smrcj татшкашгш
bunday katta shukrat
tobisnining sababi
shundaki, unda ilgari
surilyan goyalar is-
lom dinimizniruу oso-
sini ticjrilik, es&jidik va
insonit
jan
mo'min-musulmon-
as-sunna”)dir. “Kitob at-tavhid”
bilish nazariyasi bayon qilingan
musulmon ilohiyotshunosligining
birinchi asari hisoblanadi. Kitob-
ning kalom ilmi ta’rifi berilgan mu-
qaddimasida bilimning 3 manbai:
hissiy (sezgi) a’zolari vositasida,
naql — rivoyatlar vositasida va aql-
idrok vositasida axborotlar olish
mumkinligi haqida gapiriladi. Mo-
turidiy sof din doirasidan chiqma-
gan holda aql-idrokni ulug‘laydi va
mantiqan asoslangan bilimning aha-
miyatini ta’kidlaydi. Kitobda o‘sha
davrdagi adashgan firqalar
qarashlarining haqiqatdan yiroq
ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy “din
yo‘lidagi barcha adashuvlarning sa-
babi — riyokor kimsalarga ko‘r-
ko'rona ergashishdadir”, deb ta’kidlagan edi.
Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juz’iy ixtiyor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilami qamrab oluvchi risolalar bitdi. “Shariat asoslari sarasi” (“Ma’xaz ash-shari’a”), “Diniy ta’limot asoslari kitobi” (“Kitob al-usul”), “Dialektika haqidagi kitob” (“Kitob al-jadal”) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa (699—767) qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Diniy nazariyotchi, islom ilohiyoti — kalom asoschilaridan biri Abul Hasan al-Ash’ariy (873—935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy
ш m-
tilishtari bilan hamo-
Islom Karimov.
"V
44
Л1'М
£*Сч^Ди/>*-ь»лV -■ 4.
V-
*****&&■>№>*» ** *.-.,' V
4---' '■>*** o*/"*
Moturidiyning «Ta’viloti ahl as- sunna» asari qo‘lyozmasi (10-asr).
qarashlari o‘z davrida mintaqa-
ning madaniy va ilmiy ravnaqiga
sabab bo'lgan. Chunki Moturi-
diy din asoslarini mantiqan tu-
shuntirgan, tanlov huquqi, din-
lararo bag‘rikenglik, ijtimoiy hamji-
hatlikni qaror toptirish g‘oyalarini
rivojlantirgan. Moturidiy 15 ga
yaqin asar ta’lif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta
asari bo‘lgan, ammo ular saqlanmagan. Moturidiyning bizgacha yetib
kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qur’on tafsiriga
bag‘ishlangan “Ta’vilot al-Qur’on” asari va uning uzviy davomi
hisoblanmish “Qur’on o‘qishga kirishganlar uchun qo‘llanma” (“Ir-
shod al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalomi rabbil olamin”) kitobi
0‘zbekistan FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Moturidiy asos solgan moturidiylik oqimi mohiyat-e’tibori bilan 9-asr oxiri — 10-asrda Movarounnahrda turli aqidaviy oqim- larning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Moturi- diylikning keng yoyilishi uning mo‘tadillik yo‘lini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qur’on, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga yaqin turganligi sabab bo‘ldi. Imom Moturidiy taraf- dorlari bilimda faqat aqlga suyanish kerak, degan mo‘taziliylardan farqli o‘laroq, aql bilan naqlni qo‘shib foydalanish zarur deb hisoblaganlar. Mo‘taziliylar Qur’onni yaratilgan deganlar, motu- ridiylar uni qadim, azaliy deb biladilar. Imon-e’tiqod xususida moturidiylar ta’limoti ayniqsa diqqatga sazovor. Mo‘taziliylar unonning shartlari 3 ta, ya’ni til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal bilan ijro etish deganlar. Moturidiylarda imonning shartlari 2 ta, ya’ni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiqlash, amallarning 0 mi boshqa, deb ta’rif qilganlar. Moturidiylar har bir insonning
45
"г>
taqdiri Alloh tomonidan belgilab qo‘yilganligiga qaramay, u o‘z xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Moturidiylikka ko‘ra inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o'tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qo‘yilgan. U o‘z xatti- harakatlarida ixtiyorlidir. Moturidiy ta’limoti rivojlanib, 13-asr- dan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida moturidiylik tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bo- bida Imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari qoldirgan asarlarga tayanib ish ko‘radilar. Islom olamining aksariyat min- taqalarida moturidiy ta’limoti hozir ham o‘rta va oliy diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.
Mamlakatimizda Moturidiy merosini o‘rganishga faqat mus- taqillikdan keyingina kirishildi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi 0‘zbekistonda keng nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Samar- qandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqola, risola va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini o‘rgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 2001-yilda Gyottin- gen (GFR) universiteti professori Ulrix Rudolf qalamiga man- sub “Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti” kitobi o‘zbek tilida nashr etildi. 2002-yilda mazkur kitobning keng ommaga, jumladan, oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan nashri amalga oshirildi.
FOROB1Y
(taxallusi; to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug* Tarxon Forobiy) (873—950)
0‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va ja- honga targ‘ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o‘zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgani uchun “al-Muallim as-soniy” (“Ikkinchi muallim”, Aristoteldan keyin), “Sharq Aras- tusi” nomlariga sazovor bo‘ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (0‘tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmat- chi oilasida tavallud topdi. Bo'lajak faylasuf boshlang‘ich bilimini 0‘trorda olgandan so‘ng, o‘qishini Binkat, Samarqand va Buxo- roda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsa- dida Bag‘dodga yo‘l oldi. Olim yo‘l-yo‘lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boTdi. Bag‘dodda Yaqin va 0‘rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to‘plangan edi. Bu yerda ko'zga ko‘ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyan- dalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o‘rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunus (870—940)dan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylon (860—920)dan esa tibbiyot va
Do'stlaringiz bilan baham: |