Mehribon xudodan sizga sog‘lik so‘rayman (Tabrik maktubida).
از خداوند متعال برای شما صبر مسئلت می کنم.
Olloh taolodan sizga sabr so‘rayman (Hamdardlik bildirib yozilgan maktubda).
التماس کردن eltemās kardan qo‘shma fe’li aslida astoydil so‘ramoq, qattiq turib so‘ramoq, yalinib so‘ramoq ma’nolarini bildirib, asosan iltimos qilmoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini anglatib keladi va ana shu o‘rinlardagina خواستن [xāstan] sodda fe’li bilan variantlilikni tashkil etadi. Misollar:
هرچه التماس می کردم، کاغذ و قلم می خواستم، به من نمی دادند. [14:10]
Qanchalik iltimos qilmay, qog‘oz va qalam so‘ramay, menga berishmasdi.
برگزارکنندگان اجلاس ژنو 2 نیازمند حضور ایران در این اجلاس هستند و باید برای حضور ایران در این اجلاس التماس کنند («نقدی: اجلاس ژنو 2 بدون حضور ایران نتیجه ای برای مردم سوریه نخواهد داشت»).[22]
Jeneva-2 uchrashuvi tashkilotchilari uchun Eronning ushbu uchrashuvda ishtirok etishi zarur bo‘lib, ular Eronning ushbu uchrashuvda ishtirok etishini so‘rashlari lozim (“Naqdiy: Jeneva-2 uchrashuvi Eronning ishtirokisiz Suriya xalqi uchun hech qanday natija keltirmaydi”).
تمنا داشتن tamannā dāštan fe’li aslida o‘tinib so‘ramoq, yolvormoq ma’nolarini bildirib, asosan iltimos qilmoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini anglatib keladi va ana shu o‘rinlardagina خواستن [xāstan] sodda fe’li bilan funksional ekvivalentlilikni tashkil etadi. Misol:
از شما تمنا دارم وضع ما را دقیقاً در نظر بیاورید. [18:181]
Sizdan bizning ahvolimizni aniq nazarda tutishingizni o‘tinib so‘rayman.
طلبیدن talabidan fe’li so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashda nisbatan kamroq ishlatilib, ko‘pchilik hollarda shu ma’nolarda qo‘llanuvchi asosiy sodda yoki qo‘shma fe’llar (masalan, خواستن, درخواست کردن va shu kabilar)ning ikkilamchi funksional ekvivalenti vazifasida keladi. Misol:
دبیرکل شورای جهانی کلیساها از جامعه جهانی کمک طلبید. [27]
Jahon cherkovlar kengashi bosh kotibi jahon hamjamiyatidan yordam so‘radi.
تعارف کردن ta’ārof kardan fe’li bir necha ma’noga ega bo‘lib takalluf, mulozamat bilan so‘ramoq ma’nosini anglatishdagina خواستن [xāstan] sodda fe’li bilan funksional ekvivalentlilikni tashkil etadi. Misol:
ایرانیها به مهمان نوازی مشهور هستند و برای همین احساس میکنند برای پذیرایی بهتر از مهمان، باید مدام به آنها تعارف کنند تا میوه، شیرینی یا غذای بیشتری میل کند. [19]
Eronliklar mehmondo‘stliklari bilan tanilgandirlar. Shu sababli ham mehmonni yaxshiroq mehmon qilish uchun unga tinimsiz ravishda meva, shirinlik yoki ko‘proq ovqatdan olib o‘tirishini so‘rab turish (mulozamat qilish) kerak deb bilishadi.
خواهنده شدن xāhande šodan qo‘shma fe’li juda ham kam qo‘llanilib, so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalovchi asosiy sodda yoki qo‘shma fe’llarning ikkilamchi variativ shakli vazifasida keladi. Misol:
اگر اول شما و آخر شما ... گرد آیند و همه خواهنده گردند ... نقصان نیاید در مُلک من. [10:168-169]
Boshidagilaringiz va oxiridagilaringiz ... yeg‘ilishib, barchalari (nimadir berishni) so‘rasalar ham ... mening mulkim kamayib qolmaydi.
طالب (چیزی) شدن tāleb (-e chizi) šodan qo‘shma fe’li juda ham kam qo‘llanilib, so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalovchi asosiy fe’llarning ikkilamchi variativ shakli vazifasida keladi. Misol:
وی طالب مساعدت شد. - U ko‘mak so‘radi.
Xulosa qilib aytganda, خواستن [xāstan] fe’lining qo‘shma fe’l ko‘rinishidagi variantlariga misol qilib keltirilgan gaplarning barchasida ishlatilgan fe’llarni خواستن [xāstan] sodda fe’li bilan almashtirsak, gapning ma’nosida o‘zgarish sodir bo‘lmaydi va ushbu qo‘shma fe’llar so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashda خواستن [xāstan] sodda fe’lining variantlari vazifasini bajara oladilar. Bunda faqat uslubiy cheklanish ko‘zga tashlanadi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, خواستن [xāstan] sodda fe’li anglatadigan ma’nolardan so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashda ushbu fe’lga funksional ekvivalent sifatida qo‘llaniladigan fe’llarni o‘z navbatida ular vositasida ifodalanayotgan ma’no ottenkalariga ko‘ra quyidagi olti ma’no guruhchasiga bo‘lish mumkin. Aytib o‘tish lozimki, ma’lum fe’llar bir necha ma’no ottenkalarini ifodalashlariga ko‘ra bir vaqtda bir necha ma’no guruhchalariga kirishi ham mumkin:
1. Iltimos qilmoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini ham, talab qilmoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini ham ifodalashda ishtirok etadigan fe’llar:
خواستن [xāstan], درخواست کردن [darxāst kardan], تقاضا کردن [taγāzā kardan], خواستار شدن [xāstār šodan], خواهان شدن [xāhān šodan], طلب کردن [talab kardan], طلبیدن [talabidan], استعلام کردن [este’lām kardan], استدعا کردن [ested’ā kardan], تعارف کردن [ta’ārof kardan], دعا کردن [doā kardan], تمنا داشتن [tamannā dāštan].
2. Talab qilmoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini ifodalashda ishtirok etadigan fe’llar:
خواستن [xāstan], درخواست کردن [darxāst kardan], تقاضا کردن [taγāzā kardan], خواستار شدن [xāstār šodan], خواهان شدن [xāhān šodan], طلب کردن [talab kardan], طلبیدن [talabidan],استعلام کردن [este’lām kardan], استدعا کردن [ested’ā kardan], مطالبه کردن [motālebe kardan], شدن خواهنده [xāhande šodan], طالب شدن [tāleb šodan].
3. Berishini talab qilmoq ma’no ottenkasini ifodalashda ishtirok etadigan fe’llar:
مطالبه کردن [motālebe kardan], طلب کردن [talab kardan], درخواست کردن [darxāst kardan], خواستن [xāstan].
4. Iltimos qilmoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini ifodalashda ishtirok etadigan fe’llar:
خواهش کردن [xāheš kardan], خواهشمند بودن [xāhešmand budan], التماس کردن [eltemās kardan], تمنا داشتن [tamannā dāštan], خواستن [xāstan], درخواست کردن [darxāst kardan], تقاضا کردن [taγāzā kardan], خواستار شدن [xāstār šodan], خواهان شدن [xāhān šodan], طلب کردن [talab kardan].
5. O‘tinib (yalinib) so‘ramoq ma’no ottenkalariga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini ifodalashda ishtirok etadigan fe’llar:
التماس کردن [eltemās kardan], خواهش کردن [xāheš kardan],داشتن تمنا [tamannā dāštan], خواستن [xāstan].
6. Xudodan so‘ramoq ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘ramoq ma’nosini ifodalashda ishtirok etadigan fe’llar:
دعا کردن [doā kardan], مسئلت کردن [mas’alat kardan], خواستن [xāstan].
Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashda خواستن[xāstan] sodda fe’lining variativ shakllari vazifasini bajarib kelayotgan mazkur fe’llar ma’no guruhchalariga bo‘linmagan umumiy holatda gap ma’nosini o‘zgartirmagan holda خواستن [xāstan] sodda fe’li bilan o‘rin almasha oladi hamda ushbu qo‘shma fe’llarning barchasini qisqa yoki umumiy qilib خواستن [xāstan] so‘zi vositasida ta’riflash mumkin. Ammo خواستن [xāstan] fe’li ushbu qo‘shma fe’llar vositasida ifodalanayotgan ma’no ottenkalariga ko‘ra bo‘lingan ma’no guruhchalarining barchasida ham ma’noni ifodalovchi asosiy so‘z vazifasida kelmaydi. Jumladan, yuqorida keltirib o‘tilgan olti ma’no guruhchalaridan birinchi va ikkinchi guruhlarda درخواست کردن [darxāst kardan], uchinchi guruhda مطالبه کردن [motālebe kardan], to‘rtinchi guruhda خواهش کردن [xāheš kardan], beshinchi guruhda التماس کردن [eltemās kardan] va oltinchi guruhda مسئلت کردن [mas’alat kardan] qo‘shma fe’llari ma’noni ifodalovchi asosiy so‘z vazifasini bajarib keladilar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, خواستن [xāstan] sodda fe’li anglatadigan birgina so‘ramoq, iltimos qilmoq, talab qilmoq ma’nolarini ifodalashda o‘n sakkizta qo‘shma fe’l (ushbu qo‘shma fe’llardagi yordamchi fe’llarning variativ shakllarini hisobga olmagan holda) ushbu fe’lning variativ shakllari vazifasida keladi.
S
Do'stlaringiz bilan baham: |