(Ahmad tfara'onii
insoniyat UrixiMgi ill
JAyg'onish davrinm
va
na\
monasining
tai fan
ozza-
men-
ma navi
rivoilan,
i va
niny
Ahmad Farg‘oniy dastavval
(taxminan 811-yil) Farg‘onadan
Marvga kelgan. Ilk o‘rta asdardayoq
Marv shahri 0‘rta Osiyoning yirikj
madaniy va ilmiy-ma’rifiy markaz-
laridan biri bo‘lgan. Bu maskanda
o‘sha davrlardayoq Movarounnahr,
Xorazm va Xurosondan ko‘plab;
olimlaru fozillar va mutafakkirlar
to‘planib, ajam, ya’ni Sharqning
arablardan boshqa xalqlari madaniy
hayotida muhim ahamiyat kasb et-
ganlar. Hatto 651-yilda so‘nggi
Sosoniylar shahanshohi Yazdigard■
III ibn Shahriyor (632 — 651)
arablar ta’qibidan qochib, poytaxtj
kutubxonasidagi kitoblarni o‘zi bi-
lan Marvga olib kelgan. Xalifalik
qo‘l ostiga o‘tgach ham Marvj
o‘zining qadimgi mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy
markazga, balki fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy marka-
ziga aylangan.
Horun ar-Rashid vafoti (809-yil)dan so‘ng xalifalik taxtiga Mu-
hammad al-Amin (809—813) chiqadi. Uning akasi Abdulloh bi-
lan taxt uchun (809—813-yillarda) olib borgan kurashi (Horun ar-
Rashid o‘g‘li Abdullohni 806-yilda Movarounnahr va Xurosonning j
noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi.
Muhammad al-Amin qatl etiladi. 0‘sha yili (813-yili) Abdulloh al-
Ma’mun nomi bilan taxtga o‘tiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga
bormay, 819-yilga qadar Marvda yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru
ozdavri
oiimiari uchun aastu-
riiamai bo'lib xizmat
Islom Karimov.
fozillami to‘playdi. 819-yili al-Ma’mun barcha saroy a’yonlari va olimlari bilan birga Marvdan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy ham bo‘lgan. Bu davrda xalifalikda Horun ar- Rashid farmoni bilan bino qilingan ikkita rasadxona va boy kutub- xona bor edi. Abu Rayhon Beruniy ma’lumotiga qaraganda, rasad- xonalardan biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchi- si Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida joylashgan. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz — “Bay! ul-hikma” (“Donishmandlik uyi”) olimlari ilmiy tadqiqotlar olib borardi. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniy ham bo‘lgan. Ahmad al-Farg‘oniy av- val Bag‘doddagi rasadxonada tadqiqotlar olib bordi, so‘ngra al- Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘mini aniqlash, yangicha “Zij” yaratish ishlariga rahbar- lik qildi.
Ahmad Farg‘oniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemey- ning “Yulduzlar jadvali” asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chi- qish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning jo‘g‘rofiy koor- dinatalarini yangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tad- qiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot, riyoziyot va jug‘rofiyaga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirishda ham Ahmad Farg‘oniyning xizmati kat- ta. Bulardan tashqari, u ayrim astronomik asboblarni ixtiro etish, falakiyotga doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va tartibga solish ishlariga ham muhim hissa qo‘shdi. 832—833- yillarda Ahmad Farg‘oniy Shorn (Suriya) shimolidagi Sinjor dash- tida Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumot 861-yilga man- subdir. 0‘sha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Ja’far al-Mutavakkil
(hukmronlik yillari 847 — 861) buyrug'iga binoan Ahmad Farg‘oniy Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misming Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi va bu inshootni yasaydi. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g'oyat ulugvor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan. Garchi Ahmad al-Farg‘oniy haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lsa-da, o‘rta asrlarda sharq ilmiy dunyosida uning nomi mash- hur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (10-asr), Ibn al-Kiftiy (12—13-asr), Abul Faraj Bar Ebrey (13-asr) va Hoji Xalifa (17-asr) kabi Sharq tarixchi va fihristchi (biobibliograf) lari uning nomini o‘z asarlarida qayd etganlar.
Yozma manbalarda qayd etilishicha, Ahmad Farg‘oniy ilk o‘rta asr falakiyot, riyoziyot va jo‘g‘rofiya ilmlari yo‘nalishida bir qancha ilmiy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” (“Kitob al-harakot as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum”) dir. Bu asar “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, 1145- va 1175- yillarda Yevropada lotin va ivrit tillariga tarjima qilingan. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, “Alfraganus” shakli- da G‘arbda shuhrat topgan. Uning “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlari- da astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob o‘sha zamondagi astronomiya bo‘yicha eng muhim va zarur bilimlami o‘z ichiga olgan. Uning geografiyaga oid bo'limi Yer yuzidagi mamlakat va shaharlar haqida eng boshlang‘ich va zaruriy bilimlarga bag‘ishlangan bo‘lib, “Yerdagi ma’lum mam- lakatlar va shaharlaming nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” deb atalgan. Asarda falakiyot va geografiya ilmlarining asosiy mazmuni, vazifalari va qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etilgan. Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil
osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joydan turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi l^ilan ularning ko‘rinishi ham o'zgarishi haqida qimmatli mulo- hazalar bildirilgan. Umuman Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya aSoslari haqidagi kitob” asari o‘rta asr musulmon Sharqi mam- lakatlarida, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlarida astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Ahmad Farg'oniy asari- ning lotincha tarjimasi birinchi marta 1493-yilda tosh bosma usulida nashr etildi. Yevropa Uyg'onish davrining mashhur olimi, nemis astronomi va matematigi Regiomontan (1436—76) 15-asr- da Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini Ahmad Farg‘oniy asarlari asosida o‘qigan. Ahmad Farg‘oniy nomi italyan shoiri Dante Aligeri (1265—1321) va nemis shoiri Iogann Fridrix Shiller (1759—1805) tomonidan ham tilga olinadi. 1669-yili mashhur golland matematigi va arabshu- nosi Yakob Golius Ahmad Farg‘oniy asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng Ahmad Farg‘oniy va uning asarining shuhrati yanada ortdi.
Yevropa olimlaridan J. L. D’Alamber, K. Brokkelman, X.Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B. A. Rozenfeld Ahmad Farg‘oniyning ijodi va qoldirgan ilmiy merosi- ga yuqori baho berganlar.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 7 asari saqlanib qolgan (lekin bular hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan). Asarlarning qo'lyozmalari jahonning turli shaharlari — Berlin, London, Parij, Tehron, Toshkent, Dushanba, Mashhad, Patna, Rampur, Halab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda.
Ahmad Farg‘oniyning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish 0 zbekistonda mustaqillikdan keyin boshlandi. 1998-yili 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Ahmad
Ahmad Fargoniy haykali
(^arg‘ona).
Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqa-
ro miqyosda keng nishonlandi.
Farg‘ona shahrida Ahmad
Farg‘oniy nomi bilan ataladigan
istirohat bog‘i barpo etildi. Musul-
mon mamlakatlari bo'ylab safarga
chiqqan Zahiriddin Muhammad
Bobur nomidagi ekspeditsiya
a’zolari 1997-yil 5-dekabrda
M is rd a bo‘lishib, Ahmad
Farg‘oniy hayotini o‘rganishlari
natijasida u Misming Fustat shah-
rida vafot etganligi, Munattam
tog‘ining sharqiy qismidan sal
narida joylashgan Imom ash-Shofe
qabristoniga dafn etilganligini aniqlashdi. Vaqt o‘tishi bilan uning
qabri yo qolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproq Farg‘ona
vodiysining Quva shahrida 1998-yilda barpo etilgan ramziy qabrga
qo yildi va shu joyga Ahmad Farg'oniyga haykal o‘rnatildi.
YUNESKOning 1998-yildagi tadbirlari, 0‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasining “Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining
1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori (1997-yil 27-noyabr)ga
ко ra alloma hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, ba-
diiy ко rgazmalar o'tkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar
(dramaturg Hayitmat Rasulning “Piri koinot”, Yo‘ldosh Sulay-
monning Farg ona farzandi”, Nurulloxon Hoji Abdulloh o‘g‘lining
Bashar allomasi ’) sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi. 16-asr-
dayoq Oydagi 20 km li yirik kraterlardan biriga Ahmad Farg'oniy
nomi qo yildi. Farg‘ona shahridagi maydon, ko‘chaga Ahmad
Fargoniy nomi berilgan.
34
I mom Buxoriy qabri ustiga o‘rnatilgan sag‘ana.
Imom Buxoriy islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk mu- haddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuri- tiladi. Imom Buxoriy Buxoro shahrida tavallud topgan. Otasi Is- moil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan bo‘lgan. U faqih, mu- haddis, molikiylik mazhabining asoschisi Molik ibn Anasning sho- girdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o'rganishga va yodlash- ga kirishgan. Taniqli muhaddislar — al-Dohiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otla- nishi mumkin edi. Imom Buxoriy 16 yoshga yetguncha o‘z yurtida- 8i mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825-yilda Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |