Gimenomisetlar tartiblari guruhi - Hymenomycetidae
Eslatib o„tilganidek Gimenomisetlarning bazidiyalari miseliylar
qoplami bilan o„ralishiga qarab ikki xil bo„ladi:
1.
Gimnokarp (ochiq) - ayrim vakillarida meva tananing ustki qismida,
aksariyati ko„pchiligida esa meva tana qalpoqchasining ostidagi maxsus
gimenial qatlamda ochiq holda joylashgan bazidiyali;
2.
Gemiangiokarp (yarim ochiq) - bazidiyali gimenial qatlami
boshlang„ich davrda yopqich deb ataluvchi yupqa miseliy pardasi bilan
o„ralgan, keyinchalik esa parda yirtilib ochiladi.
Gimenomisetlarning meva tanalari o„zining tashqi ko„rinishi, shakli,
konsistensiyasi va rangi jihatidan ham xilma-xil bo„ladi. Ular substrat ustida
yaslanib, shaklsiz (resupinat), biroz tik holda, to„g„anog„ichsimon, korallarga
o„xshash shoxlangan, tog„aysimon qattiq, tuyoqsimon yog„ochlashgan va
boshqa ko„rinishlarda bo„ladi. Gimenomisetlarning gimenial qatlamlari ham
har xil bo„lib, ko„pincha plastinkasimon va naysimon gimenoforlarni yuzaga
keltiradi. Meva tanasining va ayniqsa gimenial qatlamining tuzilishiga qarab
gimenomisetlar Agarikalar (Agaricales) va Afilloforalar (Aphyllophorales)
tartiblariga bo„linadi. Agarikalar tartibiga mansub zamburug„larning
gimenoforlari plastinkasimon, Afilloforalarniki esa naysimon yoki boshqa
ko„rinishlarda bo„lishi mumkin. Shuning uchun ham Agarikalarni -
plastinkalilar, Afilloforalarni - plastinkasizlar tartiblari deb ham yuritiladi.
Ikkala tartib vakillaridagi bazidiyalar silindrsimon yoki to„g„onog„ichsimon
hujayralardan tashkil topgan bo„lib, ularning ustida o„simta (sterigma),
sterigmaning ustida esa biroz uzunchoq bazidiosporalari joylashgan.
Bazidiyalar orasida xaltachali zamburug„larnikiga o„xshash parafizalar va
biroz yirik hamda balandroq, sistida deb ataluvchi maxsus xujayralar ham
bo„lib, ular gimeniyni tashqi ta‟sirlardan himoya qiladi.
Agarikalar tartibi – Agaricales. Ushbu. tartibga mansub vakillarning
meva tanasi yumshoq, biryillik bo„lib, yaxshi shakllangan oyoqcha va
qalpoqcha hosil qiladi. Shuning uchun ularni qalpoqchali zamburug„lar nomi
bilan yuritiladi. Tashqi tuzilishi jihatidan qalpoqchali zamburug„lar juda
xilma-xil bo„lib, ularning ichida iste‟mol qilinadiganlari asosiy qismini,
45
zaharli va istemol qilishga yaroqsiz vakillari esa kamroq qismini tashkil etadi.
Istemol qilinadiganlari ichida sun‟iy o„stiriladiganlari ham kam emas.
Shulardan biri qo‘zidumba (Agaricus bisporus) bo„lib hisoblanadi.
Zamburug„ o„stiriladigan maxsus qurilmalarda (volyera) ularni yangi ot go„ngi
va bug„doy somonidan tayyorlangan substratga miseliysini ekib ustini
yumshoq torfli yoki boshqa yupqa qoplam bilan yopiladi. Ko„p zamonlardan
beri ekilib kelinayotgan qo„zidumbaning madaniy shtammi tabiiylariga
nisbatan o„zgarib, bazidiyalari ustida atigi ikkitadangina bazidiospora hosil
qiladigan formaga o„tgan. Qo„zidumbaning tabiiy turlari ham eng ko„p
iste‟mol qilinadigan zamburug„lar qatoriga kiradi. O„zbekiston sharoitida keng
tarqalgan va iste‟mol qilinadigan qalpoqchali zamburug„lardan yana biri oq
Do'stlaringiz bilan baham: |