«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти


Kishi ilmni kasb, hunar qilib olmasligi va uni mol-dunyo topish vositasiga aylantirmasligi kerak



Download 3,2 Mb.
bet10/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

Kishi ilmni kasb, hunar qilib olmasligi va uni mol-dunyo topish vositasiga aylantirmasligi kerak.
Bordi -yu, axloqi hozir biz aytgan gaplarga teskari bo‘lgan kishilar topilguday bo'lsa, undaylar hech qachon hakimlar jumlasiga kirmaydilar...
Daraxtning kamolga yetgani mevasidan bilinganidek, baxt-saodat yaxshi xulqlar bilan mukammal bo'ladi.
Kimki o'zini o'z darajasidan yuqori qo'ysa, unday kishi uchun kamolot yo'li to'siladi.




Shofi’iylik mazhabining yetakchi olimlaridan biri, muhaddis,
faqih, tilshunos, shoir Qaffol Shoshiy Hazrati Imom (qisqacha


  • Hastimom) nomi bilan mashhur. Alloma, shuningdek, mohir
    hunarmand ham bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongani bois
    “Qaffol”, ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan e’zozlangan va
    bu so‘z uning taxallusiga aylanib ketgan. U chuqur bilimi, ulkan


ishlari evaziga “Imom al-Kabir” (“Ulug‘ imom”) deb ta’riflanga
Qaffol Shoshiy Shosh (Binkat)da hunarmand oilasida tug‘ildi
Dastlabki bilimini o‘z yurtida, keyinchalik Samarqand, Buxoro,
Termiz kabi shaharlarda olib, o‘zidan awalroq o‘tgan Imom

Buxoriy, Imom Termiziy kabi yirik allomalar merosi bilan tanish-
di. Taniqli muhaddis va ilohiyotchi Haysam ibn Kulaybdan,
shuningdek, Shoshiy Xuroson, Iroq, Shomda boTib zamonasi-

ning yetuk allomalaridan tahsil oldi. Arab Sharqi mamlakatlar
bo‘ylab uzoq safarda bo‘ldi, ancha vaqt Bag‘dodda yashadi

Mashhur imom Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn as-Surayjiy
(850—918)ning shogirdi bo‘lgan. Xalifalikda turli lavozim, vazi'
falarni ado etgan. Xususan, xalifalikka tahdid etib turgan
Vizan-


58


OL
SHOSHIY
(to‘liq ismi Abu Bakr
Muhammad ibn Ali ibn
Ismoil Qaffol ash-Shoshiy
al-Kabir) (903—976)


Qaffol Shoshiy maqbarasi.


tiya imperatori Nikifor Foka (963 —


969) nomidan musulmonlarga yuboril-
gan haqoratli she’riy maktubga Qaffol
Shoshiy javob qasidasini yozgan. Nati-
jada bu raddiya xalifalik boshiga tush-
gan xavf-xatarni bartaraf etilishiga sa-
bab bo‘lgan. Xalifa Muti’lilloh (946—

974) Qaffol Shoshiyga xizmati evaziga
Usmon Mushafini berganligi manbalarda
zikr etilgan. Qaffol Shoshiy haj safar-

, ., , . . , i-r i-i L-i л /• • Qaffol bhoshiy qabn.
landan binda xaliralik bilan Vizantiya
o'rtasidagi urushga qatnashishiga to‘g‘ri kelgan. Jangda vizanti- yaliklar g‘olib chiqib o‘n ming musulmonni, jumladan Qaffol Shoshiyni asir olganlar. Qaffol Shoshiy Tavrotning asl nusxasini arab tiliga tarjima qilib bergani uchun imperator uni va boshqa asirlarni ozod etgan. Bag‘dod xalifasi uning bu xizmati evaziga va allomaning iltimosiga ko‘ra Toshkent shahrida sug‘orish ishlari olib borish uchun xazinadan 160 ming tanga in’om etgan.
Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofi’iylik mazhabini targ‘ib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qo‘shdi.
Qaffol Shoshiy faqihlar ichida birinchi boTib “Yaxshi bahs- munozara” (“al-Jadal al-hasan”) bo‘yicha asar yozgan. Shu- ningdek, uning “Fiqh asoslari bo‘yicha kitob” (“Kitob fi usul al'fiqh”), “Risola sharhi” (“Sharh ar-risola”), “Qozi odobi” ( Adab al-qozi”), “Payg‘ambarlik dalillari” (“Daloil an-nubuv- Vat ). “Shariat go‘zalliklari” (“Mahosin ash-sharia”), “Hik- j^atli iboralar to‘plami” (“Javomi’ ul-kalim”) kabi asarlari is- 0rn olamida mashhur bo‘lgan. Qaffol Shoshiy she’rlar ham ^°zgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojuddin as-Subkiyning





Hazrati Imom me’moiry majmuasi.




“Shofi’iylik mazhabi darajalari” (“Tabaqot ash-Shofi’iya”) ki­tobi orqali saqlanib qolgan.
Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Alloma qabri atrofida keyinchalik Hazrati Imom maj­muasi shakllangan. Majmua tarkibidagi Namozgoh masjidida o‘tmishda shahar aholisi juma va hayit namozlarini o‘qigan. Mustaqillik yillarida davrlar o‘tib xaroba holiga tushib qolgan majmua tubdan qayta ta’mirlandi. 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan boshlangan 2007- yildagi ulkan ta’mirlash ishlari natijasida Hazrati Imom jome masjidi bunyod etildi. Masjid poytaxtimizdagina emas, yurtimizdagi eng katta masjid hisoblanadi. Hozirda majmua hududi xalqimizning sevimli sayilgoh, ziyoratgohlaridan biriga aylangan.


60







Abu Rayhon Beruniy ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi, o‘rta asming buyuk daholaridan. 0‘z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mate­matika), ilohiyot, ma’danshunoslikni puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Beruniy Xorazmdagi qadim­gi Kot shahrida tug'ildi. Uning nasl-nasabida “berun” so‘zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildiradi.


ABU RAYHON BERUNIY
(to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy)
(973.4.9—1048.11.12)


Beruniy yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta’lim olgan. Ibn Iroq falakiyot va nyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag‘ishlagan. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo‘r hurmat bilan tilga olgan.
Beruniy fanning deyarli barcha sohalari bilan shug‘ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o'rgandi, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo‘lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham bo‘lgan. Ona tilidan tashqari arab,


6i




3deruniy ilmiy та- salalarda ham, tarixiy voqea hodisalarya, oz zamondoshlariya baho bemfuk ham o'k xdis- lik va haqqoniylik bi­lan fikr yurityan.
Islom Karimov.


sug‘diy, fors, suryoniy, yunon va
qadimgi yahudiy tillarini egalladi.
Keyinchalik Hindistonda sanskrit

tilini o'rgandi. O'z ilmiy asarlari-
dan birida yozishicha, Beruniy
Xorazmda yashagan davrida 990-
yildan Kot shahrida muhim as-
tronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu
kuzatishlar uchun o‘zi astronomik
asboblar ixtiro etgan. Mamlakatda
taxt uchun boshlangan kurashlar
olimning bu ilmiy ishlarini davom

ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hu-
jum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat to‘ntarishi
bo'lib, Kot Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olindi.

Beruniy hayoti xavf ostida qolganini sezib, 22 yoshida vatanini
tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi. U qadimgi Ray shahr
(hozirgi Tehron yaqinida) ga bordi. Rayda ancha og‘ir hayot
kechirdi, moddiy qiyinchiliklarga duchor bo‘ldi. Olim 998-yildan

keyin Jurjonga keldi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyot-
shunos va faylasuf Ali Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan
ta’lim oldi. 0‘sha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida ziyoriylar su-
lolasi (928—1042) hukmronlik qilgan; bu sulolaning vakili Qobus
ibn Vashmgir (1012-yili o‘ldirilgan) yosh olimni o‘z himoyasiga
oladi. Mashhur sayyoh, geograf, adib, tarixchi Yoqut Hama-

viyning yozishicha, Qobus ibn Vashmgir Beruniyga vazirlik lavo-
zimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo‘lmagan.
Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Al-osof al boqiya an al-qurun al-holiya ”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-yilda tamomlagan. Beruniy uni yozishg3


62




juda katta tayyorgarlik ko‘rdi. Qunt va matonat bilan turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini o‘rgandi. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada bo‘lgan va qo‘lyozma shaklida ayrim shaxslar qo‘lida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi uning nihoyatda iste’dodli ekanini ko‘rsatadi.
Beruniy 1005-yilda Xorazmga qaytadi va ma’lum vaqtdan keyin yangi hukmdor Ali Abbos Ma’mun II uni saroyga yaqin- lashtiradi. 0‘sha davrda Xorazmshoh saroyida ko‘p mashhur olimlar to‘planib, fanning turli sohalarida ilmiy ishlar olib bora- dilar. “Ma’mun akademiyasi” deb nomlanadigan bu anjumanning faoliyatida Beruniy muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, u shoh Ma’munning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniyning Ibn Sino bilan yozish- malari ham uning Xorazmda turgan davrida bo‘lgan. Ularning savol-javoblaridan va Beruniyning Ibn Sinoga yozgan e’tirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan ham qiziqqanini ko'rsatadi. Savol-javoblarda ikki mashhur olim fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borishgan. Xorazm Mahmud G aznaviy tomonidan bosib olingach (1017), Beruniy Xorazm­shoh saroyidagi boshqa bir qancha olimlar bilan birgalikda G‘azna shahriga olib ketildi. Beruniyning G‘aznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. G‘urbatda hayot kechir- §an olim o‘zining barcha vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf etdi. beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning geodeziyaga oid muhim asari — “Tahdid ni- hoyot il-amokin li tashih masofot il-masokin” [“Turar joylar (°rasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralari- belgilash”] 1025-yil 18-noyabrda yozib tugatilgan. Bu asar-




ning birdan-bir qo‘lyozmasi Istanbulda saqlanadi; birinchi marta rus tiliga shu qo'lyozmadan “Geodeziya” nomi bilan tarjima qj. lindi (Toshkent, 1966-yil). “Geodeziya” asari Beruniy dunyo. qarashini belgilashda boy manbalardan biri boTib hisoblanadi.
“Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” asari ham G'aznada 1029-yil yozilgan. Asaming forscha va arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o‘sha davr astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Beruniyning mashhur “Hindiston” asari —“Tahqiq mo lil-hind min ma’qula maqbula fil-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig'adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi”) 1030- yilda yozilgan. Bu asar G‘arb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlarida Beruniy shohga hamroh bo‘lgan. Garchi olimning Hindistonda qachon va qanday yashagani aniq bo‘lmasa-da, Xorazmdan olib ketilgandan keyin bir oz vaqt Hindistonning shimolidagi Nandna qal’asida yashagani ma’lum. Hindistonda sanskrit tilini puxta o‘rganishi uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o‘sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu mamlakat ha- qida o‘lmas asar yaratishiga imkon berdi. “Hindiston” asari hajm jihatidan juda katta boTib, unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya, elshunoslik, qonun va urf-odatlar, falsafa, din, tarixiy-diniy rivoyatlar, hind yozuvining turlari haqida ma’lumotlar bor. Hozirgi zamon Hindiston olimlari Beruniyning bu asarini hind madaniyati tarixini yoritish nuqtai nazaridan juda yuqori baholay- dilar va muhim manbalardan biri deb hisoblaydilar. Ularning ta’kidlashicha, Beruniy o‘z asarida bizgacha yetib kelmagan san- skritda yozilgan ko'pgina manbalardan foydalangan.
Beruniy astronomiyaga oid “Mas’ud qonuni” (“Al-Qonun al-Mas’udiy”) asarini G‘aznaviylar davlati hukmdori (1030—41).


jyjahmud G‘aznaviy o‘g‘li sulton Mas’udga bag'ishladi. Kitob­ning qachon yozib tugatilgani aniq emas. Bu asar Beruniyning falakiyotga doir eng muhim asaridir. 0‘rta asr olimlari bu asarni juda yuksak baholaganlar. Shundan keyin u yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”, ya’ni “Kitob al- jamohir fi ma’rifat al-javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilib olish Ьо‘у1с^а ma’lumotlar to‘plami”)dir. Bu risola o‘z davri uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, Yevropada mineralogiya so- hasidagi eng yaxshi asar hisoblangan. Uning oxirgi asari — “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”ning qo‘lyozmasi 20-asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar “Saydana” nomi bilan mash­hur, unda Sharqda, jumladan, Turkistonda o‘sadigan dorivor o'simliklarning tavsifi berilgan.


Beruniy hozirgi Afg‘onistonning G‘azna shahrida vafot etgan.
Beruniy fanning barcha sohasida samarali ijod qilgan. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy tad­qiqotlar olib borishdagi zo‘r qobiliyati zamondoshlari va undan keyingi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. 1035—36-yillarda Beruniy o‘z ilmiy ishlarining ro‘yxatini tuzgan. Bunda shu vaqtgacha yozgan kitob va risolalari 113 taga yetgani ko‘rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo‘shsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Ko‘p asarlari o‘z davrining o‘ziga xos bir ensiklopediyasi hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya
geodeziya, 3 tasi ma’danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi •qlimshunoslik, 1 tasi fizika, 1 tasi dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga °iddir. Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni taqima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigi- na ma’lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topil-


65




ganicha yo‘q. Beruniy ijodini o‘rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o‘tgan asr oxirlaridan boshlandi. Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Mas’ud qonuni”, “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” va boshqa asarlarining matni nashr etildi va turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va o‘zbek tillarida chop etildi.
Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. U o‘z ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasida Ptolemey naza- riyasiga suyansa ham, lekin Yerning harakati haqida o‘sha davrdagi hukmron nazariyaga zid bo‘lgan fikrlarni bayon etgan. “Hindis­ton” asarida “Yerning aylanish harakati falakiyot fani hisoblariga hech qanday zid kelmaydi, balki Yerda yuz beradigan hodisalar, uning harakati bilan birga bir tekis davom etaveradi”, degan fikrni bayon etadi. “Istagan xil astrolyabiyani tayyorlashning turli usullari haqida” risolasida Abu Said as-Sijziy astrolyabiyasi ha­qida gapirib juda muhim xulosaga keladi: “Uning negizi osmon harakatlanishiga emas, balki Yerning harakatlanishiga asoslanganligi uchun men uni juda ham ajoyib kashfiyot deb hisoblayman”. Beruniy yoritqichlar harakatini handasaviy izohlash asosida dam­ning tuzilishini tushuntiradigan geosentrik va geliosentrik sistema teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. “Geodeziya” asarida geosentrizm bilan bog‘liq boigan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan olim dunyoning geliosentrik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlash- ga hissa qo‘shdi. U osmon yoritqichlarining harakat trayektoriya- si va shakli ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olimlardan. Beruniyning bu bashorati nemis astronomi va mate- matigi Iogann Kepler (1571—1630) kashfiyotlarini ma’lum dara- jada oldindan aytish edi. Beruniy o‘z asarlarida ayrim hodisalar







to‘g‘risida ham yozgan. Masalan, birinchi bo‘lib Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan.
U amaliy astronomiya masalalari bilan ham juda ko‘p shug ullangan. 0‘zining aniq va puxta astronomik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi og‘ishining kattaligi (23°34’) va ekliptika og‘ishi uzunligining asriy o'zgarishlarini belgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qadimgi va o‘ziga zamondosh bo‘lgan astronomlarga qaraganda ancha aniq natijalarga erishgan. Beruniy 1029 ta yul- duzning koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduz- lar jadvalini tuzgan.
Beruniy o‘z zamonasining ulkan matematiklaridan biri bo‘lgan. Uning matematika faniga qo‘shgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari ma’lum tartib bilan ta’riflangan. Olim arifmetika va algebrasining katta yutug‘i shun- dan iboratki, unda irrasional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqli predmeti bo‘lib qoldi. Arifmetika sohasida u mash­hur uchlamchi qoidani ko‘rib chiqdi va besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qildi. Beruniy, ayniqsa, trigonometriya sohasida katta yutuqlarga erishdi. Hozirgi ba’zi tadqiqotchilar Beruniyni trigonometriyaga mustaqil fan sifatida qaragan birinchi olim deb e tirof etmoqdalar. Beruniy trigonometrik funksiyalarning umumiy qonuniyatini topish yuzasidan ish olib borgan. “Al-Qonun al- Mas’udiy” asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. U trigonometrik funksiyaning chiziqli va kvadrat interpolitiv qoi- dasini ishlab chiqdi, o‘rtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha o‘nli raqamlar uchun P ^iqdorini aniq hisoblab chiqdi.




Geografiya, geode-
ziya va geologiya fanlari
sohasida ham Beruniy-
ning hissasi beqiyos.
Tasviriy geografiya so-
hasida Beruniy
geografik adabiyotda
mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarni umum-
lashtirib o‘ziga zamon-
dosh bo‘lgan sayyoh va
savdogarlar to‘plagan
ma’lumotlar bilan uni

yanada boyitdi. Olim qoldirgan geografik ma’lumotlaming ko‘pi
muayyan geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida bi-
rinchi manba hisoblanadi. Beruniyning o‘sha vaqtda uncha ma’lum
bo‘lmagan shimoliy o‘lkalar, Boltiq va Oq dengiz haqidagi
ma’lumotlari, Sibirning “bizda yoz bo‘lganda, u yerda qish
bo‘ladigan” joylari haqidagi xabarlari ayniqsa qiziqarli. Beruniy
Xitoy va Tibetga tutash o‘lkalarni ham o'zidan oldingi olimlarga
nisbatan to‘la va aniq tasvirlagan. Ptolemeyga qarama-qarshi
Atlantika va Hind okeanlarining janubiy tomoni bir-biriga tu-
tashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qit’alari orasida
bir vaqtlar bo‘g‘oz bo‘lgan va Yer sharining janubiy tomoni qu-
ruqlik bo‘lgan deb taxmin qiladi. U qoldirgan noyob ma’lumotlar
Sharq geografik adabiyotida muhim rol o‘ynagan.

Tarixda Amerika qit’asini 1492-yil oktyabr oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham ma’lum- Olim o'zining “Hindiston” asarida yer yuzasining tuzilishi,





Beruniy tuzgan dunyo xaritasi.


I


dengiz va quruqlik to‘g‘risida gapirib, “...Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g‘arb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) o‘rab turibdi. Bu Muhit okeani yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo'lishi mumkin bo‘lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g'arbdan va sharqdan) ajratib turadi...” deb yozgan. Shunday fikrni “Al-Qonun al-Mas’udiy” asarida ham uqtiradi. Demak, G'arbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlik- ning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qit’aning mavjudligini Beruniy yevropalik olimlardan 450 yilcha oldin taxmin qilib, o‘z asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning G‘arbiy ya­rim sharda katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi fikri 15 —16- asrlarda o‘z tasdig‘ini topdi.


Beruniy matematik geografiya taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdi. U joylarning geografik uzoqligi va kengligini aniqlash yollarini ishlab chiqishda yangiliklar ochdi: trigonometriya va geometriyani keng qo‘llash orqali o‘zidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi.
Uzoqliklarni belgilashda ham Beruniy tomonidan ishlab chi- qilgan yangi metod ungacha qo‘llangan metodlarga nisbatan eng mukammali bo‘lgan. Turli geografik joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda u erishgan natijalar hozirgi zamon olim- larini ham hayratda qoldirmoqda. Beruniyning Yer shari o‘lchamlari haqidagi ma’lumotlari yunon, hind olimlari va o‘ziga zamondosh bo lgan Yaqin va 0‘rta Sharq olimlari xulosalariga nisbatan an- cba aniqdir. U Yer aylanasi uzunligini o‘lchashda yangi usul ishlab chiqdi. Beruniy metodida katta masofalar uchun qiyin va murakkab o‘lchovlarga emas, balki matematik hisoblarga asos- tangan. U Yer meridiani yoyining bir darajasi 110275 m ga teng deb topdi. Bu hozirgi zamon ma’lumotlariga juda yaqin.




Geologiya sohasida ham Beruniy ajoyib kashfiyotlar qilgan. Yerni o‘rganish masalasiga ilmiy yondashdi. Yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotga ega ekanligini yozdi. Turkistonning ba’zi joylari, shu jumladan Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o‘rganishga harakat qilgan ham Beruniy bo‘lgan. Uning Amudaryo vodiysining geologik o‘tmishi va Orol dengizining paydo bo'lishi haqidagi xulosalari o‘sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri hisoblanadi.
Olim “Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylana- di” degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamlarining paydo bo'lishi, tog' jinslarining yemirilishi, nurashi kabilar haqidagi xulosalari, yer qobig'ida og'irlikning muvozanat- lashib turishi uchun yer osti jismlarining joylashishi haqidagi farazlari katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, Yer qobig'ining harakati og'irlikning umumiy markaz tomon harakatiga mos ravishda vu- judga keldi. Beruniy tog'larning paydo bo'lishi va yo'q bo'lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazari- yani olg'a suradi. O'zbekiston FA akademigi H. M. Abdullayev Beruniyni geologiya sohasidagi eng buyuk nazariyotchilar qa- toriga qo'shish kerak, degan xulosaga kelgan edi.
Beruniy mineralogiya fanida ham muhim kashfiyot va xulosa- lar yaratdi. Bu sohada ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga o'zi yaratgan yangi ma’lumotlarni qo'shdi. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tas- virlash, qattiqligini aniqlash, ularning magnit va elektr xususiyat- larini kuzatish, eritib sinash kabi usullardan foydalangan. U mine' rallarni ta’riflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solish- tirma og'irligini tartibli ravishda aniqlab, mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qildi; minerallarning tabiiy tasnifi asoslarini ishlab





chjqishga urinib ko‘rdi. Uning “Mineralogiya” asari konlarni 0‘rganish, shu jumladan 0‘rta Osiyo yer osti boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho manba hisoblanadi. Minerallarning u aniqla- gan solishtirma og‘irligi hozirgi zamon o‘lchov natijalariga juda yaqin. Beruniy minerallar va qimmatbaho toshlarning paydo bo‘lishi haqida ilmiy fikrlar aytgan.


Beruniy dorishunoslik, meteorologiya, fizika kabi fanlarga ham hissa qo‘shgan. Masalan, buloq va quduq suvlarining yuqoriga ko‘tarilishi va fawora bo‘lib otilib chiquvchi buloqlar gidrosta- tikasini tushuntirishda Beruniy o‘z zamonasidan ancha ilgari ketib, bu boradagi uydirmalarni inkor etadi.
Olim biologiya sohasida tabiiy tanlanish haqida qimmatli fikrlar aytgan. U tabiiy tanlanish bo‘yicha awal insonning ongli faoliya- tini tasvirlab beradi, keyin “tabiat ham shunday qiladi, lekin u farqiga bormaydi, chunki uning harakati ongsizdir”, degan xulosaga keladi. Buyuk olim fan sohasida tajribalar o‘tkazish uchun turli asbob va uskunalar ixtiro etishda ham katta mahorat ko‘rsatdi. Ko‘p tajriba asboblarini o‘zi yaratgan. Masalan, astronomiya sohasida meridianlar yo‘nalishini aniqlash uchun “hind doirasi”ni ixtiro etgan. Bir qancha astrolyabiya konstruksiyalarini, diametri 7,5 m bo‘lgan va o‘sha zamonda eng yirik hisoblangan “devoriy kvadrant”ni yasagan. Solishtirma og‘irlikni aniqlash uchun ham maxsus asbob ixtiro etgan. Beruniy 0‘rta Osiyo va umuman Yaqin Sharqda birinchi ilmiy globuslardan birini bunyod etgan. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq ko‘rsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordinatalarini aniqlash mumkin bo‘lgan.
U alkimyoda qo'llangan g‘ayriilmiy va asossiz uslublarni tan- qid qildi. Qimmatbaho toshlar va ba’zi minerallarning “mo‘’jizakor xususiyatlarini” inkor etdi va bu holni “hodisalarning haqiqiy




sababini bilmovchilar uchun bir vajdir”, deb hisobladi. Beruniy alkimyo yo‘li bilan oltin va kumush tayyorlash fan hal qila olrnay. digan behuda urinishdir, degan xulosaga keldi.
Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida o‘zi ishlab chiqqan ilmiy tadqiqot metodi, tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodini misli ko‘rilmagan darajada yuqori ko‘tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo‘r yutug'idir. Olim o‘z ol- diga fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish, nazariyalarini ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo‘ygan.
Beruniy ijtimoiy nazariyalar sohasida ham samarali ijod etdi, bu sohalar rivojiga hissa qo‘shdi. Uning ko‘pgina asarlari o‘z mohiyati bilan tabiiy fanlar sohalari bo‘ykha ham, o‘sha zamon- larda yashab o‘tgan xalqlarning ijtimoiy, xo‘jalik va siyosiy hayoti sohasi bo‘yicha ham butun bir ensiklopediya bo‘lib xizmat qil­gan. Beruniy o‘zining “Kitob fi axborot il-mubayyizot val-qaromita” (“Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabarlari haqida kitob”) asarini 0‘rta Osiyoda o‘sha davrda eng ilg‘or ijtimoiy harakatlardan biri bo‘lgan qarmatiylarga bag‘ishlagan. Keyinroq “Yodgorliklar”, “Hindiston” kitoblarini yozgan.
Uning “Kitob ul-maqolot val-arz vad-diyonot” (“Maqolalar, e’tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Kitob fi axbori Xorazm’ (“Xorazm xabarlari haqida kitob”), “Kitob tarixi ayyom as- Sulton Mahmud va axbori abihi” (“Sulton Mahmud davri tarixi- ning kitobi va otasi haqidagi xabarlar”) kabi asarlari bizgacha yetib kelmagan. “Yodgorliklar” (“Al -osor al-boqiya”) asari pod- shohlar va mashhur shaxslar tarixini yorituvchi va o‘sha davr madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy etnografik asardir. Asarning qimmati shundaki, u islomgacha bo‘lgan Xorazmda butun bir davrni ochish imkoniyatini tug‘dirdi. Bu kitobda yunonlar, rimlik,





V




eroniy, sug‘diy, xorazmlik, harroniy (yulduzga sig‘inuvchilar), qibtiy, xristian, yahudiylar, islomgacha bo‘lgan arablarning yil hisoblari, turli bayram va mashhur kunlari mufassal tasvirlangan, unda ko‘p xalqlarning ma’naviy hayoti va tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Beruniyning maxsus tabiatshunoslik masalalariga bag‘ishlangan kitoblari ham ijtimoiy fanlarning ko‘pgina sohalarini o‘ziga qam- rab oladi. Jumladan, uning “Geodeziya”, “Mineralogiya” va boshqa asarlarida tarix, adabiyot, tilshunoslikka oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Masalan, “Mineralogiya”da har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida arab mumtoz shoirlarining o‘sha tosh yoki metall haqida yozgan she’rlaridan namunalar keltirilgan. Beruniy tarixni bayon qilishda diniy, irqiy farqlardan qat’i nazar, xolisona turish kerak, deb talab qiladi. Qiyosiy tahlil qilish meto- didan keng foydalangan. Masalan, u hind fani va falsafasi, hind- larning diniy e’tiqod va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlami yunon falsafasi va mifologiyasi bilan solishtiradi.
Beruniy taraqqiy etish va yo‘q bo‘lishga sabab bo'lgan tabi­iy hodisalarni tadqiq etar ekan, Allohning yaratuvchilik qudra- tini inkor etmaydi. Olim tabiatda qotib qolgan narsa yo‘q, “dunyodagi hamma narsa ma’lum vaqtdan keyin bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi”, degan nuqtai nazarda turadi. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda Beruniy atomizmga yaqin bo‘lgan. Uning atomistikasi atomlarning moddiy xarakterini va har qanday determinizmni inkor etuvchi mutakallimlarning fikr va qarashlariga qarama-qarshi qo'yilgan. Uning dunyo ko‘p degan xulosaga olib keluvchi fikrlari ham bo'lgan. Buni olim- ning falsafiy bahslarida Ibn Sino ham sezgan. Beruniy o‘z mu- l°hazalarida boshqa dunyolarning moddiyligi haqidagi tushun- chaga asoslangan.




Bilish nazariyasi xususida ham o‘ziga xos fikrlari bor. Uning fikricha, bilishning asosi — bizning dunyo haqidagi bilimla- rimiz manbai bo‘lmish sezgi a’zolari orqali olingan bilimlardir. Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu — aql-idrok tufayli erishilgan yutuqdir, deydi. Beruniy bu sohada tajri- baning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Beruniy Aristotelning fan sohasidagi xizmatiga yuksak baho berish bilan birga birin- chilardan boTib tanqidiy fikrlar ham bildirgan. Beruniy Aris­totelning “tabiiy joy”, “dunyoning yagonaligi”, “og‘irlik va yengillik” kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning “og‘ir” va “yengil” degan tushunchasidan farqli ravishda Beruniy Ibn Sinoga yozgan “E’tirozlar”ida hamma narsaning yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olg‘a suradi. Bu, tortilish kuchi haqidagi nazariyani ishlab chiqish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam edi.
Beruniy ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda geografik muhit, kishilarning moddiy ehtiyoji kabi omillar ahamiyatini hisobga oldi. Uning fikricha, tilning kelib chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishdagi ehtiyojlari, turli fanlarning paydo bo‘lishiga esa ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari sabab bo‘lgan. Beruniy hokimiyatni nasldan-naslga o‘tib turish qonun-qoidasini umuman tan olsa ham, u yoki bu davlat arbobining hokimiyatni boshqa- rishga yaroqliligi uning davlatga rahbarlik qilishdagi qobiliyatiga bog‘liq, deydi. Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog‘liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi. U ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo‘lgan.
Amerikalik fan tarixchisi Sarton Abu Rayhon faoliyatiga baho berar ekan, XI asr “Beruniy asri” deb ta’riflaydi.


Beruniyning boy ilmiy merosi
0‘zbekiston va undan tashqarida
chuqur o‘rganilmoqda. Uning
asarlari lotin, fransuz, italyan, ne-
mis, ingliz, fors, turk tillariga tar-
jima qilinmoqda. Hayoti va ijodi
yozuvchi va san’atkorlar e’tiborini
tortib kelmoqda. Beruniy haqida
“0‘zbekfilm” studiyasi ijodkorlari
2 qismdan iborat “Abu Rayhon
Beruniy” filmini yaratganlar

(1974). Uyg un Abu Rayhon Toshkent texnika universiteti binosi Beruniy” pyesasini yozgan (1973). oldidagi Beruniy haykali.
Qoraqalpog'iston Respublikasidagi shahar, tuman Beruniy nomi- ga qo‘yilgan. 0‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti, Toshkent texnika universiteti, metro bekati uning nomi bilan ataladi. Tosh­kent shahrida, Qoraqalpog‘iston, Xorazmda Beruniy nomida ko‘cha, maydon, maktab va boshqa muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta 0‘zbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qo'yilgan. Toshkent, Xiva, Beruniy shaharlarida haykali o‘rnatilgan.







-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali) (980.8—1037.18.6)
_ Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim. G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo‘lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga ko‘chib, Xurmaysan qishlog'iga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog'ida Sitora ismli qizga uylanib ikki o‘g‘il far- zand ko'radi. 0‘g‘illarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt

  • Buxoroga ko'chib keladi va uni o‘qishga beradilar. 10 yoshga yetar-yetmas Ibn Sino Qur’on va adab darslarini to'la o'zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shug'ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy bo‘lgan. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur bo'lgani uchun otasi Ibn Si- noni unga shogirdlikka beradi. Notiliyning qo‘lida olim mantiq, handasa va falakiyotni o‘rganadi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o‘zib ketadi. Ibn Sinoning aql-zakovatini ko'rgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shug‘ullantirmaslikni


tayinlaydi. Shundan so‘ng ota


0‘g‘ilga ilm o‘rganish va bilimlarini
chuqurlashtirish uchun barcha
sharoitlarni yaratib berdi. Ibn Sino
tinmay mutolaa qilib, turli ilm so-
halarini o‘zlashtirishga kirishadi. U
musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi
fanlarni o‘qidi, xususan, tabobatni
sevib o‘rgandi va bu ilmda tez ka-
mol topa boshladi.

Abu Ali Ibn Sinoning tib ilmi-
da yuksak mahoratga erishishida

buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-
Qumriyning xizmati katta bo‘ldi. Ibn Sino undan tabobat darsini
olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Qumriy bu davrda
ancha keksayib qolgan bo‘lib, 999-yilda vafot etdi.

Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. 0‘sha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob bo'lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrug‘i bu­tun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun sa- royga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog‘ayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydala- nish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Somoniylarning kutubxonasi o‘sha davrda butun 0‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy ku- tubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kecha-yu kunduz mutolaa bilan mashg‘ul boTib, 0 z davrining eng o‘qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylanadi va shu paytdan boshlab o‘rta asr falsafasini mustaqil 0 rganishga kirishadi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristo­telning “Metafizika” asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda







bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. Ta. sodifan yosh olimning qo‘liga Abu Nasr Forobiyning “Metafizika”ning maqsadlari haqida”gi kitobi tushib qoladi va uni o‘qib chiqibgina Ibn Sino metafizikani o‘zlashtirishga muvaf- faq bo‘ladi.
Shunday qilib, Abu Ali Ibn Sino zaruriy bilimlarning bar- chasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan bosh­landi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quwatlar haqida risola, “Uijuza” tibbiy she’riy asari, o‘z qo‘shnisi va do‘sti Abul- Husayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko‘p fanlarni o‘z ichiga olgan “Aruziy hikmati” (“Al-hikmat al-Aruziy”) asarini ta’lif etdi. Undan tashqari, boshqa bir do‘sti faqih Abu Bakr al- Barqiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko‘ra, 20 jildli “Yakun va natija” (“Al-Hosil val-mahsul”) qomusiy asari hamda 2 jildli “Sahovat va jinoyat kitobi” (“Kitob al-birr val-ism”)ni yozdi.
Qoraxoniylar 999-yili Buxoroni zabt etib, somoniylar sulolasi taxtdan ag‘darilgach, Abu Ali Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og‘ir damlar boshlandi. 1002-yil uning otasi vafot etdi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yilgacha davom etib, oxiri qoraxoniylarning butkul g‘alabasi bilan tugadi. Bunday vaziyat- da Buxoroda ortiq qolib bo‘lmas edi. Shu bois Ibn Sino o‘z yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch bo‘lib, iqti- sodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o‘lka edi. Xorazm- shohlar Ali ibn Ma’mun (997—1009) va Ma’mun ibn Ma’mun (1009—1017) ilm-fanga e’tiborli hukmdorlar boTib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasi- ning ko‘pgina taniqli olimlari to'plandi. Yirik matematik va astro- nom Abu Nasr ibn Iroq (1034-yili vafot etgan), atoqli tabib va


'


faylasuflar Abu Sahl Masihiy (1010-yili vafot etgan), Abul- Xayr Xammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005- yil Ibn Sino ham kelib qo‘shildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shug‘ullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan bo‘lgan ilmiy muloqotlar katta aha- miyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel ta’limoti xususida Beruniy bilan va o‘zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Ibn Sino Abu Sahl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abul- Husayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi bo‘lganidan, Ibn Sino u bilan do‘stlashdi va unga atab alkimyoga oid “Risola al-iksir” (“Iksir haqida risola”) nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi os- oyishta hayot uzoqqa cho‘zilmadi. Sharqda qudrati ortib boray- otgan G‘azna hukmdori sulton Mahmud G‘aznaviy (967—1030) bu o‘lkaga ko‘z tikadi. U, awal, Ma’munga saroydagi bir guruh olimlarini G‘aznaga jo‘natib yuborishni so‘rab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va Abul-Xayr Xammor G‘aznaga keta- dilar. Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011-yillarda yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqt- dan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur bo‘ladi. Masihiy bi­lan Ibn Sino Juijonga — Masihiyning vataniga yo‘l oladilar. Le­kin yo‘ldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob bo‘lib, vafot etadi. Natijada, Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, awal, Niso, so‘ng Obivard, Tus va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat, Kaspiy dengizining jan- ubi-sharqida joylashgan Juijon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda 1012—1014-yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt







ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — tib olirni Abu Ubayd Juzjoniy (1047-yil vafot etgan) bilan uchrashuv va bir umrga do‘stlashuv sodir bo'ladi. U Ibn Sinoga nafaqat sho- gird, balki sodiq do‘st ham edi. U Ibn Sino bilan olimning so‘nggi damigacha, 25 yil davomida birga bo‘ladi. Ibn Sino taijimai holining yozilib qolishi, ko‘pgina asarlarining ta’lifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Juz- joniyning xizmati katta.
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shug‘ullandi, ham tabib sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Bu yerda u shogirdining ilti­mosiga ko‘ra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi tibbiyotga oid “Tib qonunlari” asari­ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014-yil olim Jurjonni tark etib, Rayga ko‘chdi. Ibn Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvay- hiylardan bo‘lmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromi- ga sazovor bo‘ldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud G‘aznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq bo‘lgan Majduddavlaning akasi Shamsuddavla (997—1021) huzuriga, Hamadonga ketadi. Bu yerda u hukmdorni sanchiq kasalidan davo- laganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U awal saroy tabibi boTib xizmat qiladi, so‘ng vazirlik mansabiga ko‘tariladi. Davlat ishlari bilan band bo'lishiga qaramay, ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. “Tib qonunlari’’ning 1-kitobini tugatib, o‘zining mashhur falsafiy qomusi — “Kitob ash-shifo”ni ham shu yerda yozishga kirishadi. “Tib qonunlari’’ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.




Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga ko‘ra, shu yili Isfahonga jo'nab ketadi. Umri- ning qolgan 14 yilini shu yerda o‘tkazadi. Bu yerda ham u tinim- siz ilmiy ish bilan mashg'ul boTib, bir qancha asarlar yaratadi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. “Kitob ash-shifo” ning qismlari, fors tilidagi “Donishnoma” va 20 jildli “Insof-adolat kitobi” shular jumlasidan.
Juzjoniyning yozishicha, Abu Ali Ibn Sino garchi, jismonan juda baquwat bo‘lsa-da, biroq, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda saqlanishlar uning salomatligiga jiddiy ta’sir etadi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalinadi, oqibatda shu dard- dan 57 yoshida vafot etadi va Hamadonda dafn etiladi. 1952-yil uning qabri ustiga maqbara ishlangan. Maqbara Ibn Sinoga bag‘ishlangan muzey xonalarini ham o‘z ichiga oladi.
Zamondoshlari Abu Ali Ibn Sinoni “Shayx ar-rais” (“Do- nishmandlar sardori, allomalar boshlig‘i”), “Sharaf al-mulk” (“0‘lka, mamlakatning obro‘si, sharafi”), “Hujjat al-haqq” (“Rostlikka dalil”), “Hakim al-vazir” (‘ ‘Donishmand, tadbirkor vazir”) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o‘z davridagi mavjud fanlarning qariyb barcha- si bilan shug‘ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asar- larini o‘sha davrda Yaqin va 0‘rta Sharqning ilmiy tili bo‘lgan arab tilida, ba’zilari (she’riy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 160 tasi yetib kelgan. Shu- tardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo'lib, qolganlari Mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag'ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham to‘la o‘rganilgan emas. Abu Ali Ibn


81




Sinoning ko'proq falsafa va tibga oid kitoblari jahonning ko‘pgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa ko‘p asarlari hali qo‘lyozma holida o‘z tadqiqotchilarini kutyapti.
Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qism- ga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin. Shularning har birida u chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, uning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibga qaratilganini ko‘ramiz. Garchi, uni “Avitsenna” sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, “Tib qonunlari” bo‘lsa-da, “Shayx ar-rais” nomi, eng awal, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.
Mutafakkirning falsafaga oid eng yirik va muhim asari “Kitob ash-shifo” dir. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va o‘zbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sinoning yana bir falsafiy asari “Kitob an-najot” “Kitob ash-shifo” ning qisqartirilgan shakli boTib, u ham qisman jahon­ning bir necha tillariga tarjima qilingan. Mutafakkir olimning falsafiy qarashlari “Al-ishorat vat-tanbihot” (“Ishoralar va tan- bihlar”), “Hikmat al-mashriqiyn” (“Sharqchilar falsafasi”), “Ki­tob al-ishorat fil-mantiq val-hikmat” (“Mantiq va falsafaning ishoralari”), fors tilida yozilgan “Donishnoma” (“Bilim kitobi”) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda hamda “Tayr qissa- si”, “Salomon va Ibsol”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Yusuf haqida qissa” kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda ham o‘z aksini topgan.
Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Aristotel ta’limoti va Forobiy asarlari ta’sirida shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, ya’ni barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, bir-biriga o‘tishini zaruriyat, imkoniyat,




voqelik, sababiyat omillari asosida har tomonlama o'rganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono Tangridir. Qolgan narsalar im- koniyat tarzida mavjud bo‘lib, Tangridan kelib chiqadi, Zaruriy vujud bilan imkoniy vujud munosabati sabab va oqibat munosaba- tidir. Bu jarayonda olamdagi hamma narsalar emanatsiya tarzida, ya’ni Quyoshdan chiqayotgan nur shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud bo‘lgan aql, jon, jism, ular bilan bog‘liq osmon sferalari kelib chiqadi. Bular hammasi sub- stansiya (javhar) boTib, yana borliqda aksidensiya — narsalaming belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati bo‘lmish materiya ham abadiydir. Uning o‘zi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalar- ning moddiy asosi hech qachon yo‘qolmaydi. Materiyaning eng sodda bo‘linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ulaming turlicha o‘zaro birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o‘zgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi bo‘lgan 4 unsur yo‘qolmaydi, abadiy saqla­nadi. Ibn Sino fikricha, awal tog‘-toshlar, so‘ng o‘simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, ta- fakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Hodisalarni chuqur bilish, fan bilan shug‘ullanish insonga- gma xosdir. Inson bilimlari narsalami bilish yordamida vujudga keladi. Bilish hissiy bilish va tushunchalar yordamida fikrlashdan tashkil topadi. Sezgida narsa-hodisalaming ayrim, tashqi belgilari, tayin tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatini, ichki tomonlarini abstraksiyalashtirish va umumlashtirish yordamida bila oladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi, rivoj topadi. Ibn Sino tushunchasida bilimlarni chuqur o‘rganish orqali Allohni ang-




lash mumkin degan fikr yotadi. U mavjud bilimlarni egallagan insongina haqiqiy musulmon bo‘la oladi, deb tushunadi. Ibn Sino mantiqni ilmiy bilishning, mavjudotni o‘rganishning ilmiy usuli deb biladi. “Mantiq, — deb yozadi Ibn Sino — insonga shunday bir qoida beradi-ki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi”. U mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur o‘rgandi, mantiq fanini 0‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy (873— 950)dan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi.
Abu Ali Ibn Sino o‘z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari “Kitob ash-shifo” ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Ibn Sinoning ba’zi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida tog‘ paydo bo'lishi va zilzilalar bilan bog‘liq. Tog‘ paydo bo‘lishining o‘zi esa 2 yo‘l bilan bo‘ladi: 1) kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig'ining ko‘tarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-sekin ta’siri natijasida chuqur jarliklar paydo boTib, natijada ularning yonida balandlik hosil bo‘lib qolishi. Zilzilaning paydo bo‘lishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug*. Mana shu bug‘ harakatga kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining o‘pirilishi, ba’zida tog‘ cho‘qqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab bo‘ladi. Olim fikricha, yer yuzasining ma’lum qismi bir mahallar dengiz tubi bo‘lgan, zamon o‘tishi bilan geologik jarayon oqibatida suv havzalari o‘rni o‘zgargan. Bir vaqtlar dengiz bo‘lib, hozir quruqlikka aylangan yerlarda den- giz hayvonlarining tosh qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bun- day yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino mineralogiya (ma’danshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning original tasnifini taklif







etdi. Unga ko‘ra, barcha ma’danlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bolinadi. Bu tasnif 19-asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning “Al- ДГо1 val-infiolot” (“Ta’sir va ta’sirlanish”) asarida ham uchraydi.
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug‘ullangan va unga oid asarlar yozgan. Bu asarlarini turli davrda yozganligi uchun ularda Ibn Sinoning kimyoga bo‘lgan munosabatining evolyutsion o‘zgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo haqida aytgan fikrlari o‘sha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilg‘or edi. Ibn Sino 21 yoshida, ya’ni ilmiy faoliyati- ning bo‘sag‘asida metallar transmutasiyasiga, ya’ni oddiy metallar - ni oltin va kumushga kimyoviy yo‘l bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va o‘zidan awalgi kimyogarlarning kitoblari ta’siri osti- da “Risola as-san’a ilal-Baraqiy” [“Baraqiyga atab san’at (al­kimyo) ga doir risola”] nomli kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlar- ga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh olim bu sohadagi urinishlar zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va “Risola al-iksir” (“Iksir haqida risola”) asarida kimyoviy yo‘l bilan sof oltin va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan “Kitob ash-shifo”da esa kimyogarlarning transmutasiya sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan har bir metall o‘zicha alohida bir modda boTib, kimyogarlar 0 ylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasa-da, uni narsalardan yasab bo‘lmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy mulohazalari o‘rta asr kimyosining ilmiy kimyoga o‘sib o‘tishida muhim rol o'ynadi.
Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda ko‘p shug‘ullandi, chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati




o‘simliklardan olinadi. U “Kitob ash-shifo”ning “An-Nabotot” (“0‘simliklar”) qismida o‘simliklarning turlari, paydo bo'lishi, oziqlanishi, o‘simlik a’zolari va ularning vazifalari, ko'payishi hamda o‘sish sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish so­hasida ham ish olib boradi.
Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saqlangan. U 8 ta mustaqil risola hamda “Kitob ash-shifo” va “Donishnoma”ning riyoziyot qismlarida astronomi­yaga alohida boblarni bag‘ishlagan. Ptolemeyning “Almagest”ini qayta ishlab, shu asosida amaliy astronomiya bo‘yicha qo‘llanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik uzunligini o‘z davri uchun butunlay yangi bo‘lgan usul — Oyning eng baland nuqta- sini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy “Geodeziya” asarida bu usulning to‘g‘riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog‘laydi. Bu usul Yevropada 500 yildan keyin (1514-yil) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.
Matematika sohasida Ibn Sino yunon matematigi Yevklid(miloddan awalgi 3-asr)ning “Negizlar” kitobini qayta ishlab, unga sharh va to‘ldirishlar kiritdi, geometrik o‘lchamlarga arifmetik terminologiya qo‘lladi, “son” tushunchasi doirasini “natural son”dan ancha kengaytirdi.
She’riyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o‘zining ayrim tibbiy asarlari (“Urjuza”)ni rajaz vaznli she’rda yozgan. Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, ular keyinchalik fors-tojik adabiyotiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Olimning fors tilida yozgan bir qancha g‘azal va qit’alari, 40 dan ortiq ruboiylari mavjud. Uning she’riy merosi qisman rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiyning ilmiy yo‘nalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Musiqa haqidagi “Javome’ il*11


86




ul-musiqiy” (“Musiqa ilmiga oid to'plam”) asari “Kitob ash- shifo” ning bir qismi bo‘lib, har biri bir necha bobli 6 bo‘limdan iborat. “An-Najot”, “Donishnoma”larda musiqa haqida kichik boiimlar mavjud, “Tib qonunlari”, “Risolai ishq” va boshqalarda musiqaning ayrim masalalari haqida fikr yuritgan. Yevropada keyinchalik “sof tizma (tovushqator)” deb atalgan musiqaviy tuzilmani birinchi boTib asoslagan. Ibn Sino musiqiy go‘zallik haqida mukammal ta’limotni ilgari surib, musiqani hamohanglik- ning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizimi bilan bog'liq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohang- lari rivojlanishi natijasida musiqa paydo bo‘lganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. 0‘zining barkamol shaxsni tarbiyalash g‘oyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga kiritgan.
Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog‘ladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o‘zigacha o‘tgan turli xalq namoyandalari tomonidan asrlar davomida tib ilmi so­hasida to‘plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o‘z tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum naza- nya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Bunga uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin dalildir.
Abu Ali Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari o‘sha davr tabobatini bir necha asrlarga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yaqinlashtirdi ham. Mutafakkir yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning ta’limoti ustuvor edi. Ibn





Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari qo'lyozmasi (XVII asr).


Sino ham o‘z tibbiy faoliyay_
da ularning nazariy qarashlari
va amaliy ko‘rsatmalarig
a
tayandi, shu bilan birga ul.
arni Hindiston, Xitoy, 0‘rta
Osiyo, Sharq olimlari ham-
da o‘z tajribalari, bilimlari
asosida rivojlantirdi va bo-
yitdi. Ibn Sinoning daho
tabib sifatida shuhrat qo-

zonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan,
anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir.
Bosh suyak va tishlarning tuzilishi to‘g‘risida Qadimgi Rim vra-
chi va tabiatshunosi Klavdiy Galen(taxminan 129—201)ga er-
gashgan holda to‘g‘ri fikrlagan. Ko‘z anatomiyasi, ko‘rish jara-
yonining qanday sodir bo'lishi va unda ko‘z qorachig‘ining roli,
ko‘z muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy
oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning
tuzilishi va funksiyalari to‘g‘risida yozganlari anatomiyaning amaliyot
bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asos-
chisi deb tan olingan rus xirurgi va anatomi N. I. Pirogovni Ibn
Sinoning izdoshi deyishga asos bo‘ladi.

Ibn Sino o‘tkir diagnost edi. Uning ba’zi tashhis usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Perkussiya (tekshirilayotgan a’zoga urish orqali diagnoz qo‘yish)ni xususan, assit va meteo- rizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqa- li) qo‘llagan. Bu usul 600 yildan keyin avstriyalik vrach Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, ya°a 50 yildan so‘ng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish turlarini chuqur o‘rganib, ulardan tashhisda foydalafl'




gan-


Ibn Sino turli kasalliklarning


differensial diagnostikasida va
gavdaning umumiy holatini
aniqlashda tomir urishi, siydik va
najasga qarab olinadigan belgilar-
ga katta e’tibor bergan. Masalan,
diabet (qand) kasalligini siydik-
ning holati, shu jumladan, undagi

shirinlik moddasiga qarab tashhis ШЖ
^
qo‘ygan. Diabet kasalligida siydik-
da qand moddasi bo‘lishini 1775-
yilda ingliz olimi Dobson aniqla-
gan. Tabobat tarixida birinchi

bo‘lib Ibn Sino vabo bilan o‘latni

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish