«oAl-jome’ as-sa-
» kitobi islom dini-
da Qur'oni karimdan
keyirmi ikkinchi mu-
(jaddas manba bo'lib,
ahli islom e’ti(jodiya
ko'ra, и bashariyat to-
mon-idan bitilyan
larniny eny
hisoUanadi JWana, on
ikki asrdirki, bu kitob
millionlab insonlar
nun
lan munavvar etib,
va diyonat w'liaa chor-
с/ с/ С/
Makkaga kelib, haj ibodatini ado
etadi. Onasi va akasini Buxoroga
qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu
yerda faoliyat ko‘rsatayotgan
mashoyixlarning ilmiy yig'inida qat-
nashadi. 827-yili Madinaga boradi.
Madinadagi mashhur ulamolardan
Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn
Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va
boshqalar bilan muloqotda bo‘lib,
ulardan hadislar bo‘yicha saboq ola-
di. 0‘z vaqtida Rasulullohning sa-
hobalari, sahobalarning izdoshlari
turli mamlakatlarga tarqab ketgan
edilar. Shunday sharoitda Muham-
mad (as)ning hadislarini toplash turli
shahar va mamlakatlarga borishni
taqozo qilar edi. Bir necha tarixchi-
laming ta’kidlashicha, Imom Buxoriy*
Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom
etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag'dodga safar qiladi. Shorn va
Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Marv, Balx, Hirot, Nishopur,
Ray, Jibol kabi shaharlarda bo'lib, bu shaharlardagi olimlardan
saboq oladi va hadislar to'playdi. Xorijiy yurtlardagi safardan ke-
yin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. U11
zotning bu sa’yii harakatlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qil-1
gan Holid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli
Imom Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin Samarqand I
yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi va I
shu yerda vafot etadi.
Islom Karimov.
far
Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va
nioddiy jihatdan qo'llab-quwatlagan. Tijorat qilganda topgan
daromadidan oyiga besh yuz dirhamdan faqiru miskinlarga, ilm
toliblariga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-
xarajatlarga yo‘l qoymagan.
Imom Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish
bilan shug'ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri
sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy
hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-
birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq
holda olib borgan. Imom Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis
toplagan bo‘lib, shundan 100 ming “sahih” va 200 ming “g‘ayri
sahih” hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati,
iqtidori, quwai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol
qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida
etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng
buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.
Imom Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari
bizgacha yetib kelgan. Uning “Al-jomi’ as-sahih” (“Ishonchli
to'plam”) deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami
islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari
orasida eng ishonarli va mukam-
malidir. Asar bir qancha xorijiy
tillarga tarjima etilgan. Shu jum-
ladan o‘zbek tiliga ham tarjima
qilinib, 1991—96-yillarda 4 jild-
da, 2008-yilda “Sahihi Buxoriy”
nomi bilan 2 kitobda nashr etildi.
Imom Buxoriy yaratgan “Al-
adab al-mufrad” (“Adab dur-
Imom Buxoriyning «Al-jome’ as- sahih» asari qo'lyozmasi (9-asr).
donalari”) asari ham katta tar-
biyaviy ahamiyatga molik bena-
zir to‘plamdir. 1322 hadis va xa-
bar jamlangan bu asar Turkiya
va Misrda bir necha marta chop
etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi
1990-yili Toshkentda nashr qi-
lingan. Roviylarning kunyalariga
bag‘ishlangan “Kitob al-kuna”
Imom Buxoriyning «Sahihi ( Kunyalar haqida kitob ) asari Buxoriy» asari (Toshkent, 2008). 1940-yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning “At-ta’rix al-kabir” (“Katta tarix”) kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek “At-ta’rix as-sag‘ir” (“Kichik tarix”) asari ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Imom Buxoriy yaratgan “Kitob al-favoid” (“Foy- dali ashyolar haqida kitob”), “Al-jomi’ al-kabir” (“Katta ta- yanch”), “Xalq af’ol al-ibod”, (“Alloh bandalari ishlarining tabiati”), “Al-musnad al-kabir” (“Katta tayanch”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta tafsir”), “Kitob al-hiba” (“Xayr-ehson haqida kitob”) va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalari- da saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida “Tafsir al-Qur’on” (“Qur’on tafsiri”) kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dun- yosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. ]a- moat arboblari, olimu ulamolar va din.peshvolari Buxoriy asar- lariga tayanib ish tutadilar.
Istiqlol sharofati bilan Imom Buxoriyning o‘lmas merosi el- yurti bag‘riga qaytdi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining “Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Imom Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qi- lindi. 1998-yil 23-oktyabrda Samarqandda yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak (hozirgi Pay- ariq) tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi.
Imom Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Bu- xoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning “Al-jomi’ as-sahih”i tarjimalarining akademik nashrlarini tay- yorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamg‘arma o'zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni mil- liy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni o‘z °ldiga maqsad qilib qo‘ygan. 0‘zbekistonda Imom Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom insti- tutiga Buxoriy nomi berilgan. Imom Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), 4 qismli “Hadis ilmining sultoni” kinoqissa (1998) yaratilgan.
IMOM
TERMIZIY
(to‘liq ismi Muhammad
ibn Iso ibn Savra ibn
Muso ibn Zahhok
Sullamiy Bug‘iy
Termiziy) (824—892)
Imom Termiziy maqbarasi.
Mashhur alloma, buyuk muhaddis Imom Termiziy Termizda uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topdi. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam nomidagi arab qabilasiga do‘st tutingan. Bug‘iy deyilishiga sabab o‘sha vaqtda- gi Bug* nomli qishloq (hozirgi Sherobod tumani)da vafot etgan va shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgani uchun ad-Darir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tgan, dastlabki ma’lumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan o‘rgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlariga borgan. Ko‘p yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chog‘ida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, o‘zi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi bo‘yicha o‘sha davrning yirik olimlaridan ta’lim olgan. Mashhur muhaddislardan Imom Buxo- riy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Said, Ishoq
jbn Muso, Mahmud ibn G‘aylon
va boshqalar uning ustozlari
bo‘lgan.
Termiziy Imom Buxoriy bilan
uchrashganida (bu uchrashuv Nisho-
purda bo‘lgan va ikki alloma 5 yil
birgalikda yashashgan) hadisning
matninigina emas, uning hikmati va
falsafasini tushunib yetganini e’tirof
etadi. O'z navbatida Imom Buxoriy
shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan:
“Sen mendan bahra topganingdan
ko‘ra men sendan ko‘proq bahra top-
dim”, degan. Bu Termiziyga beril-
gan juda katta baho edi.
Termiziy yo‘lda ham, safarda
bo'lganda yoki bir joyda muqim
turganda ham ustozlaridan, uchrat-
gan roviylardan eshitgan hadislarni
yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib bo-
rardi. 868-yil xorij safaridan o‘z yurtiga qaytgan Termiziy ilmiy -
ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va yirik
muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, is-
lom dini va o‘z obro‘siga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo
mol-matosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning g‘amini ye-
yish Termiziyning hayot tarzi bo‘lgan. Termiziyning shogirdlari
uning ishlarini davom ettirdi. Shogirdlari ichida Makhul ibn al-
Fadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir,
Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy,
Ahmad ibn Yusuf Nasafiy kabilarni ko'rsatib o‘tish mumkin.
Termiziy o‘z ijodiy va ilmiy faoliyati davrida bir qancha asarlar yaratcliki, ulaming aksariyati bizgacha yetib kelgan. Ishonarli to plam” (“Al-Jomi’ as-sahih”), “Payg‘ambar alayhissalomning shakl va si- fatlari” (“Ash-Shamoil an-nabaviya” yoki “Ash-Shamoil an-nabiy sallallohu alayhi va sallam”), “Hadislardagi illatlar ( Al-Ilal fil- hadis”), “Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola” (“Risola fil- xilof val-jadal”), “Tarix” (“At-Tarix ), Zohidlik kitobi ( Kitob uz-zuhd”), “Ismlar va kunyalar kitobi” (“Kitob ul-asmo val-kuno”) kabi asarlar shular jumlasiga kiradi. Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, “Al-Jomi’ as-sahih bo lib, 6 ta ishonchli hadislar to'plamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda “Jomi’ at- Termiziy”, “Sahihi Termiziy”, “Sunani Termiziy” nomlari bilan atalib, musulmon olamida yuksak qadrlanadi. Termiziyning muhim asarla- ridan yana biri “Ash-Shamoil an-nabaviya Muhammad (alayhissalom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilaming diqqatini o‘ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi g‘oyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. “Ash-Shamoil an- nabaviya”ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar payg'ambaming suvrat (tashqi qiyofasi)iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosi-yu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bag'ishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qo‘lyozmasi Toshkentda, 0‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. “Ash-Shamoil an- nabaviya” o‘zbek tiliga o'girilib so‘nggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me’moriy yodgorligi qayta ta’mirlanib, qutlug‘ ziyoratgohga aylantirildi.
ABU MANSUR MOTURIDIY
(toTiq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870—944)
Abu Mansur Moturidiy yodgorlik majmui.
Imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Abu Mansur al-Moturidiy “Imom al-hudo” (“Hidoyat yo‘li imomi”), “Imom al-mutakallimin” (“Mutakallimlar imomi”) nomlari bilan ulug‘langan. “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan. Samarqandning Moturid qishlog‘i (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bog‘ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi Al-Ayoziy madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqihlardan ta’lim oldi, Abu Bakr Ahmad al- Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustug‘faniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmu’in an- Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyati- ga ko‘ra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi.
Moturidiyning asosiy asarlari “Yakkaxudolik haqidagi kitob” ( Kitob at-tavhid”), “Sunniylik an’analari sharhi” (“Ta’vilot ahl
(1Л1 Zot 0808 solgan
moturidiya maxtabi
ill I
Do'stlaringiz bilan baham: |