Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet36/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Qadimgi Rim madaniyati


Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunёdagi ikki buyuk madaniyat - etrusklar va yunonlar madaniyati ananalari tasir kwrsatdi. Rim ibodatxonalari etrusk ibodatxonalari namunasi bwyicha qurildi, lotin alifbosi h’am etrusklarning alifbosi asosida yaratildi. Yunonlarning tasiri mil.ol. III asrdan boshlandi. “Odisseya”ning lotinchaga tasiri Rim sheriyatiga tasir kwrsatdi. Ammo Rim sheriyati tom manoda xalq og’zaki ijodidan wsib chiqdi.
Qadimgi Rim tarixi uch davrga bwlinadi:

  1. Shoh’lik davri (mil.ol. VIII - VI asr boshlari).

  2. Respublika davri (mil.ol. 510 / 509 — 30 / 27 yillar).

  3. İmperiya davri (mil.ol. 30/27 – mil. 476 yillar).

Rim tsivilizatsiyasining taraqqiёti Rim shah’rining wsishiga olib keldi, mil.ol. III–I asrlarda Rim shah’ri ah’olisi I milliondan 1,5 millionga etgan edi.
Antik davrga oid Rim memorchiligining noёb namunalari sifatida Panteon (h’amma xudolarga bag’ishlangan joy)ni kwrsatish mumkin. Panteon – ibodatxona bwlib, imperiyadagi kwplab xalqlarning birligi g’oyasini gavdalantiradigan barcha xudolar uchun qurilgan.
Amfiteatr (yunon. amphit – atrof va hearron – teatr) tomosha uchun (kwpincha gladiatorlar jangi uchun) qurilgan inshoot bwlib, chwziq shakldagi maydon bwlgan va atrofida tomoshabinlar uchun zinapoyalardan iborat wrindiqlar joylashgan. Kolizey eng mashh’ur amfiteatr bwlib, 50 ming tomoshabinga mwljallangan edi.
Rimda issiq va sovuq suvi bor h’ammomlar, gimnastika zallari, dam olish xonalari qurilgan. Kwp shah’arlarda 3–6 qavatli uylar qurilgan.
İmperiya davrida Rim shah’arlari rejasi anchagina yaxshilangan, chiroyli maydonlarga, yashash uchun qulay bwlgan uylarga aloh’ida etibor berilgan. Neron h’ukmronligi davrida Rimda ёng’in yuz bergan va 14 ta tumandan 10 tasi ёnib tugagan. Bu tumanlarda uylar asosan ёg’ochdan qurilgan, ywllar tor edi. Ёng’indan keyin imperator shah’arni yangi reja bwyicha - kwchalari keng, uylarni toshdan, imperator saroyini h’am toshdan qilib qurishga farmon berdi.
İmperiya davridagi shah’arlarning farqli xususiyatlaridan biri kommunikatsiya vositalarining-tosh kwprik, vodoprovodlar, kanalizatsiyalarning borligi edi. İmperiya davrida Rimda II ta vodoprovod bwlib, ikkitasi h’ozirgacha ishlaydi. Wsha davrlarda qurilgan ywllar, kwpriklar h’ozirgacha xizmat qiladi.
Rimda fan va maorif katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Talim uch bosqichdan iborat edi: boshlang’ich talim, grammatika maktabi va ritorika maktabi. İmperatorlar ritorika maktabi uchun katta mablag’ ajratardilar. Barcha talim bosqichlarida wqish, ёzish va h’isoblash wrgatilgan. Wrta maktablarda grammatika muallimlari yunon tili va ettita fandan - grammatika, dilektika, ritorika, musiqa, arifmetika, geometriya, astronomiyani wrgatganlar. Bular qatorida arxitektura va meditsina h’am wqitilgan. Oxirgi bosqich oliy talim bwlib, notiqlik sanati va falsafa wqitilgan. Mansabdor odam bwlish uchun va siёsatda ritorikani egallash shart bwlgan.
Rim talim tizimi yunonlardan namuna olgan h’olda rivojlandi. Birinchi wrinda h’uquq, tillar, adabiёt, tarix, ikkinchi wrinda matematika turgan edi. Oliy talimda falsafadan kwra, notiqlikka kwproq etibor berilgan.
Rim, Aleksandriya, Afina, Korfagen shah’arlari ilmiy markazlar sifatida faoliyat kwrsatgan edi. I–II asrlarda Rimda geografik bilimlarga, tibbiёt va tarixga etibor berilgan. Strabonning (mil.ol. 64/ 63 – mil. 23/24 yillar), Ptolomey (I–II asrlar)ning kitoblari yaratildi. Pliniy (I asr) fizik geografiya, botanika, zoologiya, mineralogiyani wz ichiga olgan “Tabiiy tarix” qomusini ёzdi. Tibbiёt rivojlandi: Galen (129– 199 yillar) nafas ywllari, bosh miya bwyicha tajribalar wtkazdi, birinchi bwlib odam azolarining anatomik tuzilishini berdi. Vrachlar tayёrlash uchun maktablar ochildi.
Miloddan oldingi III asrda yunonlar tasiri ostida Rim adabiёti paydo bwldi. Muarrixlar yunon tilida Rim yilnomalarini ёzdilar. Jumladan, Tsitseron (mil.ol.106 – 43 yillar) ning publitsistikasi Rim nasrining eng yaxshi namunalaridandir. Uning 50 dan ortiq nutqlari va notiqlik nazariyasiga oid ishlari saqlanib qolgan. Tsitseronning ijodi Rim adabiёtida “Oltin lotin davri”ni kashf qildi. Bu davrda nasrning gwzal namunalari yaratildi.
Rim sheriyati h’am mil.ol. I asrda katta muvaffaqiyatga erishdi. lukretsiy (96–55 yillar) ning “Buyumlarning tabiati h’aqida” nomli falsafiy poemasi, Goratsiy (65–8 yillar)ning satiralari, qasidalari va boshqa sheriy asarlari, Ovidiy (mil.ol. 43 – mil.18 yillar)ning ishqiy sherlari va maktublari Rim sheriyatiga asos soldi.
Rim teatr sanati, h’aykaltaroshlik yunonlarning tasiri ostida rivojlandi. Ammo materiallar teatr sanatida Rim jamiyatining h’aёtidan olindi. Haykaltaroshlikda h’am bizgacha etib kelganlari yunonlar tasiridan xolidir. Haykaltaroshlar insonning ichki olamini kwrsatishga kwproq etibor qaratganlar.
Rimliklarning diniy etiqodi dastlab majusiylikka asoslangan edi. Milodiy IV asrda Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga bwlinib ketgandan keyin, masih’iylik g’alaba qildi va katolik oqimi h’aёtga singib bordi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish