Uzbekiston respublikasi


Antropotsentrizm, ratsionalizm, stsientizm



Download 1,52 Mb.
bet42/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Antropotsentrizm, ratsionalizm, stsientizm – Uyg’onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Evropa madaniyati asosini bslgiladi. Uning keng rivojlanshi natijasida XVII asrda «ilmiy inqilob», XVIII asrda Marifatparvarlik g’oyalarining tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nixoyat, XIX-XX asrlar davomida madaniyatning klas­sik texnikaviy shaklidagi yutuqlarga olib keldi.
XVII asrda fan Evropaliklar xaёtiga, jamiyat ishlab chiqarishining barcha tizimlarini rivojlantirish va meёrida faoliyat kwrsatishining tabiiy va zaruriy sharti bwlib maxsus ijtimoiy institut sifatida jadal kirib keldi. XVII asrda ilmiy inqilob matematika va mexanikada sodir bwlib, aniq fanning ikki ywnalishi, yani, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar birlashdi. Zamonaviy fanda eksperiment (tajriba) bilishning usuli va quroli sifatida nazariy fanning antik va wrta asrlar shaklidan tubdan farq qiladi. Eksperimentga tayanuvchi olim antik davr donishmand faylasufi ёki wrta asrlardagi iloxiёtshunosdan farqli olamga mutlaqo boshqacha munosabatda bwladi. U sodir bwlaёtgan xodisalarni kuzatish va mushoxada qilishdan tabiatni wz extiёjiga mos tarzda wzgartiruvchiga aylandi va wzining kuchlarini namoёn qildi.
Fanning shakllanishi va sekin-asta jamiyat xaёtiga muxim asos bwlib kirishi yangi davr kishisining turmush tarzi, fikr ywsini, tafovutli qiёfasi sifatida ratsionalizmning paydo bwlishga sabab bwldi. Ratsionalizmning keng kwlamda namoёn bwlishi XVIII asrdagi marifatparvarlik xarakati bilan bog’liq. Barcha baxtsizlik va noxaqlikdan insoniyatning aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat marifatli xalq va uning xukmdori «Ozodlik, Tenglik, Qardoshlikni» wrnatishga marifatparvarlar ishonganlar. Marifatparvarlar vakili D.Didro va D.Alamber «Fan, sanat va xunarmandchilik entsiklopediyasi»ni nashr qildilar. Bu madaniyatning katta yutug’i bwldi. «Entsiklopediya» nafaqat insoniyatning muximi ilmiy yutuqlarini tartibga soldi, balki yangi madaniy qadriyatlar tizimini h’am tasdiqladi.
Marifatparvarlarning ratsionalistik ywnalishi XVIII asrdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish, davlatning ichki va tashqi siёsati, xuquq institutlari va siёsiy partiyalarning shakllanishi, sanat taraqqiёtida kwplab tamoyillarni belgilab berdi. Marifatparvarlar Buyuk Frantsuz inqilobining ideologlari h’isoblanib, Uyg’onish davri gumanistlari boshlab bergan madaniy qadriyatlarni ulug’lash jaraёnini nixoyasiga etkazdilar. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat darajasiga kwtardi. Fan insonning manaviy xaёtiga chuqur kirib borib uning madaniyatiga mazmun bag’ishladi. Kishilarning tabaqaviy, milliy-irqiy ёki boshqa farqlaridan qatiy nazar barcha uchun bir xil moh’iyat kasb etdi.
Evropa va Shimoliy Amerikaning kwplab mamlakatlarida XIX asrning wrtalarida industrlashtirish ёki sanoat burilishi nih’oyasiga etdi. Ratsionalizm va utilitarizm (manfaatparastlik)ning madaniyatdagi belgilovchilik wrni fan va texnika taraqqiёtiga yangi turtki berdi. Oddiy twquv dastgoxi «Jenni» dan J. Uattning bug’ mashinasi (1784 yil) va R. Fultonning bug’ kemasi, Stef ensonning parovozidan (1814 yil) birinchi er osti temir yuliga (1863 yil) wtilishi injenerlik fikrining wsishini kwrsatdi. Bug’ va elektrlashtirish, telefon va te­legraf davri, astronomiya, geologiya, biologiya, ximiya soxalarida ajoyib kashfiёtlar bwlgan vaqt insoniyat madaniyatini yangi bosqichga kwtardi.
Mashxur sotsiolog P. Sorokinning xulosasi bilan aytganda «faqat birgina XIX asrdagi kashfiёt va yangiliklarning wzi oldingi asrlardagi kashfiёtlarning h’ammasini jamlagandan h’am kwpdir».1 Xususan, bu asrda 24 8527 ta kashfiёt xisobga olingan va bu makon, zamon va materiya ustidan texnika xukmronligining cheksiz wsganligidan dalolat beradi. İspan faylasufi X. Ortega Gassetning ёzishicha: «Biz xaqiqatdan h’am XIX - asrda insoniyat taqdirida rwy bergan radikal wzgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun h’am jismonan, h’am ijtimoiy jixatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi. Bu yangi dunёning qiёfasini uchta muxim jixat belgilaydi. Bu demokratiya, ekspremental fan va industrializatsiya. İkkinchi va uchinchi jixatlarni «texnika» nomi bilan umumlashtirish mumkin»2.
Tsivilizatsiyaning wsishi dastlab makon va zamonga xos kechdi: insonning manaviy dunёsi wtmishning yangi xududi va yangi «qatlami»ni wzlashtira boshladi. Bilishning maydoni chuqurlashdi va kengaydi. Biroq, shu bilan birga zamon va makonni enguvchi yangi usullar h’am paydo bwldi: inson yangi tex­nika vositasida ulkan fazoviy vaqtni qisqa muddatda bosib wtib, er yuzining xoxlagan joyida bwlish imkoniyatiga ega bwldi. Dunё yangi qiёfa kasb etdi.
XIX asrda texnotsentrik dunёqarash keng tarqalib, kishilar wz xaёtini ilmiy asosda kwrishga urina boshladi. İnjenerlik faoliyati tamoyillari tabiat va jamiyat xaёtiga keng ёyildi.
İnsonning turmush jaraёnidagi bunёdkorlik, tirikchilik tashvishlari wrnini bundan buёn ixtirochilik, texnika ijodkorligi, extiёjlarni qondiruvchi texnika vositalari yaratish egalladi. Tabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli wzgardi. Tabiat material va energiyaning bitmas-tuganmas manbai, universal omborxonaga aylanib qoldi. Xatto, tabiat sirlarini wta chuqur anglash h’am unga yaqinlashish degani emas, balki, aksincha qandaydir uzok, begonalikni, faqat tex­nik ёndoshuvni bildiradi. İnsonning wz tabiati sirlarini anglashga urinishi shunchalik karama-karshi natijalarga olib keladi. XIX asr insonga «koinot sardori», «barcha narsalar xukmdori» ёrlig’ini berdi. İnson kwproq «mexanik agregat», «fizik-kimiёviy unsurlar majmui», «maymunga turdosh maxluq», «turli meh’nat qurollari tayёrlovchi Xomo faber» kabi sifatlar bilan atala boshlandi. İnsonning wzi mexanizm bwlgani kabi, dunё h’am unga wxshash ulkan mashina ishlab chiqaruvchi fabrikadir. İnsonning wzi-wrtacha meh’nat unumdorligiga ega bwlgan madaniyat ijodkori degan fikrlar paydo bwli. İnsonni xaёti, eh’tiёjlari va maqsadlarini belgilab beradigan g’oyalar, meёrlar, tartiblar paydo bwldi, umumxaёtiy andoza, turmush tarzi qonuniylashdi, barchaning xuquqi tenglashdi, kwp sonli wrta sinf shakllandi, misli kwrilmagan muvaffaqiyatlar ila ozodlikka erishdi, munosabat, did, odatlar yangi andozalarga kwchdi. Ommaviy madaniyat, xissiz, shaxssiz madaniyatlar davri keldi.
XIX-asrda texnika taraqqiёti g’ayriqonuniy ravishda madaniyatning butun rivojini bir xil qolipda wlchashi jamiyat fikrida iqtisodiy omillarning ah’amiyati oshuviga olib keldi. Bu esa olamni texnik wzlashtirish suratlari sezilarli wsishiga sabab bwldi. Oqibatda taraqqiёtning jadval va nazoratsiz wsishi jaraёnida tsivilizatsiya butunlay xalok bwlishi mumkin degan xavotirlar paydo bwldi. (İ. Xeyzing). Bu muammolar XX asrda yanada yaqqol kwzga tashlandi.
XX asrda texnika surati xaddan tashqari wsdi. Keyingi yuz yilda er yuzida sanoat ishlab chiqarishi 50 martadan oshdi, bu wsishning 4,5 qismi 1950 yildan keyingi davrga twg’ri keldi. Xaqli ravishda XX asr insoniyat tarixiga ilmiy-texnika inqilobi asri bwlib kirdi. İnsonlarning xozirgi vaqtdagi tasir kuchini tabiatning eng beshafqat kuchlari bilan teng quyish mumkin. Shuning uchun h’am xususan XX asrda texnika muammosi va uning madaniyatdagi wrniga olimlar wz etiborlarini aloxida qaratdilar.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish