Mum surtilgan taxtachalar. Ёzuv uchun taxtachalar ёg’ochdan va fil suyagidan taёrlanib, mum surtilardi. Bu taxtachalardan ossuriylar, yunonlar va rimliklar foydalanganlar. Bazan xalqalar bilan ikkita taxtacha birlashtirilgan. Uchi wtkirlangan taёqchadan ёzuv quroli sifatida foydalanilgan.
Papirus. Misrliklar piramidalar qurilishi davrlariga qadar qamishdan papirus tayёrlashni wrganib olgan edilar. Qamishlar Nil darёsi bwylaridagi botqoqliklarda wsib ёtardi. Ywg’on nam qamish poyalarni qator qilib terib, yupqa varaq bwlguncha ёg’och twqmoq bilan uraverganlar. Varaqlarni quritganlaridan keyin ёzish mumkin bwlgan. Papirus qimmatbah’o h’isoblangan, undagi ёzuvni yuvib ёki artib tashlab, yana wrniga ёzish mumkin bwlgan. Papirus wrama kitoblar yaratishga turtki bwldi. Misrliklar bizgacha qoldirgan mana shunday wrama kitoblar qissalar, h’isob–kitob ёzuvlari, murakkab matematik masalalar, marh’umlarga atalgan marsiyalar, lirik sherlar, astronomik kuzatuvlar, ertaklar, tabobatga oid asarlardan iborat.
Misrda eng qadimiy kutubxona miloddan oldingi 1300 yilda poytaxt shah’ar Fivning yaqinida bunёd etilgan. Kutobxona Ramses 11 ga qarashli bwlgan. Kutobxona peshtoqiga: “Qalb darmonxonasi” deb ёzib qwyilgan. Eh’romlarda saqlanadigan bu kitoblarga koh’inlar boshchilik qilgan. Aksariyat kutubxonalar talim maskani bwlgan.
Papiruslar fan soh’alari bwyicha wralgan. Bir wramda jarroh’likka oid 48 h’odisa qayd etilgan.
Misrliklar qamish chwp bilan ёzganlar. Siёh’ni wsimlik moyida ёki daraxt shirasida eritilgan qurumdan tayёrlaganlar.
Papirus - balandligi twrt metrdan ortiq bwlgan qamishdir. Papiruszorlar Nil darёsi qirg’oqlarini qoplab olgan, İsroildagi İordan darёsi qirg’oqlarida h’am uchrab turgan.
Teri. Qwy, echki, buzoq va kiyiklarning terisini quritib, qirtishlab, tozalaganlar. Keyin tarang qilib tortib, ёzuv uchun yuzasi tekis bwlsin, deb ёg’och twqmoq bilan urganlar. Pergament deb atalgan material shunday tayёrlangan.
Qamishning bir tomonini wtkirlab, tekis ёzadigan qurolni yasaganlar.
Qog’oz. Kitob sanatida qog’oz keng tarqaldi. Xitoyda ilk bor qog’ozdan foydalanilgan. Yunonistonda dastlabki kitoblar kwchirilganda, bizning h’ozirgi odatdagi kitoblarimiz h’ali kashf qilinmagan edi. Odamlar wrama qog’ozlarga ёzganlar. Wrama qog’ozlarni papirus, pergament varaqlaridan ёki yupqa misdan qilganlar. Varaqlar elimlab ёki tikilib birlashtirilgan. Natijada eni wttiz santimetr, uzunligi wn metrgacha bwlgan lenta h’osil bwlgan. Lentaning ikkala oxirgi tomoni chwpga wrab mah’kamlangan. Wquvchi bir qwli bilan chwpga wralgan wrama qog’ozni ochib, wqib bwlgan qismlarini ikkinchi qwli bilan narigi tomondagi chwpga wrayvergan. Wrama qog’ozni wrab bwlganlaridan keyin, uni latta matoga wrab, xum idishlarga solib saqlaganlar. Wrama qog’ozlarni bir joydan ikkinchi joyga olib yurish noqulay edi: uzun wrama qog’ozdan biror kichkina parchani topish uchun kwp vaqt talab qilinardi.
Milodiy II asrda Yunonistonda Yangi Ah’d bir kitobga jamlangani malum. Wrama qog’ozdan birinchi bwlib shu paytda balki yunonlar voz kechgan bwlishlarii mumkin. Wrama qog’ozlar wrniga bitta daftarga bir necha papirus ёki pergament varaqlarini birlashtirish ularning xaёliga kelib qoldi. Varaqlarni buklab, taxlangan h’olda tikdilar. Keyin esa daftar orqasiga shunga wxshash daftarlarni qwshib boraverdilar. Kitobning bunday ilk shakli “kodeks” deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |