«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти



Download 3,2 Mb.
bet11/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

t i i.i ii.i i i . Ibn Sinoning «Tib qonunlari»
rarqlagan, yuqumli kasallikiar bi- <• Д/ f
M ° asarining sarvarag i (Venetsiya,
lan og‘rigan bemorlarni boshqalar- 1008-yil).
dan ajratgan holda saqlash kerakligini ta’kidlagan. Meningit, oshqo-
zon yarasi, sariq kasalligi, plevrit, moxov, zaxm, qizamiq, suv-
chechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayo-
nini to‘g‘ri tasvirlab bergan. Quturish kasalligining ko‘rinishlari,
uning yuqumli xarakteri, bemorning bu kasallikdagi holatlarini
juda to‘g‘ri aniqlagan. Faqat 1804-yilda yevropalik olim Sinke
quturgan hayvonlarning so‘lagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik
Va asab kasalliklarini tavsiflash va davolashga ham olim ko‘p
yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u atrof muhit,
iqlim, parhez va jismoniy mashqlarning ta’siri hamda bemor kay-
fiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat ber­gan.
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), °rilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo‘llash (qon


olish, banka qo‘yish, zuluk solish, huqna va hokazolarga)ga aha. miyat berish kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatla- nish, ya’ni parhezni muhim omillardan deb hisoblaydi va har bir kasallik uchun o‘z ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida ko‘proq mayiz, anjir, anor suvi iste’mol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi ko‘rinishidir. Ibn Sinoning jarrohlik sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U o‘z tibbiy asarlarida zamonaviy jarrohlikda qo‘llanib kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, bavosir shishlarini tikish, tampon, o‘tkir modda yoki tikish bilan qon to‘xtatish, tomoqni kesib, nay qo‘yish (traxeo- tomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan davolash usuli hozirgacha “Avitsenna usuli” deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino o‘zi ixtiro qilgan yog‘och moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni 15-asrda fran- suz tabibi Kalo qayta kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qo'llangan, lekin u ham keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yilda amaliyotga yangi ixtiro sifatida qaytarilgan. Hozirgi ko‘z jarrohligida qo‘llanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn Sinoga ma’lum bo‘lgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo, bavosirning operatsiyalari, bosh suyak operatsiyasi va boshqalar Ibn Sino qo‘llagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (og‘riqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta e’tibor bergan. Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va shu kabi narkotik ta’sirga ega bo‘lgan dorilardan foydalangan. Kasai' likni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yo‘li bilan davolash usuli diqqatga






sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda to'rt kunlik isitma bilan og'rishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner- Yaureg (1857—1940) shunday usulni qo‘llab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.
Ibn Sino dorishunoslik sohasida chuqur tadqiqotlar olib bor- gan. U antik olimlarning farmatsiyasi asosida musulmon Sharqi- da paydo bo‘lgan yangi farmatsiyaning shakllanishiga yakun yasa- gan. Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch, tamrhindiy (hind xurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal o‘rnida ko‘p dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizma- tidir. Uning dorivor o‘simliklarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir qatorda Ibn Sino birinchilardan bo‘lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab awal sodda, so‘ng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta aha- miyat berib, davolashni shunday mahsulotlar (meva, sabzavot, sut, go‘sht va hokazo)ni iste’mol qildirishdan boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho‘l, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino farmatsiyasi juda puxta o‘ylangan farmakologik tadqiqot usuliga asoslanganligi bois o‘rta asr Yevropa farmatsiyasidan ancha o‘zib ketdi va zamonaviy dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir qanchasi hozirgi farmakopeya(dori vositalari sifa- tini belgilaydigan standartlar majmui)lardan mustahkam o‘rin ol­gan.
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan. Ularning orasida “Qonun” kabi tibbiy ensiklopediya bilan birga tibning ayrim nazariy va amaliy masala-


lariga bag‘ishlangan turli hajmdagi “Urjuza fit-tibb” (“Tibbi urjuza”), “Al-Adviyat al-qalbiya” (“Yurak dorilari”), “Dap gJJ madorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya” (“Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yo'qotish”), “Kitob al-qulanj” (“Qulanj haqidagi kitob”), “Maqola fin-nabz” (“Tomir urishi haqida maqola”), “Risola fil-boh” (“Shahvoniy quwat haqida risola”) “Risola fi tadbiri al-musofirin” (“Safardagilarning tadbiri haqida risola”), “Risola fi hifz as-sihha” (“Sog‘liqni saqlash haqida riso­la”), “Risola fis-sikanjubin” (“Sikanjubin haqida risola”), “Risola fil-fasd” (“Qon olish haqida risola”), “Risola fil-hindabo” (“Sa- chratqi haqida risola”) kabi risolalar ham bor.


Abu Ali Ibn Sino o‘z davridagi ilmlar tasnifi masalasiga ham jiddiy e’tibor bilan qaradi va bu sohada “Aqsom al-ulum al- aqliya” (“Aqliy ilmlar tasnifi”) nomli asar yozdi. Unda olim aqliy ilmlarni hikmat — falsafa ilmlari deb olib, ularni nazariy va amaliy qismlarga bo‘ldi. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Nazariy falsafa 3 ga bo‘linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik (tib, kimyo, astrologiya va boshqalar); 2) o‘rta darajadagi ilm — matematika (geometriya, arifmetika, astronomiya, musiqa); 3) oliy darajada­gi ilm — metafizika (ilohiyot). Amaliy falsafa ham uch qism (axloq, iqtisod va siyosat) ga bo‘linib, birinchisida bitta shaxs, uning fe’l-atvori qanday bo‘lishi haqida, ikkinchisida insonlarning oilada, xo‘jalik ishlarida bir-biri bilan munosabatlari qanday bo'lishi va uchinchisida shahar yoki o‘lka miqyosida kishilarning bir-biri bilan munosabati qanday bo‘lishi, davlatni idora qilish haqida gap boradi. Bu turkumlar ham mayda tarmoqlarga bo‘linib ke- tadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga olinadi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishuv mumkin, jamiyatda insonlar o‘zaro yordam asosida yashashlari




kerak larning o'zaro kelishuvi asosida qabul
•linadigan adolatli qonunlar yorda-
mida boshqarilishi lozimligini ayta-
di Jamiyat a’zolarining hammasi bu
qonunga itoat etishlari, qonunni bu-
zish va adolatsizlik jazolanishi lozim.

Abu Ali Ibn Sino o‘zining boy
va serqirra ilmiy merosi bilan keyin-
gi davr Sharq va G‘arb madaniya -
tining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Sharqning Umar Xayyom, Abu
Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy,

Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, Muhammad Umar Sa’diddin at-Taftazoniy, Nosir Xisrav, Jalolid- din Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug‘bek, Bedil, Bahmanyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari o‘z asarla­rida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy g‘oyalarini davom ettirdilar. Yevro- pada allomaning asarlari 12-asrdan boshlab lotin tiliga taqima qilinib, universitetlarda o‘qitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisval- vo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolsh- tedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar Ibn Sinoning ilg‘or fikrlaridan o‘z ijodlarida foydalandilar va uning nomini zo‘r hurmat bilan tilga oldilar.
Jahonning turli kutubxonalarida Abu Ali Ibn Sino asarlari- mng qo‘lyozmalari saqlanadi, shu jumladan, 0‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo'lyozmasi mavjud. Rus antropologi М. M. Gerasimov, bir necha tarixiy shaxslar qatori,





Ibn Sinoning haykal-portreti
(1965).


I
Ibn Sinoning ham


kalla suyagi asosi.
da haykal-portre.
tini yaratgan,
Andijon tibbiyot
instituti xodimlari
(Yu. O. Otabe-
kov, Sh. H.Hami-
dullin, E.S.Soko-
lova) Ibn Sinoning
ilmiy asoslangan
timsolini haykal-byustda tasvirladilar (1965). Abu Ali Ibn Sino
haqida “0‘zbekfilm” studiyasi ijodkorlari “Dahoning yoshligi”
tarixiy-biografik badiiy filmini (1984) yaratdilar.

0‘simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan mashhur shved botanigi Karl Linney (1707—78) doimo yashil bo‘lib turuvchi bir tropik daraxtni Ibn Sino sharafiga Avitsennia deb atadi. 0‘zbekiston yerida topilgan (1956) yangi mineral Ibn Sino nomi bilan Avitsennit deb ataladi. Buxoro shahri va Afshona qishlog‘ida Ibn Sinoga haykal o‘rnatildi. Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga haykal qo‘yilgan (2000). Afshonada Ibn Sino muzeyi ochilgan. 0‘zbekiston va Tojikistondagi tibbiy oliy va o‘rta max- sus o‘quv yurtlariga, sanatoriy, shifoxona, kutubxona, ko‘cha, turar joy mavzelariga Ibn Sino nomi berilgan.





Ibn sino haykali (Toshkent).




Mahmud Koshg‘ariy turkshunoslik ilmining asoschisi, filolog olim, etnograf. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga man- sub. Otasi Husayn ibn Muhammad o'sha davrdagi Barsg‘an shahri- ning amiri bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariy boshlang'ich ma’lumotni o‘z qishlog‘ida, yuqori ma’lumotni Koshgar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. Song u Buxoro, Samar- qand, Marv, Nishopur shaharlarida bilimini oshirgan. 1056—57-yillarda mamlakatdagi ichki nizolar natijasida olim o‘z vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur bo‘lgan. Ana shu yillarda u turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalami kezib, bu yerlardagi turkiy qabila va urug‘lar, ularning kelib chiqishi va nomla- nishi, joylashish o‘rinlari, urf-odatlari, ayniqsa, til xususiyatlarini sin- chiklab o‘rganadi. So‘ng, Bag‘dodga borib, ancha vaqt shu shaharda ijod qilgan, xususan, 1072-y. (ba’zi manbalarda — 1074-yil va undan ham keyin) dunyoga mashhur asari “Devonu lug'otit turk” (“Turkiy so‘zlar devoni”)ni yozib bitiradi va uni abbosiylardan bo‘lgan Abulqo- sim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadiy biamrillohga bag‘ishlaydi. Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izohli, etnografik,


MAHMUD
KOSHG'ARIY


(Mahmud Koshg‘ariy ibn Husayn ibn Muhammad) (11-asr)



Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish