«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти



Download 3,2 Mb.
bet4/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

janub “Quyosh soati tekisligida soat
yasash” (Ayo Sofiya kutubxonasi-
da saqlanadi) kitobida gorizontal
tekislikda quyosh soati yasash,
ya’ni soyasi mil vazifasini o‘tovchi
plastinka — gnomon o‘rnatish va
soat shkalasini chizish qoidasi,
Quyosh soati sxemasi. . . 1 1 1 1
gnomon soyasining shkaladagi
holatiga qarab vaqtni aniqlash usuli bayon qilinadi. Gnomon
soyasining uchi sirpanadigan chiziq — giperbolani yasashda qutb
koordinatalari sistemasi qo‘llangan va bu analitik geometriyaga
oid dastlabki faktlardan hisoblanadi. Xorazmiyning “Yahudiylar
taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asari (Hindiston-
ning Patna shahrida saqlanadi) olimning etnografiya bilan
shug‘ullanganidan dalolat beradi. Bu asarda yahudiy taqvimi, uni
boshqa taqvimlarga o‘tkazish, yahudiylar bayramlari va ularni










taqvimda belgilash qoidalarini,
ayrim muhim astronomik
ma’lumotlarni beradi. Quyosh
yilining uzunligi 365 kunu
8760 soat, ya’ni 365,242265 kun-
ga teng ekanligi aytiladi. Bu o‘z
davri uchun juda aniq ma’lumot
bo‘lgan. Tarixchilar bu asar aslida
Xorazmiyning etnografiya va
taqvimlarga oid yirik asaridan
ko‘chirib olingan parcha bo'lishi
kerak, deb taxmin qilishadi.
Xorazmiy yunon olimi Ptole-
meydan keyin yashagan buyuk
geograflardan birinchisi sanaladi.
Uning “Surat al-Arz” asari (boshqa
nomi “Al-Xorazm geografiyasi”,
to'liq nomi “Ptolemey taklif etgan
“Geografiya” kitobidan Abu Ja’far
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
taskin etgan Yer surati — shaharlar, tog'lar, dengizlar, orollar va
daryolar kitobi”) fan tarixidagi muhim manbalardan biridir. Ki-
tob Ptolemeyning “Geografiya”si asosida yozilgan bo‘lsa-da,
shunchaki sharh emas, balki mustaqil asar hisoblanadi. Unda
birinchi marta Yer sirtini yetti iqlimga bo‘lish ilmiy yondashuv
bilan, iqlimlarning geografik kattaliklari asosida berilgan hamda
2402 geografik obyekt haqida ma’lumotlar, xususan, ularning
kengligi va uzunligi keltirilgan (bu ma’lumotlarning ko‘pi Ptole-
my “Geografiya”sida berilmagan). Xususan, Xorazmiy geografiya
tarixida birinchi marta Tinch okeanini tilga oladi. U o‘zi yashagan





Nil havzasining Xorazmiy chizgan xaritasi. (Strasburg. Fransiya).


25




joylardan juda uzoqdagi boshqa obyektlar: Atlantika va Hind okeanlaridagi orollar, jumladan, Buyuk Britaniya, Idandiya, Sa- randib (Shri Lanka) joylashuvini to‘g‘ri tasvidaydi. Kitobda tas- vidangan xaritalar xaritagrafiya tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu kitob 12-asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan va geografiya fani rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Xorazmiyning “Kitob at-tarix” (Xorazmiy “Tarix”i) asarida Muhammad (alayhissalom) hayoti bilan bog‘liq sanalar, islom tarixi­dagi muhorabalar, Quyosh tutilishlari, 713-yil 10-martda Antiox- iya shahrida yuz bergan dahshatli zilzila, xalifalikdagi siyosiy hod- isalar qayd etilgan. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan olingan ko‘chirmalar juda ko‘p tarixnavis olimlar (Yoqut Rumiy, Ya’qubiy, Elias Bar Shinoyi, Hamza Isfahoniy, at-Ta- bariy, al-Mas’udiy va boshqalar) kitoblarida uchraydi. Bundan ko‘rinadiki, Xorazmiyning “Tarix”i o‘z davrida mashhur bo‘lgan va keng tarqalgan. Asar o‘sha davrning boshqa tarixchilari yozgan kitoblaridan voqealarni aniq qayd etilishi bilan ajralib turadi.
Ahmad al-Farg‘oniy astrolyabiyaga oid asarida Xorazmiyga tegishli sfera geometriyasi haqidagi asarni eslatadi, ammo u hozir- gacha topilmagan. Xorazmiy fanning beshdan ortiq sohasini fun­damental yangiliklar bilan boyitgani sababli fan tarixidagi ilk qo- musiy olim deb sanalishga haqli. Xorazmiy boshlagan bu an’ana keyinchalik Ibn Sino, Beruniy, Leonardo da Vinchi, Leybnis, Lomonosov, Franklin kabi olimlar tomonidan davom ettirilgan.
Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davrida- yoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al-Farg‘oniy, Xut- taliy va boshqalar uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiy o‘zining “Zij”ini yozishda hind “Sindhanta”lariga va Ptolemeyning “Almagest” asariga tayangan bo‘lsa, “Algebra”, “Arifmetika” va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. Xorazmiy asar-




larining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muhim pog‘ona vazifasini o‘tadi. Masalan, Beruniy Xorazmiyning “Zij” iga atab uchta risola bitgan.
Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani ma’lum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan so‘ng ular lotinchaga tarjima qilingan. Xorazmiyning “Algebra”, “Arifme- tika”, “Geografiya”si va “Zij”i 16-asrgacha darslik vazifasini o'tagan. Xorazmiy asarlari o‘sha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud.
19-asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy “Algebra”sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-yilda F. Rozen to‘liq hajmda London- da, 1838-yilda G. Libri Parijda chop ettirgan. Hozir bu asar- ning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915-yil, AQSh), arabcha (A.M. Musharraf, 1939-yil), ruscha (Yu.X. Kopelevich, B.A. Rozen- feld, 1964-yil) va boshqa nashrlari mavjud.
Xorazmiyning “Arifmetika”sini birinchi marta B. Bonkompani Rimda (1857), A.P. Yushkevich Moskvada (1954), K. Fogel Germaniyada (1963) chop ettirishgan.
Xorazmiy “Zij”ini o‘rganishga ham katta e’tibor berilgan. Uni 1914-yilda N. Zuter, so‘ng O. Neygebauer (1962), V.Millas, Golsteyn (1963) va boshqalar nashr qilishgan. 1919 yilda F.J. Videman “Astrolyabiya bilan amallar haqida kitob”ini nashr etdi.
Xorazmiyning “Geografiya”si birinchi marta X. fon Mjik to- monidan chop etilgan (1926). Olimning boshqa qo‘lyozmalarini izlab topish, o‘rganish, chop etish va taijima qilish matematika tarixi sohasining dolzarb muammolaridan bo‘lib qolmoqda.
1983-yil Xorazmiy tavalludining 1200 yilligi munosabati bi­tan uning barcha asarlari rus tilida (A.Ahmedov, A.P.Yushkevich,




В.A. Rozenfeld va
boshqalarning tarjima-
larida) hamda tanlan-
gan asadari o‘zbek tili-
da (A. Ahmedov tar-
jimasida) nashr etildi.
Xorazmiy ilmiy
merosini o‘rganish va
uning fan taraqqiyoti-
ga qo‘shgan hissasini
targ'ib qilishda nom-
lari yuqorida zikr etilgan olimlardan tashqari J. Sarton, E.S.
Kennedi, D. King (AQSh), S.A. Nallino (Italiya), X. Zema-
nek (Avstriya), A. Allar (Belgiya), R. Rashed (Fransiya), S.
Brokelman, D. Samploinius (Germaniya), М. M. Rojanskaya
(Rossiya) va boshqalar ham muhim hissa qo‘shgan.
O'zbekistonda Xorazmiy hayoti va faoliyati bilan birinchi bo‘lib T.N. Qori-Niyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va 0‘rta Sharq fani tarixi, jumladan, Xorazmiy merosini o'rganish va dunyo miqyosi- da targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko'lamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Tosh­kent va Urganch shaharlarida) Xorazmiyning jahon sivilizatsi-! yasida tutgan o'rnini belgilashda muhim tadbir boTdi. Urganch davlat universiteti Xorazmiy nomi bilan atalgan. Xiva shahrida Xorazmiyga haykal o‘rnatilgan.





Muhammad Xorazmiy haykali (Xiva shahri).




IAD FARG'ONIY
(to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxminan 797—865)


Astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo'nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan qomusiy olimlardan Ahmad al-Farg‘oniy Farg‘onaning Quva shahrida tug‘ilgan. Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mash- hur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risida juda oz, uzuq- yuluq ma’lumotlar yetib kelgan. Ahmad Farg‘oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti arab xalifalari — Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida Mo- varounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko‘plab mutafak- kirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tarixiy davrda kechdi. Ahmad Farg‘oniy xalifa Horun ar-Rashid (786—809) vo- rislari al-Ma’mun (813—833), Mo‘tasim (833—842) va Mu- tavakkil (846—861) hukmronlik qilgan davrda yashadi; awal Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay at (falakiyot — astronomiya), riyoziyot (matematika) va Jug rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi.





Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish