2-MAVZU. Saqlashga qabul qilinadigan donning holati.
Mavzu rejasi:
2.1. Don massasi xossalarining umumiy tavsifi.
2.2. Don massasi komponentlari.
2.3. Saqlashga qabul qilinadigan donning tarkibi va xossalariga ta`sir
qiladigan omillar.
2.4. Donning naviga nisbatan uziga xosligi.
2.5. O`simlikning rivojlanishi va donning shakllanish sharoiti.
2.6. Hosilni yigish sharoiti.
2.7. Donni yigimdan sunggi dastlabki davrda saqlash sharoiti.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
1. Starodubtseva A.I., Sergunov V.S. Praktikum po xraneniyu zerna, M.,
Agropromizdat, 1987 g.
2. Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna, M.,Agropromizdat, 1986 g. (34-42
betlar).
2.1. Don massasi xossalarining umumiy tavsifi.
Donni qabul qiladigan korxonalarga jamoa va davlat xo`jaliklaridan yuzdan
ortik turli boshoqli,dukakli, moybop va emga muljallangan o`simliklarnig don va
urug`lari junatiladi. Bu mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari, texnologik va emboplik
xossalari donshunoslik va bioximiya kurslarida ko`rib chiqiladi. Lekin katta don
partiyalarini nobud kilmasdan saqlashni tashkil qilish uchun ularning saqlash ob`ekti
sifatida harakteristikasini bilish zarur.
Omborlarga tushadigan don partiyalarining tashki kurinishiga (botanik oilasi,
kurinishi, turi va navi, shuninigdek sifat ko`rsatkichlariga) nisbatan har xil ekanligiga
karamasdan, ularning xossalari saqlash ob`ekti sifatida bir-biriga yaqindir. Bu holat
saqlashda turli don partiyalari uchun deyarli bir xil texnologik amallar va saqlash
rejimlarini qo`llashga imkon beradi.
Bu umumiy xossalar bilan bir katorda aloxida don partiyalarining botanik
belgilari, ustirishning uziga xos xususiyatlari, yigishtirib olish va tashish bilan boglik
bo`lgan maxsus xossalari har kuzda tutiladi.
Tashki belgilari va sifat ko`rsatkichlari bo`yicha bir xil bo`lgan don massasiga
don partiyasi deyiladi.
Don qabul qilish korxonalariga don partiyalar bilan kelib tushadi. Birok dikkat
bilan tekshirganda biz shuning guvoxi bulamizki, don partiyasi uzida talaygina
qismlar majmuasini namoyon qiladi.
Xatto, don massasining asosiy qismi har doim bir xil bulavermaydi. Don turli
ulcham, to`liqlik, 1000 ta don massasi, zichlik, namlik va boshqalarga ega bo`ladi.
Bunaka turli-tumanlik o`simlik meva va urug`larining uziga xos shakllanishi
va rivojlanishining oqibati bo`lib hisoblanadi.
Meva va urug`larning gullashda paydo bulishi turli vaktga to`g`ri keladi.
Binobarin, bugdoy va javdar boshogining gullashi
12
uning O`RTA qismidan, tarik va sulida yuqori qismidan, nuxat va embop
dukkakli o`simliklarda esa pastda joylashgan gullardan boshlanadi. Odatda eng
tulakon don guldonning erta gullaydigan qismidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |