si (mil.ol. VIII asrning oxiri) buning namunasidir. Bu davrda yana Gesiod “Teogoniya” (yani Xudolar shajarasi) va “Meh’nat va kunlar” dostonlarini ёzdi. Ezopning (mil.ol.VI asr) masallari h’am yunon madaniyati taraqqiёtida muh’im rol wynadi.
Arxitektura h’am rivojlandi. Geometrik jih’atdan twg’ri shakldagi kolonnalar, h’aykaltaroshlik, kulolchilik rivojlandi. Ayniqsa, Korinflik kulollar idishlarga naqsh solishni wylab topdilar. Bu davrda arxitektura va h’aykaltaroshlikning birlashtirilgani diqqatga sazovordir. İbodatxonalar tashqi tomondan bwrtma naqshlar bilan bezatilgan, ichkarisiga esa xudolarning h’aykalchalari qwyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |