makrokonidiyalardan iborat bo„ladi. Konidiyalari miseliylaridagi kalta
konidiyabandlari
ustida,
ayrim
sharoitlarda
esa
makrokonidiyalari
sporodoxiya deb ataluvchi yostiqsimon to„plamda hosil bo„ladi. Fuzariumlar
ham Vertitsilliumga o„xshash fakulütativ parazit bo„lganligi uchun o„simlik
qoldiqlarida ham bemalol yashayoladi.
Notakomil
zamburug„larning
ko„pchiligi
sellulozani
yaxshi
parchalaganligi sababli tuproqda gumus hosil bo„lishida katta rol o„ynaydi.
Birqator vakillari esa antibiotiklar hosil qilganligi uchun sanoatda antibiotiklar
ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shuningdek, notakomil zamburug„lar ichida
qishloq-xo„jalik
ekinlarining zarakunandalari bo„lgan nematodalarni
miseliylari bilan o„rab, nobud qilish natijasida yirtqichlik bilan hayot
kechiruvchi vakillari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |